12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 23:19
Fan va taʼlim 👁 5,192

TERAN ILDIZLARDAN KUÇ OLAYoTGAN AVLOD

TERAN ILDIZLARDAN KUÇ OLAYoTGAN AVLOD

Bizning xalqimiz neça-neça asrlardan beri öz buyukligini, öziga xosligini, madaniyatini saqlab, rivojlantirib kelgan. Köhna özbek zamini jahon tamadduniga ulkan hissa qöşgan buyuk allomalari, fozil-fuzalolari, dunyoga maşhur şoirlari va hofizlari bilan  maʼlum va taniqlidir. Yillar davomida ajdodlarimiz aqlu zakosi ila ilm-fan, adabiyot bilan bir qatorda sanʼat va tasviriy sanʼat ham taraqqiy etib kelganki, bu borada yaratilgan mumtoz namunalar hozirgi kunda ham  öz qadrini yöqotmay, ijro etib kelinmoqda, yangi-yangi namunalar bilan boyib, dunyo ahlining diqqat-eʼtiborini öziga jalb qilmoqda.

Yurtimizda qöşiqçilik va raqs sanʼati ajdodlarimizning hayotidan muqim örin olganligi haqidagi ilk maʼlumotlar Avestoda ham borligini inobatga olsak, sanʼatimizning  ildizlari neçoğlik teran va çuqur ekanligini anglaşimiz mumkin.

Mustaqilligimizning ilk yillaridan boşlab yoşlar taʼlim-tarbiyasiga eʼtibor davlat siyosati darajasiga kötarildi. Ularning intellektual  salohiyatini yuksaltiriş, qobiliyatini  namoyon etişiga şart-şaroitlar yaratiş va rağbatlantiriş maqsadida taʼlim-tarbiya muassasalari qatori Bolalar-ösmirlar sport maktablari, musiqa va sanʼat maktablarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi, bolalarning sport, sanʼat bilan şuğullanişlari va iqtidorini rivojlantirişlari uçun şaroitlar yaratildi. Natijada ohangi har qanday yuraklarni ham zabt eta oladigan dilrabo  kuy-qöşiqlari bilan  dunyoga tanilgan atoqli sanʼatkorlarimiz anʼanalarini işonçli davom ettira oladigan isteʼdodli yoşlar voyaga yetmoqda.

Bugungi kunda yurtimizning har bir bolasi maktabda öqişdan böş vaqtlarida özi istagan turli tögaraklarda sport bilan, musiqa va sanʼat bilan şuğullanişi uçun imkoniyatlar  bor. Birgina bizning tumanimiz misolida olib qaraydigan bölsak, Bolalar-ösmirlar sport maktabi, 2 ta Bolalar musiqa va sanʼat maktabi  va ularning filiallari, joylardagi Madaniyat va aholi dam oliş maskanlaridagi tögaraklar şu maqsadlarga xizmat qilmoqda.

Avval tuman Madaniyat va sport işlari bölimi tasarrufida bölib, 1998-yildan mustaqil maktab maqomini olgan 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi qator yillar moslaştirilgan binoda faoliyat olib bordi. 2013-yilda esa ikki qavatli, zamonaviy uslubda qurilgan muhtaşam yangi binoga köçib ötdi. Maktab hududidagi kökalamzor maydon öquvçilarning maşğulotlardan böş vaqtlarida maroqli dam olişlarini taʼminlaydi.

Qipçoq ovuli va unga yaqin ovul, mahallalar yoşlarining har tomonlama yetuk insonlar bölib kamol topişiga hissa qöşiş, öquvçilarning böş vaqtlari mazmunli, maqsadli taşkil etilişiga kömaklaşiş, ularning ijodiy musiqiy qobiliyatlarini rivojlantiriş va kasb-hunarga yönaltiriş maqsadida faoliyat olib borayotgan maktabda bolalarga 8 ta - fortepiano, xalq çolğulari, puflab çalinadigan çolğular, torli kamonli çolğular, bayan-akkordeon çolğular, anʼanaviy  xonandalik va çolğu, tasviriy sanʼat va amaliy sanʼat yönalişlarida saboq berilmoqda.

Maskanda sanʼatga oşufta 167 nafar  bolalarga 53 nafar malakali murabbiylar musiqa va sanʼat sirlarini örgatib, iqtidorlarini rivojlantirişga muvaffaq bölişmoqda.

- Aslida  qobiliyatsiz bolaning özi yöq. Biz murabbiylarning burçimiz ota-onalar bilan hamkorlikda ulardagi yaşirin  şu xislatni anglay olişimiz va yuzaga çiqarişimizdir.

Baʼzi ota-onalar öğil-qizini bizga olib kelib, falon yönalişda öqiting, deya söraşadi. Sinov maşğulotlarida esa bolaning boşqa yönalişga iqtidori kuçli ekanligi ayon böladi. Yönalişlarga öquvçilarni töğri yönaltira olganimiz yutuqlarimizga asos  bölayotir, - deydi musiqa va sanʼat maktabi direktori Nuraddin Yoqubov.

Ha, muassasa tarbiyalanuvçilari orasida öz sanʼatini nufuzli davralarda, umumxalq sayllarida namoyiş etib, elimizning olqişini olayotganlari köpçilikni taşkil etadi. Şuningdek, yoş iqtidorlarni aniqlaş maqsadida har yili ötkazilib kelinayotgan anʼanaviy tanlovlarda ham munosib iştirok etib kelişmoqda. Bu borada keyingi yillardagi körsatkiçlarga nazar solişning özi kifoya. Xususan, 2014-yilda M.Qoriyoqubov nomidagi körik-tanlovning Qoraqalpoğiston bosqiçida Mahkam Örozboyev birinçi, Otabek Yöldoşev birinçi, Temur Kamolov ikkinçi, Malohat Sultonova ikkinçi örinlarni egallaşgan bölsa, yakuniy - mamlakat bosqiçida Mahkam Örozboyev uçinçi, Otabek Yöldoşev birinçi örinlarni qölga kiritişdi.

2015-yilda ötkazilgan ijodiyot tanlovida Dostonbek Tilovmurodov anʼanaviy aşula ijrosi böyiça, Xudoyor Turkmanboyev estrada yönalişida ijro etgan qöşiği uçun Qoraqalpoğistonda birinçi örinlarni yengib oldilar. Şuningdek, Dostonbek Tilovmurodov "Sanʼat ğunçalari” körik-tanlovining mamlakat bosqiçida fleytada kuy ijro etib, uçinçi öringa munosib topildi. Şamsiddin Bekişboyev tasviriy sanʼat yönalişi böyiça, Ozoda Boltaboyeva zardözlik böyiça Bolalar musiqa va sanʼat maktablari öquvçilarining Respublika tanlovida qatnaşib, ikkinçi, uçinçi  örinlarni egalladilar. Joriy yilning 25 martida Bolalar musiqa va sanʼat maktablari öquvçilarining M.Aşrafiy nomli akademik va estrada ijroçilik Respublika tanlovida ham muassasa öquvçilari muvaffaqiyatli qatnaşdilar. Ilhom Karimov birinçi, Eldor Yusupov birinçi, Ahmadjon Qöşmonov ikkinçi, Dostonbek Tilovmurodov uçinçi, Nodirboyek Soliboyev uçinçi, Sanjar Tursunboyev uçinçi örinlarga loyiq topildi.

Şuningdek, 2016 yil aprel oyida Sayyora Safarboyeva "Vatan” qöşiğini ijro etib, ijodkor öquvçilarning Qoraqalpoğiston Respublika tanlovida ikkinçi örinni egalladi. Mamlakatimiz miqyosida ötkazilgan "Sanʼat ğunçalari” xalqaro tanlovida Dostonbek Tilovmurodov fleytada kuy-ijro etib, uçinçi örin sohibi böldi.

- Mazkur tanlovlar öquvçilarimizning iqtidorini baholaş bilan birga ularni yana  ham oldinga intilişga, öqib-örganib, qobiliyatini rivojlantirişga undayotgani bilan ham ahamiyatlidir, - deydi muassasa direktori örinbosari Davronbek Örozboyev.

Ha, bola misoli bir nihol. Birgina niholni parvarişlab voyaga yetkazişga boğbonning qançalik mehri, mehnati zarur. Ösib kelayotgan yoş avlod qalbiga ajdodlarimizdan meros mumtoz kuy-qöşiqlarimiz, aşulalarimiz va raqslarimizga mehr uyğotib, bu bebaho merosimizni avaylaşga örgatiş, maromiga yetkazib ijro etişlariga erişiş qançalik maşaqqatli ekanligini hamma ham his qilavermaydi. Biroq maktab öquvçilarining kontsertlarini tomoşa  qilgan kişi ularning afğon rubobi, qöşnay, doira, dutor kabi çolğu asboblari qatori skripka, klarnet, fleyta, fortepiano, violonçel, bariton kabi murakkab çolğu asboblarida ham maromiga yetkazib kuylar ijro etişayotganiga guvoh böladi.

Maktabda öquvçilarning bir emas, bir neça yönalişda ijodiy qobiliyatlari yuzaga çiqarilayotir.

- Bir yönalişni mukammal  egallaş uçun bir neça yönalişni  biliş kerak, - deydi bu haqda tajribali öqituvçi Baxtiyor Jölliboyev. – Aytaylik, aşulani maromiga yetkazib ijro qilaman, deb niyat qilgan bola albatta, çolğu asbobida şu aşula kuyini çala olsa, yaʼni aşulasi kuyini çuqur his qila olsa, ijrosi muvaffaqiyatli çiqadi.


Hozir kör-körona, har bir  xonandaning ijrosidan bir qöşiq yodlab, davralarda aytib, artistman, deb yurganlar köp. Ularning yöli qisqa ekanligini hayot isbotlamoqda. Haqiqiy ijro uçun avvalo şu sohadagi bilimni çuqur egallaş kerak.

Maktab öquvçilarining xalq ijodiyotining eng sara namunalaridan bölgan Xorazm maqomlari, maqom yöllarida yaratilgan mumtoz kuy va aşulalarni, şuningdek dostonlarni ijro etişga bel boğlaganlari va baholi qudrat uddasidan çiqayotganlari kişini quvontiradi. Mazkur maskan baxşiçilik sinfi öquvçisi Jahongir Safarboyev ijrosida "Ğarib oşiq va Şohsanam” dostonidan "Na boğ bildi, na boğboni” aşulasini tinglagan kişi hali 10 yoşlar atrofidagi bolaning Xorazm dostonçiligidagi öynoqi, xalqona ohangda çalgan musiqasiga, musiqaga mos aşula ijrosiga tan bermay iloji yöq. Rubobda aşula kuyini mohirona çalişi, kuyga uyğun aşula ijrosi kişini öziga rom etadi, kelajagiga işonging keladi. Uning tengdoşi Xudoyor Turkmanboyev ijrosidagi "Vatan” qöşiği özimiz tuğilib ösgan, umrguzaronlik qilayotganimiz şu aziz Vatanimizni butun boriça köz öngimizda gavdalantiradi, vohamizga xos boy va rang-barang sanʼatni ardoqlab, eʼzozlab, maromiga yetkazib xalqimizga taqdim etişga qodir bölgan ijroçilar avlodi voyaga yetayotganidan darak beradi va har birimizga quvonç bağişlaydi. Çunki sanʼat xalqniki, hammamizniki.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026