14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 07:06
Adabiyot 👁 3,384

KASBIDAN KAMOL TOPGAN INSON

KASBIDAN KAMOL TOPGAN INSON

Hayotda shunday insonlar boʻladiki, garchi boshqa soha vakili boʻlsa-da, kasb mashaqqatlarini yengishni, sharafini his qilishni, sadoqat, fidoyilikni ulardan oʻrganasan va umr boʻyi yaxshilar qatori hurmat-ehtirom bilan eslab yurasan.

Sobiq 4-sonli Mangʻit bosmaxonasida chop qiluvchi boʻlib 35-yildan ortiq mehnat qilib, ayni kunda keksalikning gashtini surib, farzandlari, nevaralari ardogʻida yashayotgan, "Oʻrta qalʼa” ovulida istiqomat qiluvchi Jumaboy aka Boltaboyev ana shunday eʼzozli insonlarning biridir.

Men "Amudaryo haqiqati” gazetasi tahririyatida ish boshlagan kezlarim - 1985-yilda u bosmaxonada gazeta chop qiluvchi boʻlib ishlardi. U paytlarda materiallar linotip mashinasida, qoʻrgʻoshinda terilib, sahifalanar, shu bois, navbatchiliklar  yarim tunga, baʼzan tonggacha ham davom etardi. Shunday damlarda chop qiluvchi Jumaboy aka Boltaboyev charchasak-da shoshmaslikni, matn xatolarining tuzatilganini sinchkovlik bilan qarab  chiqishni uqtirardi doim. Har gal imzo qoʻyib, Jumaboy akaga topshirib ketgan sahifalarimiz ertalab hali buyogʻi qurimagan gazetaga aylanib, taxlanib turganini koʻrib quvonib ketardim. Shunday damlarda gazeta taxlamlari yonida horgʻin qiyofada, biroq jilmayib, gazetani chop qilgan odam – Jumaboy aka turardi.

Uning haftaning uch kunida hayoti shunday kechardi. Axir u paytlarda gazeta haftasiga uch marta yorugʻlikka chiqardi. Inson oʻzi tanlagan kasbi uchun qanchalik fidoyi boʻlishi kerakligini men oʻsha  kishi timsolida yurak-yuragimdan his qilganman.

Jumaboy Boltaboyevning bosmaxonadagi mehnat faoliyati 1969-yildan boshlandi. U turli buyurtmalar, ish qogʻozlari va gazeta chop qilishni shu kasbda ishlaydigan Rajab Abdullayevdan oʻrgandi. Hademay oʻzi  ham mustaqil ishlay oladigan boʻldi. Oʻsha vaqtdagi bosmaxonaning direktori Bekish Jumamurodov (xudo rahmat qilsin!) uning tirishqoqligini inobatga olib, eng masʼuliyatli ish - gazeta chop qiladigan mashinani ishlatishni ishonib topshirdi. U shu kasbda 35-yildan ortiq mehnat qildi, jamoasida obroʻ-eʼtibor qozondi.

- Gazeta tahririyati va 4-bosmaxona mehnat jamoalari bir ota-ona farzandlariday  ahil-inoqlikda ishlagan damlarimiz doim koʻz oʻngimda. Sobiq kasbdoshlarim Gulandom Yangiboyeva, Oʻrozgul Habibullayeva, Jumaboy Abdullayev, Davlatboy Ochilov Jumagul Yerdosheva, Gulsara Oʻrozboyeva, Dilbar Jumamurodova, Ulboʻlsin Obdalova, Norgul Yusupova, Gulbahor Ibrohimova, Rajabboy Haytimbetovlarni xuddi tugʻishganlarimni sogʻingandek sogʻinaman, eslab oʻtiraman, - deydi xayolga berilib Jumaboy aka.

Ayni kunda Jumaboy Boltaboyev umrining 70-yilini qarshi olgan boʻlsa-da, hamon tetik, ziyrak. Koʻzlari nursizlanib qolganiga qaramay, radio eshitadi, televizor – ermagi. Dunyo voqealaridan boxabar boʻlib, oʻzicha xulosalar chiqarib, farzandlarini ezgulikka undab oʻtiradi, umrdoshi Bikajon opa bilan  farzandlarining kamolidan quvonib yashaydi.

Inson uchun oʻzining bosib oʻtgan hayot yoʻlidan mamnuniyat bilan yashamogʻi – ulkan baxt. Ana shunday baxtga erishgan Jumaboy Boltaboyevni sohamiz xodimlari uchun ulkan shodiyona  - 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan qutlab, uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qolamiz.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019