28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 14:33
Jamiyat 👁 360

«Litsenziya» axborot tizimi ishga tushdi!

«Litsenziya» axborot tizimi ishga tushdi!

License.gov.uz- Litsenziyalash va ruxsatnoma olish sohasida interaktiv xizmatlar koʻrsatish uchun "Litsenziya" axborot tizimlari majmuasidir.

Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish hamda byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish orqali tadbirkorlik subʼektlari faoliyati uchun yanada keng shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-avgustdagi "Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-6044-sonli Farmoniga asosan "Litsenziya" axborot tizimi ishga tushirildi.

«Litsenziya» axborot tizimi quyidagi imkoniyatlarga ega:

litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtish borasida:

litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish yoki amal qilish muddatini uzaytirish uchun ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlarni topshirish, QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan elektron litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish;

vakolatli organlar tomonidan arizalarni koʻrib chiqish hamda litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish yoki berishni rad etish haqida qarorlar qabul qilish;

faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida vakolatli organni xabardor qilish uchun xabarnomalar yuborish va xabarnoma qabul qilinganligi toʻgʻrisida tasdiqnomalar olish;

arizani koʻrib chiqish uchun davlat boji, yigʻim va barcha turdagi toʻlovlarni Yagona billing tizimi orqali elektron toʻlash;

  • litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilishini toʻxtatib turish va bekor qilish haqidagi arizalarni qabul qilish va koʻrib chiqish;
  • Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini amalga oshirishda vakolatli organlarning oʻzaro hamkorligi borasida:
  • boshqa vakolatli organlardan qoʻshimcha hujjat va maʼlumotlarni olish hamda ular bilan kelishishni «bir darcha» tamoyili asosida tadbirkorlik subʼektining ishtirokisiz mustaqil ravishda amalga oshirish;

         berilgan litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning hamda xabarnoma yuborgan tadbirkorlik subʼektlarining avtomatlashtirilgan reyestrlarini yuritish;

         litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarga hamda xabarnomalarga aloqador maʼlumotlarni tegishli idoralarning maʼlumotlar bazasi orqali avtomatik tarzda tekshirish;

  • litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar hamda xabarnomalarga tegishli boʻlgan talab va shartlarning bajarilishini monitoring qilish borasida:

litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar hamda xabarnomalarga doir talab va shartlarga rioya etilishi ustidan vakolatli organlar tomonidan masofaviy nazoratni amalga oshirish;

davlat xizmati koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish;

litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar hamda xabarnomalar bilan bogʻliq harakatlar, shu jumladan bekor qilish va toʻxtatib turish boʻyicha vakolatli organlar tomonidan sud va boshqa idoralarga murojaat qilish;

arizalarni koʻrib chiqish, litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yohud berishni rad etish, uning amal qilishini toʻxtatib turish haqidagi qarorlar ustidan jamoatchilik nazoratini joriy etish, shuningdek, tegishli faoliyat bilan litsenziyasiz yoki boshqa ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz yohud xabarnoma yubormasdan shugʻullanish hamda belgilangan talab va shartlarni buzish holatlari haqida toʻgʻridan-toʻgʻri joylashish nuqtasini koʻrsatgan holda maʼlumot berish;

vakolatli organlarning avtomatik shakllantiriladigan reytingini yuritish;

vakolatli organlar tomonidan berilgan litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning hamda xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatlarning xususiyatidan kelib chiqib, jismoniy va yuridik shaxslarning faoliyati (harakati) davomida nazorat qilishning aniq mezonlarini belgilagan holda «xavfni tahlil etish» tizimini joriy qilish.

Oʻzbekiston  Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevral kungi 88-son Qaroriga asos Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizom qabul qilindi. Qarorga muvofiq License.gov.uz axborot tizimi orqali 26 ta faoliyat turlarining tartiblarini nazarda tutuvchi pasportlar tasdiqlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevral kuni 80-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi  Qarori qabul qilindi.

Qarorning 1-ilovasi bilan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida yagona nizom tasdiqlandi.

Ruxsat etish xususiyatiga ega xujjatlarni olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va "Litsenziya" axborot tizimidan foydalanish mumkin.

Qaror bilan ruxsat etish xususiyatiga ega 28 ta hujjat pasportlari tasdiqlandi.

Jismoniy va yuridik shaxslar yoki ularning nomidan ish yuritish vakolatiga ega boʻlgan shaxs oʻz elektron raqamli imzosidan foydalangan holda shuningdek talabgor — jismoniy shaxslar uchun ERI oʻrniga Mobil-ID tizimidan ham foydalanish mumkin, litsenziya olishi yoki faoliyatni boshlashi uchun «Litsenziya» axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida roʻyxatdan oʻtadi hamda faoliyatning litsenziyalanadigan turini, shu jumladan, har bir kichik turini tanlab, elektron shaklda ariza toʻldiradi.

"Litsenziya" axborot tizimidan foydalanish jismoniy va yuridik shaxslarning vaqtini tejashi bilan bir qatorda xujjatlarning qisqarishi ovoragarchiliklarning boʻlmasligiga olib keladi.

Jismoniy va yuridik shaxslar oʻz faoliyatlarini boshlashda vakolatli organni xabardor qilishi, litsenziyalanadigan faoliyat turlari bilan shugʻullanishlari uchun vakolatli organlarga bormasdan "Litsenziya" axborot tizimidan foydalanish imkoniyati  yaratilgan boʻlib, tizim orqali zarur maʼlumotlar va xujjatlar vakolatli organga yuboriladi va natijasi boʻyicha maxsus xujjatlari tizim orqali ariza beruvchiga  yuboriladi.

Endlikda "Litsenziya" axborot tizimi foydalanuvchilariga yanada qulaylik yaratish maqsadida iOS va Android mobil ilovalari orqali xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratildi.

Ushbu mobil ilovalar orqali litsenziyalash va ruxsat berish hujjatlarini olish uchun ariza berish, kabinet orqali tashkilotga tegishli boʻlgan litsenziya va ruxsat berish hujjatlari boʻyicha maʼlumotlarni olish, litsenziyalar reyestridan maʼlumotlar izlash va yana boshqa imkoniyatlardan foydalanish joriy etildi.

Umida Saparbayeva, Amudaryo tumani Adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazi boʻlim boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026