28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 13:59
Jamiyat 👁 385

FAROVON MAHALLASI TADBIRKORLARIDAN MAHALLA BOLALARI XURSAND BOʻLIShDI

FAROVON MAHALLASI TADBIRKORLARIDAN MAHALLA BOLALARI XURSAND BOʻLIShDI

“Bir miskinning koʻnglini obod etish – Kaʼbani ziyorat qilgan bilan barobar”, – degan gap bor xalqimizda. Haqiqatdan ham, ayrim sabablarga koʻra oilasi boquvchisidan ayrilgan miskin qalblar, nogironligi bor, oʻzgalar  mehriga muhtoj insonlarga quvonch  bagʻishlab, ularning hayotlariga ozgina boʻlsa-da nurafshonlik, shodlik baxsh etib yashash – odamiylikning eng ezgu fazilatlaridan sanaladi.

Joriy yilning har bir kunini inson qadr-qimmatini ulugʻlash, ijtimoiy himoyaga  muhtoj aholi qatlamini moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlar asosida, xalq bilan birga, bahamjihat oʻtkazishni niyat qilib, ana shu ezgu niyat  roʻyobi uchun tizimli ishlarni  amalga oshirayotgan Amudaryo tumanining Farovon mahalla fuqarolar yigʻini masʼullari deyarli har kuni xalq orasida. Ayniqsa, turli bayram  sanalari munosabati bilan mahalla oqsoqoli Madamin Kazakov, hokim yordamchisi Muqaddas Beknazarova, oila va xotin-qizlar masalalari boʻyicha mutaxassis Sayyora Qoraboyevalar hamkorlikda har bir koʻcha va har bitta xonadonga kirib borib, mahalla ahli hayotiga oid muammoli masalalarni joyida oʻrganish va tegishli tashkilotlarga havola  etishga harakat qilishadi.

Farovonliklar turli bayram sanalarini hamjihatlik va xursandlik bilan nishonlashga harakat qilishadi. Xususan, 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan oʻtkazilgan bayram tadbiri ham mahalla ahli uchun haqiqiy xayr-saxovat va mehr-oqibat bayramiga aylanib ketdi. Mahallada oʻtkaziladigan bunday tadbirlarga koʻpincha saxovatpesha tadbirkorlar homiylik qilishadi.

Mahallada istiqomat qiluvchi tadbirkorlar Shukurulloh Sultonov va Akmaljon Matqurbonovlarning begʻaraz saʼy-harakatlari bilan tashkillashtirilgan 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bagʻishlangan bayram tadbirida ham mahalla ahli uchun yorqin taassurotlarga boy boʻldi. Bayramda Amudaryo tuman Nogironlar jamiyati raisi Nilufar Xolboyeva, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yoʻqotgan, otasi yoki onasidan biri jazoni ijro etish maskanlarida jazo muddatini oʻtayotgan oilalarning farzandlari ishtirok etishdi.

Tadbirda Farovon mahalla fuqarolar yigʻini raisi Madamin Kazakov va Amudaryo tumani Nogironlar jamiyati raisi Nilufar Xolboyevalar barchani 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tabrikladilar. Mahallaning saxovatpesha tadbirkorlari Shukurulloh Sultonov va Akmaljon Matqurbonovlar mahalladagi kam taʼminlangan oilalarning farzandlari, shuningdek, nogironligi boʻlgan bolalardan 15 nafariga oʻzlarining shaxsiy sovgʻalarini topshirishdi.

Yaxshi soʻz, ezgu tilaklar va maʼnaviy ragʻbatdan koʻngillari charogʻon boʻlgan bolajonlar va ularning ota-onalari, yaqinlari uchun bayram tadbiri yanada zavqli onlarni hadya etdi. Bolajonlar el-yurt, xalq mehr-muhabbatidan bahra olib, qalblari yanada ezgu tuygʻularga toʻldi.

Tadbir davomida Farovon mahallasi bolalari doʻstlik, tinchlik, ona Vatan haqida sheʼrlar aytishib, bir-birlarini bayram bilan muborakbod etishdi. Mahalla tadbirkorlari tomonidan yozilgan fayzli dasturxon atrofida oʻtkazilgan bayram tadbiri barchaga xush kayfiyat bagʻishladi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026