BUĞDOYGA ÖROQ TUŞDI
Ziroatçilik – xalqimizning tirikçilik manbalaridan biri, ota meros kasbidir, asosiy boyligi, rizq-nasibasi, könglini nurafşon qiladigan faxridir. Şu boisdan-da dehqonçilikdagi har bir yutuq – şijoat-fidokorlikning şirin mevasi doim ham hammamizni birday quvonçga belaydi.
Ayni kunlarda buğdoy dalalarida dasturxonimiz körki, bebaho neʼmat - nonimizning möl bölişidan darak berib, oltinday tovlanib turgan böliq buğdoy boşoqlari qalblarimizga faxr bağişlaydi.
Tumanimizda ötgan yilning kuzida 2800 gektarmaydonga buğdoy ekilgan edi. Mazkur maydonlardan töliq nihol undirib oliş uçun amalga oşirilgan çora-tadbirlar öz natijasini berdi. Unib çiqqan buğdoy nihollari öz vaqtida oziqlantirilib suğorilib borilganligi tufayli möl hosil yetiştirişga erişildi.
Qutluğ işlar boşida kengaşib, maslahatlaşib oliş xalqimizning azaliy udumlaridandir. Otameros anʼanalarga sodiq dehqonlarning buğdoy örimiga bağişlangan respublika körgazmali seminar kengaşi şu yilning 10-iyunida tumanimizdagi "Beşboyev Qurbonğali” fermer xöjaligida bölib ötdi.
Körgazmali seminar kengaşga Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengaşi raisi M.Yerniyozov, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasidan Respublikaga biriktirilgan vakil Ş.Teşayev, Qoraqalpoğiston Respublikasi Qişloq va suv xöjaligi Vaziri S.Xöjametov, tuman hokimi R.Yöldoşev, qişloq xöjaligiga xizmat körsatuvçi korxonalar, taşkilotlar rahbarlari, fermerlar iştirok etdilar.
Tadbirda joriy yilda halol va fidoyi mehnatlar evaziga yetiştirilgan buğdoy hosilini nes-nobut qilmay örib-yiğib davlat xirmoniga topşiriş, şu maqsadda mavjud örim kombaynlaridan unumli foydalaniş, buğdoy hosilining isrof bölişiga yöl qöymaslik kabi masalalar muhokama etildi.
Boşoqlari hosil salmoğidan egilib turgan dala boşida yilning buğdoy xirmoniga oq fotiha berildi. Ezgu niyatlarning ijobat bölişidan yaratilajak 6555 tonnalik yuksak buğdoy xirmonidan darak berayotganday örim kombaynlari şiddat bilan işga kirişib ketdi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶