Kunlardan bir kun... MAHALLADA
YaXŞILIK YÖLI
Baxtsiz tasodif tufayli ota-onasidan bir kunda ajralib qolgan Sultonmurodning bolaligi ham, yoşligi ham birovlarning eşigida ötdi. Kim nima yumuş buyursa, qilaverardi. Mehnatiga beriladigan arzimasgina çaqaga qanoat qilib, goh oç, goho yupun yaşasa-da, öz ehtiyojlaridan ortgan pullarini yiğib, kitob sotib olar, iloji boriça yaxşi öqişga intilardi. Har kimning xizmatini qilib yurib baloğatga yetdi, norğul yigit böldi. Maktabni "aʼlo” baholarga tugatib, institutga öqişga kirdi. Öziga qulay bölişi uçun öqişini institutning keçki bölimiga ötkazib, Toşkent traktor zavodida işladi. Qişloğiga qaytib kelganida ota-onasidan qolgan makon huvillab yotar, ikkala yon qöşnilari tomorqaning ançagina qismini egallab olişgandi. Sultonmurodning kelganini eşitib, ahvol söragani kirgan otasining bolalikdagi jörasi Nurulla bobo:
- Heç qisinma, bolam, - dedi bosiqlik bilan. – Odamzotning közi bir siqim tuproqqa töyadi. Ozga qanoat qilsang, köpga yetasan. Hovli-joyingni tartibga keltirib olaver, tomorqa yering bir gap bölar.
Sultonmurod Nurulla boboning maslahati bilan iş tutdi. Eski imoratning bir qismini buzib, yangilaş taraddudiga tuşdi. Maktabda işlab yurib, döstlari kömagida tört xonali şinamgina uy qurib, tomini yopib oldi. Kelasi yili ayvon bilan qöşimça ikki xona qurib, yangi hovlisining tomini şiferladi. Haş-paş degunça ötgan uç yil içida Sultonmurod ota makonini qayta tiklab, binoyiday hovli-joyli böldi. Olti yil davomida zavodda işlab, ham öqib yurib, tirnoqlab yiqqan puli joniga oro kirdi uning.
- Endi bolam, bunday söqqaboş yurganing yaxşi emas, - dedi bir kuni Nurulla bobo. – Könglingga tugib qöyganing bölsa...
Sultonmurod bir entikib qöydi-yu, lekin indamadi. Axir qanday aytsin? Oldiga tuşib, tugunini kötaradigan yaqinlari bölmasa. Borlari ham uzoqda, tumanning narigi çekkasida yaşovçi ammasidan ne naf? Birovning eşigini oçiş ham oson emas. U şularni öylab:
- Ozgina işlay, ota, - dedi közlarini yerga tikib.
- Şundoğam işlayverasan, könglingdagini aytsang böldi, bolam. Otangning mahallaga köp xizmati singgan, buni hamma biladi. Nima, bitta sening töyingni ötkaziş mahallaga oğirlik qiladimi? Gapning öğil bolasini aytsam, heç ham oğirlik qilmaydi-da.
Nurulla boboning közlari yoşlandi.
- Ana, Izzat boşliq, uni otang ölimdan asrab qolgan, tomirida Normurod jöramning qoni oqib turibdi. Mening qizim-çi, Nazira opang, uni katta kanal suvida oqib ketayotganida otang qutqarib qolgan. Ana öladi, mana öladi, deb Naziraning yuziga termulib ötirganimizda maşinasida Nukusga olib borib, katta döxtirlarga körsatgan ham şu jöram. E-ha, bolam-a, Normurod jöramning el-yurtga qilgan yaxşi amallari juda köp, bilsang. Köçamizni asfalt qildirişga boş-qoş bölgan ham, yangi maktab qurilişini tezlaştirgan ham, ovulga tabiiy gaz tarmoği tortilişiga jon kuydirgan ham Normurod jöram!..
Nurulla bobo döstining yaxşiliklari haqida tölqinlanib-tölqinlanib gapirdi. Sultonmurod boboning gaplarini jon quloği bilan tinglasa-da, baribir, özining uylanişi masalasiga butun mahalla ahli aralaşayotganday, xijolat böldi.
- Ota, bu töğri kelmaydi, - dedi bosiqlik bilan. – Biroz işlab, ul-bul jamğarib olay, keyin bir gap bölar.
Nurulla bobo indamadi-yu, lekin öz bilganidan qolmadi. Ertasigayoq Normurod jörasining yakka-yu yagona singlisi Guloyim yaşaydigan qişloqqa yöl oldi. Bor gapni Guloyimning quloğiga yaxşilab "quygan” Nurulla bobo oradan bir hafta ötib, yana Sultonmurodni yöqlab keldi.
- Menga qara, bola, - dedi u çört kesib, - endi mening aytganim böladi. – Yoş emassan, 28 ga kirding. Tengdoşlaring sunnat töylari qilaman, deb yurişibdi. Ertaga ammang keladi, quda tuşiladigan uyning manzilini ayt.
Sultonmurod işning bunday tus olişini aslo kutmagandi, dovdirab qoldi.
- Manzili, manzili, - duduqlanib-duduqlanib zörğa gapirdi u, - manzili Fayzulla akaning...
Nurulla boboning yuzi çaraqlab ketdi. Tizzasiga şapatilab örnidan turdi-da, Sulotonmurodni bağriga bosdi.
- Mening könglimdagi böldi-ya, bolam, - dedi u rostmana quvonib. – Özim ham şu qizimni közlab yurgan edim-da!
Fayzulla oğa Nurulla boboning örtança ukasi. Qizi Gulnora yaqinda institutni bitirgan, dorişunoslikka öqigan, odobli, tarbiyali qiz.
Sultonmurodning ammasi kelguniga qadar Nurulla boboning kelinlari non-u patir, qatlamalar pişirişdi. Xuddi öz öğlini uylantirayotganday, yelib-yugurib yurgan bobo meva-çeva-yu şira-şarbatni uyib taşladi. Yaxşilikning qanotida uçib-qönib Izzat boşliq (u tumandagi katta bir korxona rahbari edi), mahalla oqsoqoli, Sultonmurod işlaydigan maktab direktori, mahallaning katxudolari birin-ketin eşikdan: "Öng bölsin!”, - deb kirib kelişdi. Ota makonini yangilab olgan Sultonmurodga barçasi "barakalla”, deyişdi, hatto havas ham qilişdi.
- Sen mening tuğişgan ukamdaysan, - dedi Izzat boşliq. – Agar otang bölmaganida men bu dunyoda yaşab yurmasdim. Öşanda meni urib ketgan maşina şofyori qoçib ketganidan köp qon yöqotganman. Normurod oğa to tuzalgunimça menga donorlik qilib, tepamda ötirgan ekanlar. Qarzimni uziş payti kelganida, sen uka, özingni çetga olma.
- Normurod aka faqat el-yurtni öylardi-da öziyam, - mahalla oqsoqoli ham otasining qilgan ezgu işlaridan uzoq gapirdi.
Şu kuni Guloyim amma va Nurulla bobo, Izzat boşliq, mahalla oqsoqoli Hikmat akalar Fayzulla oğanikiga sovçilikka borib, quvonib qaytişdi.
Sultonmurodning töyi xabari butun mahalla ahlini quvontirib yubordi. Töyga öz sözida turib Izzat boşliq boş böldi. Mahalla oqsoqoli töyxona xarajatlarini zimmasiga oldi. Nurulla bobo Sultonmurodning ota-sining jöralari nomidan zamonaviy mebel sovğa qildi. Hamqişloqlar sovğa-salom uçun keltirgan gilam- poyondozlar dasturxonxonaga siğmay ketdi. Bir töy böldi, bir töy böldiki, yaqin orada qişloq ahli bunday yayramagan edilar. Ammo...
devor
Töyga kelganlar Sultonmurodning ikki yon qöşnisining boşqalardan özlarini tortişayotganini sezmay qolişmadi. Haqiqatan ham, ikkala yon qöşnilar negadir özlarini aybdorday his qilişayotgani, boşqalarday töyda yayrab-kulolmayotgani özlarining xatti-harakatlaridan sezilib turardi.
- Betlari kuyuk-da, - dedi dasturxonxonadagi ayollardan biri. – Normurod aka bilan Sanam opaning maʼrakalari ötib-ötmay, örtaga ikki metr-ikki metrdan ötib, devor urib olişdi. Ota-onasi ölgani bilan Sultonmurod norasida bor-ku, deyişmadi. Nafs qursin-a, nafs qursin.
- Buni hamma biladi, - gapga aralaşdi kayvoni ayollardan yana biri. – Bolasi bir gödak, unga hovli, tomorqa ne kerak, deyişgan-da.
- Mayli, qöyavering, - dedi mahallaning katta kayvonisi Sojida ena. – Töymaganning közini tuproq töydiradi. Sultonmurodjon omon bölsin. Normurod oğa bilan Sanam opaning çiroği yonib turibdi-ku, şuning özi katta gap.
Şu bilan ayollarning gapi yakun topdi-yu, töydan hafta-ön kun ötib, xuddi öylaşganday, avval çap yonidagi qöşnisi Olimboy eşikdan möraladi.
- Sultonmurod, inim, sen bilan kelişib olsak, - dedi u közlarini yerdan uzmay.
- Nimani? – hayron böldi Sultonmurod.
- Şu, - talmovsiradi qöşni, - yer masalasida-da. Men bu devorni kötariş uçun falon ming söm xarajat qilib edim, şu çiqimni bersang, devorni buzmoqçi edim.
Sultonmurod qöşnisiga ajablanib qaradi. Axir unga devor haqida gap oçmagan bölsa.
- Aka, buzib ne qilasiz, men Siz bilan yer talaşayotganim yöq-ku.
- Sen aytmaganing bilan odamlar aytişyapti-da, uka. Izzat boşliq, Nurulla bobo, oqsoqol...
- Mayli, aka, - dedi Sultonmurod, - men roziman. Odamlarning gapiga eʼtibor bermang, devoringiz özi qulab tuşgunça turaversin.
Qöşni ketdi. Sal ötib, öng tomon qöşnisi Sultonmurodni yöqladi. Bu qöşni ançayin dangalçi odam edi.
- Sultonboy, - dedi hol-ahvol söraşib bölgaç, - örtamizdagi devorning mening hovlim tarafida sening ikki yarim metr yering bor. Devor örni bilan uç metr. Endi, uka, sen mendan rozi böl. Şu devorni bekor tiklagan ekanman. Buzib taşlada, yeringni ol. Bilasan, mazam yöq.
Sultonmurod hayron qoldi. U qöşni devorning xarajatini, bunisi esa rozilik sörayotir. U qanday yöl tutişni bilmay, jim ötirar, bot-bot hovlisining ikki tomonidagi ikki devorga, devor ortida yaşnab turgan dov-daraxtlarga qarab qöyardi.
- Devor özi qulab tuşgunça turaversin, oğa, - dedi u bu qöşnisiga ham.
Qöşni ketdi. Oradan hafta-ön kunlar ötib Sultonmurod öqituvçilar malakasini oşiriş institutiga öqişga ketdi. Bir oylik öqişdan qaytib kelib, u öz hovlisini taniyolmay qoldi. Ikkala qöşnisi ham örtadagi devorlarni buzib, tekislab, Sultonmurodga tegişli yerni ajratib, hatto ağdarib ham qöyişibdi. Ikkala qöşni ham birin-ketin Sultonmurodni körgani kirişdi. Qilgan işlaridan köngillari tölib, Sultonmurodni bağirlariga bosişdi.
- Rahmat, uka, - dedi biri, - endi mahalla oldida yuzim yoruğ böldi.
- Sen menga kenglikni, odamgarçilikni örgatding, uka, - dedi ikkinçisi.
Yangi kelin qöşnilari oldiga dasturxon yozdi, palov tortdi. Taom ustiga Nurulla bobo bilan oqsoqol va Izzat boşliq kirib kelişdi. Barçalari ming yillik qadrdonlarday, suhbat qurişdi. Sultonmurodning hovlisi bilan qöşnilari örtasida heç qaçon devor bölmaganday, atrof, hovli-yu çorboğ şinam va fayzli edi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶