Amudaryo tumani hokimi Yoʻldashev Sultonboy Rajapbayevich
Yoʻldashev Sultonboy Rajapbayevich 1978-yilda Amudaryo tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek, maʼlumoti oliy. 1999-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini, 2001-yilda Toshkent moliya instituti magistraturasini agromuhandis, 2009-yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini davlat moliyasini boshqarish mutaxassisliklari boʻyicha tugatgan. Iqtisod fanlari nomzodi.
Mehnat faoliyatini 2001-yilda "Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” aktsiyadorlik lizing kompaniyasi Toshkent viloyati filialida yetakchi mutaxassis boʻlib ishlashdan boshlagan. 2006-2008-yillarda "Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” aktsiyadorlik lizing kompaniyasi Toshkent viloyati filiali boʻlim boshligʻi – direktor oʻrinbosari, keyinchalik filial direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi, 2009-2010-yillarda "Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” aktsiyadorlik lizing kompaniyasi Toshkent viloyati filiali boʻlim boshligʻi – direktor oʻrinbosari, 2010-2014-yillarda "Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” aktsiyadorlik lizing kompaniyasi hisob-kitob, kredit operatsiyalari departamenti boshligʻining oʻrinbosari hamda ushbu departament boshligʻi lavozimlarida ishlagan.
2014-yildan Toshkent davlat agrar universiteti qoshidagi Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti ilmiy tadqiqot institutining katta ilmiy xodimi boʻlib mehnat qilgan.
S.Yoʻldashev 2016-yil 11-oktyabr kuni boʻlib oʻtgan xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining yigirma toʻrtinchi sessiyasida Amudaryo tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶