Iqtisodiyot
👁 2,964
Kollejdan korxonaga
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumanidagi "Amudaryotex”
masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xorijiy korxonada kasb-hunar
kollejlarini bitirgan 90 ga yaqin yosh mutaxassis mehnat qilmoqda.
Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan va 400 dan ortiq ishchi mehnat qilayotgan korxonada asosan ip-kalava ishlab chiqariladi.
– Tumandagi qishloq xoʻjalik, transport, maishiy xizmat va servis kasb-hunar kollejlari bilan samarali hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan, – deydi korxonaning texnika xavfsizligi muhandisi Roza Oʻngʻarova. – Ushbu kollejlar bitiruvchilaridan 40 nafari korxonamizda oʻquv-ishlab chiqarish amaliyotini oʻtamoqda. Amaliyot davomida oʻzini koʻrsatgan bitiruvchilar shartnoma asosida ishga qabul qilinadi.
Kompyuterlashtirilgan zamonaviy dastgohlarni boshqarayotgan bu yoshlarning unumli mehnat qilishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Korxona mahsulotlari qator xorijiy davlatlarga eksport qilinmoqda.
Bularning barchasi Prezidentimiz rahnamoligida xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, import oʻrnini bosadigan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytirish, eksport hajmini oshirishga qaratilayotgan doimiy eʼtibor samaralaridir.
Aminboy Ortiqboyev, Maqsad Habibullayev (surat), OʻzA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶