IŞIMIZDA BARAKA BÖLADI
2011-yilning 3-yanvaridan eʼtiboran Manğit şahrida bizning "Asia Silk” Vetnam şöʼba korxonamiz işga tuşirilib, özining dastlabki mahsulotlarini işlab çiqara boşladi. Bundan oldin 80 nafar kişi Namangan va Urganç şaharlaridagi ipakçilik öquvişlab çiqariş korxonalarida öqitilib, işlab çiqariş könikmalari hosil qilingan edi. 2011-yil davomida 90 tonna quruq pilla xom aşyosi qayta işlanib, 36 tonna xom ipak mahsuloti tayyorlandi va buyurtmaçi sanoat korxonalariga jönatildi. 2012-yilda ham şu taxlit iş maromi amalga oşirildi. Lekin yil davomidagi barça iş kunlarida mahsulot işlab çiqarildi, deya olmaymiz. Çunki pilla xom aşyosi yetişmovçiligi tufayli köp iş kunlarida dastgohlar behuda turib qoldi. Vaholanki, bizning dastgohlarimizning işlab çiqariş quvvatlari yil davomida 250 tonna quruq pilla xom aşyosini qayta işlab, 60 tonnadan 70 tonnagaça xom ipak mahsuloti işlab çiqarişga möljallangan.
Bu yilgi pilla hosilining möl bölganligi bizni ham quvontirmoqda. Eng muhimi, dastgohlarimiz töla quvvatlarda işlaşi taʼminlanib, mahsulot işlab çiqarişdagi uzilişlar barham topadi va işimizda baraka böladi.
Yoqubjon TÖRAYeV,
"Asia Silk” Vetnam şöʼba korxonasi direktori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶