29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 16:53
Siyosat 👁 3,800

Saylovga tayyorgarlik yuzasidan seminar oʻtkazildi

Saylovga tayyorgarlik yuzasidan seminar oʻtkazildi

Xalqimiz hayotida muhim ahamiyaga ega siyosiy jarayon –Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuniga juda qisqa vaqt qoldi. Joylarda saylov kampaniyasini jipslik bilan, yuksak saviyada, adolat tamoyillari, Markaziy saylov komissiyasi qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Konsititutsiyasi hamda saylov toʻgʻrisidagi qonuniy meʼyorlar asosida oʻtkazish maqsadida tayyorgarlik ishlari avj pallaga kirdi. Tumanimizda ham bu muhim siyosiy jarayonni uyushqoqlik bilan oʻtkazish, barcha saylov uchastkalari ishini namunali tashkil etishga alohida ahamiyat berilmoqda.

Shu maqsadda 2016 yil 19-oktyabr kuni tumanimizdagi Amudaryo agrobiznes  kasb-hunar kolleji binosida saylovga tayyorgarlik koʻrish va koʻtarinki ruhda oʻtkazish, saylovoldi targʻibot va tashviqot ishlariga bagʻishlangan koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi. Koʻrgazmali  seminar ishida tuman hokimining oʻrinbosarlari, sohalar boʻyicha yetakchi mutaxassislar, uchastka saylov komissiyalari raislari va kotiblari, idora va tashkilotlarning rahbarlari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, umumtaʼlim maktablari direktorlari, tumanimiz hududida tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga saylov oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining raislari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

Koʻrgazmali seminar ishtirokchilari dastlab Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kolleji binosida joylashgan 130-saylov uchastkasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, mazkur saylov uchastkasining bezatilishi, zarur jihozlar bilan taʼminlanganlik darajasi, saylovga tayyorgarlik  koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq ishlar, belgilangan chora-tadbirlar boʻyicha maxsus tayyorlangan jadvallar, devoriy gazetalar, davlatimiz ramzlarining joylashtirilishi, saylov kunining yaqinlashayotganini aniq koʻrsatib turuvchi taqvim,  saylov uchastkasi hududidagi jami saylovchilar va birinchi marta saylovda ishtirok etayotgan yoshlar haqidagi maʼlumotlar bilan yaqindan tanishdilar.

 Tuman hokimligining tashkiliy-nazorat gruhi rahbari Bahodir Boltaboyev koʻrgazmali seminar kengash ishtirokchilariga har bir saylov uchastkasida saylovchilarning emin-erkin oʻz fuqarolik burchlarini ado etishlarini taʼminlash maqsadida uchastka saylov komissiyalarining masʼullari zimmasidagi vazifalar yuzasidan zarur tushunchalar berdi.

Shundan soʻng koʻrgazmali seminar ishtirokchilari 130-saylov uchastkasida saylovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar. Namunali jihozlangan onalar va bolalar xonasi, barcha qulayliklarga ega tibbiyot xonasi, maʼnaviyat va maʼrifat xonalarini borib koʻrdilar. Ayniqsa, maʼnaviyat va maʼrifat xonasidan zamonaviy axborot texnologiyalari, rasmiy hujjatlar, adabiyotlar hamda mamlakatimizda va tumanimizda chop etiladigan ijtimoiy-siyosiy nashrlar joy olganligiga alohida ahamiyat berdilar.

Ishtirokchilar mazkur saylov uchastkasi faoliyati bilan yaqindan tanishganlaridan soʻng  Agrobiznes kasb-hunar kollejining majlislar xonasida tumanda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuniga tayyorgarlik koʻrish va bu muhim siyosiy jarayonni muvaffaqiyatli oʻtkazishga bagʻishlangan koʻrgazsali seminar kengashi oʻz ishini davom ettirdi.

Seminarda saylov uchastkalarini huquqiy va moddiy-texnik darajada tayyor holga keltirish, ushbu muhim siyosiy jarayonni milliy saylov qonunchiligimizda mustahkamlab qoʻyilgan tenglik, oshkoralik va adolat tamoyillari asosida yuqori saviyada oʻtkazishni taʼminlash yuzasidan fikr almashildi.

Koʻrgazmali seminar kengashda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev ishtirok etdi va nutq soʻzladi.

Tuman hokimligining axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026