28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 11:54
Jamiyat 👁 4,982

TOʻYLARIMIZ IXChAMLAShDI, AMMO MUAMMOLARIMIZ KOʻP

TOʻYLARIMIZ IXChAMLAShDI, AMMO MUAMMOLARIMIZ KOʻP

Xonadonlarimizga toʻyga aytilsa, quvonib ketamiz. Koʻnglimiz yorishadi. Ich-ichimizdan: «Ilohim, toʻylar koʻp boʻlsin», - deya tilak tilaymiz. Chunki oʻzbekning toʻylari xuddi tantanali bayramday oʻtadi. Uzoq vaqt bir-birlari bilan koʻrisholmay yurgan qavm-qarindoshlar, doʻst-u qadrdonlar toʻy bahona diydorlashadilar, bir-birlarining quvonchiga sherik boʻlishib, muborakbod etishadi.

Bizning «Xizr eli» ovulimizda kelin va sunnat toʻylari, oilaviy marosimlar, tugʻilgan kun va shunga oʻxshash tadbirlar mahalla faollaridan iborat toʻy oʻtkazish boʻyicha maxsus komissiyaning taklif va tavsiyalari asosida oʻtkaziladi. Iloji boricha toʻylarimizni tartib-intizomli, ixcham va madaniyatli, isrofgarchiliklarsiz oʻtkazishga harakat qilamiz. Ayniqsa, kelin toʻylarini oʻtkazish bilan bogʻliq muammolar asta-sekin oʻz yechimini topmoqda. Yaʼni, mahallamizda "palatka” qurib qiz yigʻin oʻtkazish, ertasiga qiz uzatish toʻyi qilish bir muncha ixchamlashtirildi. Qiz yigʻin toʻyxonada yoki uy ichkarisida oʻtkaziladigan, bu marosimda faqat taklif qilinganlar ishtirok etadigan boʻlishdi. Ertasiga qizning ota-onasinikida dasturxon yozib, odam yigʻilmay, bir-ikki qarindosh va qizning dugonalari kelinni kuyovnikiga uzatib ketishadi. Avvalgiday bugun qiz yigʻin, ertaga toʻy, deb sarf-xarajatlar qilishga barham berildi. Kuyov tomonida oʻtkaziladigan toʻy ham ancha ixchamlashtirildi. Kech-qurungi nikoh toʻyi bazmi 2,5-3 soatdan oshmaydigan boʻldi. Yaʼni kechqurun soat 18 dan 21 gacha qilib belgilandi.

Xalqimizda: «Sinalmagan otning sirtidan oʻtma» degan ibratli maqol bor. Telefon vositasida tanishib, turmush qurgan yoshlar salgina vaqtdan soʻng ajrashib ketayotganlari qancha? Mahallamizda bunday noxush holatlarning oldini olish maqsadida ikki yosh yashaydigan ovul va mahallalarning katxudolari bilan gaplashishga, muammoni ijobiy hal etishga jiddiy eʼtibor berilyapti. Baʼzan qiz yoki yigit yashaydigan mahalla, hatto qoʻshni tumanlarga chiqib, masalaga oydinlik kiritishimizga toʻgʻri keladi. Shunday vaziyatlarda kuyov boʻlmish avval ham uylangan, baʼzan esa oilasidan ajrashmay turib, yosh qizlarning boshini aylantirib yurgan boʻladi. Yoshlarimizning hayotga, muqaddas oila qurishga loqayd va yengil qarashi natijasida jamiyatda notinch oilalar safi oshib boraveradi.

Bizning «Xizr eli» MFYda esa oila qurayotgan yoshlar bilan alohida suhbatlar oʻtkazilib, ularning oilaviy hayotga nechogʻlik tayyor yoki tayyor emasligiga jiddiy eʼtibor beriladi. Shu sababli mahallamizda ajrimlar, oilalarda notinchliklar yoʻq.

Lekin guruch kurmaksiz boʻlmagani kabi kelin koʻylak, toʻy sayridagi mashinalar borasida ancha tortishuvlar boʻlib turadi. Kelin boʻlmish qizlarimiz yelkalari ochiq koʻylaklarni 2-3 soat kiyish uchun oilasining bir oylik rizqini goʻzallik salonlariga olib borib berishadi. Oʻzi tushayotgan xonadonga bu qanchalik jabr boʻlishini oʻylab ham oʻtirishmaydi. Kuyov yigitlarimiz esa boʻlgusi umr yoʻldoshlarining yarim ochiq badanlarini oʻzga nigohlardan qizgʻanishni ham bilishmaydi. Yoki yigitlarimiz shunchalik oriyatsizmi, deb oʻylanib qoladi odam.

Xalqimizda: «yozgan dasturxoning qiyofangni, maʼrakang - el-yurtga munosabatingni belgilaydi», - degan hikmat bor. Chiroyli va kamtarona yasatilgan dasturxon atrofida mehmonlar bemalol, qisinib-qimtinmay oʻtirishadi, huzur qilib yeb-ichishadi. Haddan tashqari bashang dasturxon ham, hashamatli maʼraka ham mehmonlarda noqulaylik tugʻdiradi. Buni koʻp bora kuzatganmiz. Kam xarajatli oilalarning sohiblari oʻzlarini gʻarib his etishadi, dillari ogʻriydi. Shu bois, mahallamizda oʻtkazilayotgan toʻylarda ortiqcha toʻkin-sochinlikka barham berildi. Boylikni toʻyda koʻz-koʻzlab, kam-xarjroq qoʻni-qoʻshni va ovuldoshni noqulay ahvolga solib, dangʻillama toʻy qilish shartmi?

Muqaddas hadislarida: «Allohning barcha bandalari tengdir, biri-biridan ziyoda emasdir. Agar kimdaki bitta non ortiq boʻlsa, uni umumga maqtanmasin, balki oʻzgalar bilan baham koʻrsin. Shu ortiqcha nonni yaratgan Egam sizga sinov uchun bergandir», - deyiladi.

Demak, xalq bilan hamjihat, ahil-inoq boʻlib yashash, dabdaba-yu hashamdan oʻzini tiyish ham saodat, ham Alloh yoʻlida ibratdir.

Ilohim, xalqimizda toʻylar, yaxshi kunlar koʻp boʻlsin, mehr-oqibat va hamjihatlikdan  ayirmasin.   Oilalarimiz   tinch,  xonadonlarimiz   fayzli boʻlsin.


Eldoshboy JUMAMURODOV,

«Xizr eli» mahalla fuqarolar yigʻini raisi.

(Foto - http://kelin-kuyov.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026