29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 17:12
Siyosat 👁 4,482

Qoraqalpogʻiston Respublikasi: kecha va bugun

Qoraqalpogʻiston Respublikasi: kecha va bugun
Mustaqillik yillarida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimiz barcha sohalarda asrlarga teng taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtdi. Shaharu qishloqlarimiz zamonaviy qiyofa kasb etib, hayotimizda ijtimoiy-siyosiy munosabatlar butunlay oʻzgardi. Mustabid tuzum davrida asosan xomashyo yetkazib beruvchi agrar respublika boʻlgan Oʻzbekiston iqtisodiyoti barqaror taraqqiy etayotgan, sanoati rivojlangan, eng muhimi, xalqining farovonligi muttasil yuksalib borayotgan qudratli davlatga aylandi.

Mamlakatimizning shimoliy mintaqasi – Qoraqalpogʻiston Respublikasida ham mustaqillik yillarida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirildi. Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan alohida eʼtibor yuksak samaralar berdi. Puxta oʻylangan, boqichma-bosqich amalga oshirilayotgan izchil islohotlar tufayli Qoraqalpogʻiston Respublikasi oddiy agrar oʻlkadan zamonaviy ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasi, transport-kommunikatsiya tarmoqlari rivojlangan mintaqaga aylandi.

Mustaqillik yillarida bu zaminda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari, roʻy bergan oʻzgarish va yangilanishlar haqida uzoq gapirish mumkin. Markaziy Osiyoda yagona, sahro bagʻridagi moʻʼjiza –Qoʻngʻirot soda zavodi, Xoʻjayli shisha zavodi, "Markaziy Osiyo bezak toshlari” qoʻshma korxonasi, Qoʻngʻirot karbid, Nukus marmar va kabel zavodlari, Oʻrga gaz koni, "Elteks” va "Kateks” kabi zamonaviy ishlab chiqarish obʼektlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Toshkent axborot texnologiyalari universititetining Nukus filiali, Olimpiya zaxiralari kolleji binolari, oʻnlab umumtaʼlim maktablari, litsey va kollejlar, bolalar sporti, bolalar musiqa va sanʼat maktablari... Bunday muhtasham inshootlar istiqlol sharofati tufayli barpo boʻldi.

Istiqlolning dastlabki yilidayoq minglab aholini ichimlik suvi bilan taʼminlagan 243 kilometrlik Tuyamoʻyin-Nukus-Chimboy-Taxtakoʻpir suv tarmogʻi ishga tushirildi. 1991-2010-yillarda hududda gaz va gaz kondensati, shisha, kungaboqar yogʻi, kaltsiylashtirilgan soda, vermikulit kontsentrati, talkomagnezit, glitserrizin ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.

Xalqimizning uzogʻini yaqin, ogʻirini yengil qilish borasida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari eng savobli ishlardan boʻldi. Bu sohada ham islohot islohot uchun emas, avvalo, inson uchun, uning manfaatlari uchun degan ezgu gʻoya doimiy ustuvor vazifa boʻlib kelmoqda.

2000-yili Nukus shahrini Xoʻjayli tumani bilan bogʻlaydigan ulkan koʻprik, 2001-yilda 345 kilometrlik Nukus-Sultonuvaystogʻ-Miskin-Uchquduq-Tinchlik-Navoiy temir yoʻli ishga tushirildi. Yuzlab kilometr avtomobil yoʻllari rekonstruktsiya qilindi. Bu ravon yoʻllarning uzunligi 4 ming 100 kilometrdan oshib ketdi. Bu yoʻnalishdagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Yer osti boyliklarini izlash, qazib olish va ulardan samarali foydalanishga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xorijlik sheriklar bilan "Jel”, "Gʻarbiy Orol” kabi istiqbolli konlar ochildi. "Ustyurt va Orol dengizi atroflarida geofizika ishlarini amalga oshirishni kuchaytirish” dasturiishlab chiqildi. Unga koʻra, Ustyurt kengliklarida seysmik tadqiqotlar jadal olib borilmoqda. Ayniqsa, "Oʻzbekgeofizika” aktsiyadorlik jamiyatining "Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi” filiali jamoasining saʼy-harakatlari tahsinga munosib. Hozir kuniga 45 ming kubometr gaz berayotgan "Tillali”, "Sayxun”, "Inʼom”, "Arslon” singari yangi konlar ana shu ekspeditsiya izlanishlarining samarasidir.

Bugun dunyo xalqlarining eʼtiborini tortayotgan, havasli, hayratli nigohlariga sabab boʻlayotgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etildi. Asrlar osha qaqrab yotgan bepoyon dashtda ulkan ishlab chiqarish quvvati qad rostladi. Korxona jahonning nufuzli nashrlari tomonidan 2012-yilning eng yaxshi loyihasi, deb topildi.

2014-yili nufuzli "Infrastructure Journal” xalqaro nashri mazkur loyiha qurilishini "2014-yilning neft-gaz sohasidagi eng yirik bitimi”, deb eʼlon qildi. Umumiy qiymati 4 milliard AQSh dollarini tashkil etgan bu mashhur loyiha amalga oshirilishi mamlakatimiz sanoati rivojini yangi bosqichga koʻtarishi shubhasiz. Hozir bu yerda yiliga 4,5 milliard kub metr gaz qayta ishlanmoqda. Buning samarasida xalqimiz ehtiyoji va eksport uchun 3,7 milliard kub metr gaz, 387 ming tonna polietilen, 83 ming tonna polipropilen, 102 ming tonna piroliz distillyati va boshqa qimmatbaho mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida yengil sanoatni rivojlantirish, jumladan, paxta yetishtirishda zamonaviy texnologiyalarni, madaniy oʻsimliklarning yangi navlarini sohaga joriy etish asosida ishlab chiqarish samaradorligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilayotir. 2016-yilda bu yoʻnalishda uchta yangi korxona tashkil etilib, toʻrttasi modernizatsiya qilinadi.

Shu yilning ikkinchi choragida momiq ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan "Bunyodbek-Xoʻjayli” oilaviy korxonasi foydalanishga topshiriladi. Yil oxirigacha "Yoqubova Gavhar” fermer xoʻjaligi kalava ip ishlab chiqara boshlaydi. Ellikqalʼada "Global national-tex” shoʻʼba korxonasida jinsi mato ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi. Amudaryo tumanidagi "Kameks-KK” korxonasida momiq, Kegeyli tumanidagi "Avto Qayip mayshi” masʼuliyati cheklangan jamiyatida oyiga 50 ming juft paypoq ishlab chiqariladi. "Toʻrtkoʻl omad tekstil” masʼuliyati cheklangan jamiyatida zamonaviy texnologiyalar joriy etilib, yangi ish oʻrinlari yaratilmoqda. Bunday misollarni koʻplab keltirish mumkin.

Mustaqillik yillarida qishloq xoʻjaligi sohasida mutlaqo yangi va samarali iqtisodiy munosabatlar joriy etildi. Yer oʻz egasini topdi. Bugun Qoraqalpogʻiston fermerlari qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy qismini yetkazib berish bilan birga, qishloq taraqqiyotida hal qiluvchi ijtimoiy-siyosiy kuchga aylanib bormoqda.

Mamlakatimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi Qoraqalpogʻiston Respublikasida ham Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilayotgan namunaviy loyihalar asosidagi uy-joylarga talabgorlar tobora koʻpaymoqda. Barcha sharoitlarga ega bunday zamonaviy uylarda minglab oilalar baxtli hayot kechirmoqda. Uy toʻylariga kelin toʻylari ulanib ketayotir.

Yosh avlodning hech kimdan kam boʻlmagan sharoitlarda taʼlim-tarbiya olishi, isteʼdod va salohiyatini yuzaga chiqarishi uchun zarur sharoit yaratish davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. Oʻtgan davr mobaynida hududda zamonaviy sharoitlar yaratilgan 99 kasb-hunar kolleji, 9 akademik litsey foydalanishga topshirildi. 2015-yilda 9 ming 700-oʻrinli 22 ta zamonaviy maktab binosi barpo etildi. Ayni paytda hududdagi 370 umumtaʼlim va ixtisoslashtirilgan maktablarda 170 mingdan ziyod oʻgʻil-qizlar zamonaviy bilimlarni oʻrganmoqda.

Oʻtgan yili Nukus shahri markazida 2,5 milliard soʻmlik loyiha asosida bunyod etilgan va barcha qulayliklarga ega "Baxt uyi” foydalanishga topshirildi. Inson baxt uchun dunyoga keladi. Bu borada mamlakatimizda yoshlarga doimiy gʻamxoʻrlik koʻrsatilmoqda. Prezidentimizning 2014-yil 6 fevraldagi «Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori ijrosi doirasida Nukus shahri, Amudaryo, Ellikqalʼa, Beruniy, Xoʻjayli tumanlarida ijtimoiy hayotda faol boʻlgan yuzlab yosh oilalarga "Kamolot” uylari topshirildi. 

20.jpg

Nukus shahrida ham keng koʻlamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi va bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Temir yoʻl vokzali, I.Savitskiy nomidagi sanʼat muzeyi tanib boʻlmas darajada zamonaviy qiyofa kasb etdi. Shaharning Qoraqalpogʻiston, Amir Temur, Toʻlepbergen Qaipbergenov koʻchalarida qad rostlagan koʻp qavatli zamonaviy uylarga koʻchib oʻtgan yuzlab oilalar hayotiga oʻzgacha shukuh kirdi. Shahar markazidan oqib oʻtuvchi Doʻstlik kanalining ikki qirgʻogʻi boʻylab 2,5 kilometr masofada koʻplab koʻngilochar, dam olish obʼektlari ishga tushirildi.

– Oʻtgan yilgi investitsiya dasturiga koʻra, yangi uy-joylarga qoʻshimcha 117 ijtimoiy obʼektda rekonstruktsiya va qurilish ishlari amalga oshirildi, – deydi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Azimjon Qurbonboyev. – Oʻnlab kasb-hunar kollejlari, umumtaʼlim maktablari, tibbiyot muassasalari va boshqa ijtimoiy soha obʼektlari qurildi. Koʻplab suv tarmoqlari tortildi.

Mintaqada ekologik barqarorlikni taʼminlash masalasi davlatimiz rahbarining doimiy eʼtiborida boʻlib kelmoqda. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq Prezidentimiz Islom Karimov bu masalaga jahon hamjamiyati eʼtiborini qaratdi. Xalqaro Orolni qutqarish jamgʻarmasi ana shunday olijanob saʼy-harakatlar samarasida tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha 2013-2017-yillarga moʻljallangan dasturi bu boradagi ishlarni yangi bosqichda davom ettirishda muhim ahamiyat kasb etayotir. Dasturda Orolboʻyini ekologik sogʻlomlashtirish ishlariga alohida eʼtibor qaratilgan. Xususan, choʻllanishning oldini olish, Orol dengizining qurigan hududlarida sunʼiy oʻrmonlar barpoetish uchun keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. Dasturga koʻra, mazkur ishlarga 89,39 milliard soʻm, 1635,55 million AQSh dollari va 57,63 million yevro mablagʻ yoʻnaltirish koʻzda tutilgan.

Xalqaro Orolni qutqarish jamgʻarmasi Nukus filiali tomonidan 2014-yilda Moʻynoq tumanida, Orol dengizining Axantay qismida 1500, Oqqum qismida 34 gektarlik saksovulzor – sunʼiy oʻrmon barpo etildi.

Ayni paytda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda 90 million AQSh dollari miqdoridagi loyiha asosida Orol dengizining qurigan qismida choʻllanishdan himoyalovchi mitti oʻrmonlar bunyod etishga kirishilayotgani ham hudud aholisi turmush farovonligini yuksaltirish borasidagi ezgu ishlarning davomidir.

Mustaqillik inshootlaridan yana biri Qoʻngʻirot soda zavodidir. Koʻplab sohalar uchun zarur xomashyo – kaltsiylashtirilgan soda ishlab chiqarayotgan ushbu yirik korxona oʻz mahsulotining aksariyatini eksportga yoʻnaltirmoqda. Oʻtgan yili korxona xorijlik buyurtmachilarga 24 ming tonna mahsulot yetkazib berdi. Ichki bozorda "Kvarts”, "Asl oyna” aktsiyadorlik jamiyatlari, "Oʻzkimyosanoat” aktsiyadorlik jamiyati, "Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi Qoʻngʻirot soda zavodining asosiy buyurtmachilaridir.

Mamlakatimiz sogʻliqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar samarasida aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish sifati va samaradorligi tubdan yaxshilandi. Bugun olis ovullar aholisi ham zamonaviy tibbiy xizmatdan bahramand boʻlayotir.

– Chekka tuman va qishloqlardagi tibbiy muassasalarning ham moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi. Bu biz, mutaxassislarni ham yanada samarali ishlashga undamoqda, – deydi Moʻynoq tumani tibbiyot birlashmasi bosh shifokori oʻrinbosari J.Davletova. – Bugun oddiy qishloq shifokori ham bemorga toʻgʻri tashxis qoʻyib, zamonaviy uskunalar yordamida samarali davolay oladi. Bularning barchasi Prezidentimiz rahnamoligida aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilayotgan doimiy eʼtibor samarasidir.

"Sogʻlom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish, aholi salomatligini mustahkamlash boʻyicha amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar mustaqilligimizning birinchi kunlaridan belgilab olingan eng muhim vazifalarning izchil davomidir.

Bugun Qoraqalpogʻiston shifokorlarining Buyuk Britaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Polsha va boshqa koʻplab xorijiy mamlakatlarda malaka oshirishi, ilgʻor tajribalarni qoʻllashi oddiy holga aylandi.

Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan bunday keng koʻlamli islohotlar iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanishi, xalqimiz farovonligini yuksaltirishga mustahkam zamin boʻlib xizmat qilmoqda. Mustabid tuzum davrida chekka hudud sifatida mutlaqo eʼtibordan chetda qolgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi bugun ana shunday taraqqiyot yoʻlidan dadil bormoqda. Bugunidan mamnun va ertangi kuniga ishonchi qatʼiy boʻlgan Qoraqalpogʻiston xalqi Vatanimiz mustaqilligining 25 yillik bayramini munosib kutib olishga hozirlik koʻrmoqda. Bu ularning shukronalarida, mamnun chehralarida yaqqol aks etmoqda.

Aminboy Ortiqboyev, Maqsad Habibullayev (surat), OʻzA
🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026