MUROJAATNI QÖLLAB-QUVVATLAYMIZ
Barçamiz ham el farzandlarimiz. Şunday ekan, şu el uçun, şu Vatan uçun xizmat qilib uning ravnaqi, farovon va obod bölişi yölida mehnat qilmoqdamiz, taʼlim-tarbiya işlarini davr talablari darajasida olib borib, yoşlarimizning barkamol avlod bölib yetişişlari uçun jon kuydirmoqdamiz. Qolaversa öquvçi-yoşlarning maʼnaviy-axloqiy jihatdan yuksak, çuqur bilimli va intellektual salohiyatli, jismonan esa soğlom hamda çiniqqan bölişlari yölida butun kuç-ğayratimizni, bilimimiz va pedagogik mahoratimizni sarflamoqdamiz. Zotan, bugungi yoş avlod kelajagimiz egalari bölib yetişib, bizning ezgu işlarimizni davom ettiradilar.
Maktabimiz "Bözyop” ovuli markazida joylaşgan yetakçi bilim maskanlaridan biridir. 402 nafar öquvçilarga 70 nafar bilimdon va malakali öqituvçilar taʼlim-tarbiya bermoqdalar. Sinfxonalarda har bir dars maşğulotlari yangi pedtexnologiya usullari asosida qiziqarli va mazmunli ötkazilmoqda. Natijada öquvçilarimizning fanlardan özlaştirişlari talab darajasida bölmoqda. Ularning "Fanlar olimpiadasi” va "Bilimlar bellaşuvi” kabi intellektual köriklardagi iştiroklari yildan yilga faollaşmoqda. Mana 2012-2013 öquv yili ham yakunlaniş arafasida turibdi. Fikrimça, öquv yili maktabimizda yaxşi yakunlanmoqda. Ikkita bitiruvçi sinf – "9A” va "9B” sinflaridagi 51 nafar öquvçilarning kasb tanlaş böyiça öz fikr-mulohazalari, qiziqqan kasb-hunarlari bor. Ularni navbatdagi bilim oliş bosqiçiga tayyorlaş yuzasidan amaliy işlar qilindi va kasb-hunar kollejlarida hamda Manğit şahridagi Akademik litseyda öqişni davom ettiriş imkoniyatlari yaratildi.
Bizning maktabimiz öquvçilari va öqituvçilari ahil jamoa hisoblanadi. Öquvçi-yoşlarimiz öz öqituvçilarini jonkuyar, fidoyi ustoz deb bilişadi. Har kuni maktab bösağasida va sinfxonalarda "Assalomu alaykum” degan muborak kalom bilan kutib olişadi va dars maşğulotlarida ustoz-öqituvçilarning har bir sözini jon quloqlari bilan tinglaşadi. Mana şunday ahillik va hamjihatlik maktabni, har bir sinfxonani va maktab tevarak atroflarini ozoda hamda saranjom-sarişta tutişda, sinfxonalarni tabiiy gullar bilan bezatişda, maktab atrofini kökalamzor qilişda-yam yaqqol közga taşlanmoqda. Bu yil erta bahordan maktab atrofidagi dov-daraxtlarga şakl beriş, tublarini ohaklaş, yangidan 550 tup manzarali va mevali daraxt köçatlarini ötqaziş işlari amalga oşirildi. Maktabning old qismidagi maydonçani kiçik gulzorga aylantirdik. Anvoyi gullarni körib bahri dilingiz oçilib yayraydi, çarçoğingiz çiqadi.
Öqituvçilarimiz va öquvçilarimiz faqat maktabni obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş bilangina çeklanib qolmay, öz uylari va xonadonlarini, köçalari va mahallalarini yanada sölim va yanada körkam qilişga öz hissalarini qöşmoqdalar. Tomorqa yerlarida sabzavot, poliz, dukkakli va boşoqli ekinlar ekib parvarişlaşga yordam bermoqdalar.
"Taraqqiyot közgusi" gazetasining oldingi sonida eʼlon qilingan murojaatni öqib, barçamiz şu erkin va obod Vatanning gullab-yaşnaşiga hissa qöşişimiz lozimligini yana bir bor çuqur his qildik va yurtimizning yanada ravnaq topişiga öz hissamizni qöşişga axd qildik. Negaki, el-yurt farzandi sifatida uni yanada obod va farovon qilişga har birimiz masʼulmiz. Biz öqituvçilar va öquvçilar Murojaatni qöllab-quvvatlab, barçani yanada unumli mehnat qilişga, kölamdor bunyodkorlik işlarini amalga oşirişga va tobora yaqinlaşayotgan mustaqilligimizning 22 yillik bayramini munosib kutib olişga çaqiramiz. Zero, töyga töyona bilan boriş bizning qadimiy eng yaxşi udumlarimizdir.
Gulasal MATYoQUBOVA.
10-sonli umumtaʼlim maktabi direktori, Qoraqalpoğiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼloçisi, xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶