ORASTALIK – QIZLAR KÖRKI
Azal-azaldan özbek xalqi saranjom-sariştalik, orastalik, tozalikka amal qilişi bilan alohida ajralib turadi.
Har bir oilaning fayz-u tarovati, orastaligi oila aʼzolarining odobi, xulq-atvorini ham belgilab beruvçi mezon hisoblanadi.
Orastalik sözining maʼnosi juda keng bölib, tabiatan doimo tozalik, pokizalik va gözallikka intilib kelayotgan insonlarning istagini ham anglatadi.
Şaxsiy gigiyena qoidalari inson tanasining har jihatdan toza bölişini taqozo etsa, oiladagi umumiy gigiyenaga doir bilimlar hayotiy könikmalarni şakllantira borib, tibbiy madaniyatni, maʼnaviyatni tarbiyalaydi.
Soğlom turmuş tarzi qoidalariga amal qiliş kelajakda oilaviy hayotga tayyor böliş va salomatlikni asrab qolişni taʼminlaydi. Inson soğlom ekan, u yaxşi yaşaydi, orzulariga yetişadi, köp imkoniyatlarga ega böladi, hayoti gözal va farovon keçadi.
Demak, soğlom turmuş tarziga amal qilgan odam nafaqat özi va oilasiga, balki jamiyatga ham katta foyda keltiradi.
Tumanimizdagi har bir maktabda bölganidek, bizning 38-sonli maktabimizda ham "Orasta qizlar” tögaragi mavjud. Bu tögarakka maktabimizning 8-9-sinflari qizlari jalb etilgan. Tögaragimizga maktab boşlanğiç xotin-qizlar taşkiloti raisi Saodat opa Gulmonova boşçilik qiladi. Haftaning har juma kuni maşğulotlar böladi. Unda "Erta turmuşning salbiy oqibatlari”, "OITS kasalliklari va undan himoyalaniş”, va "Qizlarning reproduktiv salomatligi” kabi bir qator muhim mavzular yuzasidan suhbatlar ötkaziladi.
Maktabimiz orasta qizlari tumanimizda ötkazilgan "Orasta qizlar” körik-tanlovida faxrli 1-örinni, Respublika bosqiçida 2-örinni egalladilar.
Iroda YeRDOŞEVA,
38-sonli maktab
öquvçisi.
(Foto - http://old.wcu.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶