SPORT – TURMUŞ TARZIMIZGA SINGIB BORMOQDA
Yoş avlodni soğlom va barkamol qilib voyaga yetkazişda jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati katta. Şu boisdan-da keyingi yillarda ösmir-yoşlarni jismonan çiniqtiriş, soğlom bölib ulğayişlariga erişiş maqsadida mazkur sohaga eʼtibor kun sayin kuçaytirilmoqda. Ayniqsa maktab öquvçilari uçun uç bosqiçda "Umid nihollari”, örta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va akademik litsey öquvçilari uçun "Barkamol avlod”, oliy taʼlim muassasalari talabalari uçun "Universiada” musobaqalarining ötkazilayotganligi sportning ommalaşişiga va ösmir-yoşlar, talabalar orasidan iqtidorli sportçilarning yetişib çiqişiga asos bölmoqda.
Hozirgi kunda tumanimizning qaysi bir taʼlim muassasasiga bormang, zamonaviy uslubda qurilib, jihozlangan qişki va yozgi sport zallarini, maydonçalarini körasiz. Va ular bolalarning haqiqiy sport mahoratini oşirişiga va çiniqişiga xizmat qilayotganiga guvoh bölasiz.
Keyingi yillarda tumanimizda 6 ta mini futbol maydonçasi qurilib, foydalanişga topşirilgani sportning şu turiga qiziquvçilar uçun ayni muddao böldi va mini futbol rivojlanişiga asos bölayotir.
Bulardan taşqari ötkazilayotgan mahallalararo musobaqalar, turli sanalarga bağişlab ötkazilayotgan musobaqalar ham sportning ommalaşuviga hissa qöşayotir.
Ayniqsa, "Otam, onam va men sportçi oilamiz”, "Mahallamiz pahlavonlari”, "Quvnoq startlar” kabi musobaqalarning doimiy ötkazib kelinayotganligi sport işqibozlarini tobora köproq jalb qilmoqda.
Qisqa qilib aytganda, bugungi kunda sport – xalqimizning turmuş tarziga tobora singib bormoqda va bu salomatlikni saqlaşga xizmat qilayotganligi bilan juda ahamiyatlidir.
Men bundan sport faxriysi sifatida juda quvonaman va yoşlarimiz yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, ulkan yutuqlarni qölga kiritaverişlarini tilab qolaman. Bizga mana şunday imkoniyatlarni bergan mustaqilligimizning 25 yilligi barça yurtdoşlarimizga qutluğ bölsin!
Baxtiyor RAJABOV,
sport faxriysi.
(Foto - http://xs.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶