TUMANIMIZ FUTBOL ShARAFINI MUNOSIB HIMOYa QILDIK
Mamlakatimizda Prezidentimiz tomonidan sportga katta eʼtibor berilmoqda. Hattoki, eng chekka qishloqlarda ham sport inshootlari bunyod etilmoqda. Bizning 19-sonli maktabimizda Bolalar-oʻsmirlar sport maktabining futbol toʻgaragi tashkil qilingan. Bu toʻgarakka jami 30 nafar oʻquvchi qatnashadi. Toʻgarak murabbiyi Ilhom aka Boltayev bizning futbolga boʻlgan qiziqishimizni oshirmoqda.
Yaqinda, 19 may kuni Nukus shahrida Qoraqalpogʻiston Respublikasi "Yoshlar ligasi - 2016” musobaqasi boʻlib oʻtdi. Unda tuman terma jamoasi safida maktabimiz oʻquvchilaridan Inomjon Qalandarov, Davron Kenjayev, Alibek Qidirboyev, Olmos Boltayev va men oʻyinga tushdik. "Yoshlar ligasi - 2016” Qoraqalpogʻiston Respublikasi birinchiligida bizning "Amudaryo” terma jamoamiz 24 ta jamoa orasida faxrli 2-oʻrinni egallab kubok, medal va diplomlar bilan qaytdik. Bizning bunday natijaga erishishimizga maktabimizda yaratib berilgan sharoitlar va murabbiyimizning mehnatlari asosiy omil boʻldi. Men bu natijalardan ruhlanib, 6-sinfni tugatib, Nukus shahridagi sport maktabida oʻqishni davom ettirmoqchiman.
Asadbek SOBIROV,
19-sonli maktab oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶