Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining yigirma toʻrtinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOROT
Shu yilning 11-oktyabr kuni xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining yigirma toʻrtinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Sessiyada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi D.Nazarmuhamedov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi M.Yerniyazov, tumanimizdan saylangan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatlari, tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimligi masʼul xodimlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, muassasa, korxona va tashkilotlar xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Sessiya kun tartibiga tashkiliy masala hamda tuman Kengashi vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar havola qilindi.
Sessiya kotibi etib 9-sonli Amir Temur saylov okrugidan deputat M.Saʼdullayev saylandi.
Kun tartibidagi dastlabki masala yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi M.Yerniyazov soʻzga chiqib, Amudaryo tumani Respublikada eng ilgʻor tumanlardan biri boʻlib kelayotganini, bu ishlarda tumanning sobiq hokimi, marhum Rajabboy Yoʻldoshevning xizmatlari katta ekanligini taʼkidlab oʻtdi va Yoʻldashev Sultonboy Rajapbayevichni tuman hokimi lavozimiga tayinlash haqidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining farmoyishini oʻqib eshittirdi.
"Nuroniy” jamgʻarmasi Amudaryo tuman boʻlimi raisi B.Allaberganov, "Barkamol avlod” bolalar markazi direktori X.Rajabova, 5-sonli Beruniy saylov okrugidan deputat, 40-sonli maktab direktori S.Xoʻjamuratovalar soʻzga chiqib, kun tartibidagi masala boʻyicha fikr-mulohazalarini bayon qildilar va nomzodni bir ovozdan qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildilar.
Yoʻldashev Sultonboy Rajapbayevichni Amudaryo tumani hokimi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining farmoyishi ovozga qoʻyildi va bir ovozdan tasdiqlandi.
Amudaryo tumani hokimi S.Yoʻldashev soʻzga chiqib, tumanimizni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, aholining turmush farovonligini yanada oshirish yoʻlida fidoyilik bilan ish olib borishini maʼlum qildi.
Sessiyada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi D.Nazarmuhamedov soʻzga chiqib, Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov boshlab bergan islohotlar Amudaryo tumanida hayotga izchil tatbiq qilinayotganini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh.Mirziyoyevning Amudaryo tumaniga alohida eʼtibor bilan qarashini aytib oʻtdi va tumanning yangi hokimi S.Yoʻldashevning ishlariga omad tiladi.
Shuningdek, sessiyada "Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining 2016-yil 10-oktyabrdagi 97-B-sonli "B.A.Ernazarovni Amudaryo tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida”gi farmoyishini tasdiqlash haqida”gi, "Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining 2016-yil 10-oktyabrdagi 93-B-sonli "U.Ya.Polvanovni Amudaryo tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari etib tayinlash toʻgʻrisida”gi farmoyishini tasdiqlash haqida”gi hamda "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalari aʼzoligiga nomzodlar tavsiya qilish toʻgʻrisida”gi masalalar muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.
Tuman hokimligining axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶