BAHOR SALOMI
Bu olamda inson zoti bor ekan, nimanidir
kutib, unga intilib yaşaydi. Ertagi kunimizdan benihoya umidlar qilamiz. Xuddiki,
erta bugungi kunimizdan ham yoruğroq kelar, degan niyatda. Umrning past-u baland
söqmoqlarida mana şu baxt ulaşuvçi kun uçungina sabr-bardoşli bölib, dadil
qadam taşlaymiz. Bir kam dunyoning taşvişlari boşimizni gangitib qöygan
paytlarda ham mana şu kutayotgan lahzalarimizni öylasak, bu dunyoning
ötkinçiligini unutganday bölamiz. Xöş, uşbu tariflaşga til ojiz bölgan kunning
sehrli onlarining qanday qudrati borki, inson öşa kezlarni öylasa, xuddi
yangidan tuğilgan çaqaloqdek his qiladi özini.
Va qiziqarlisi şuki, bu qaysi kun?! Bir
fikrlab köraylik-a!!? Bu - BAHOR. Yoş-u qarining orziqib kutgani - BAHOR. Yaşariş
fasli kirib kelişi bilan daraxtlar xuddi gödak onasiga talpingandek, BAHORning
quçoğiga özini uradi. Köklam ham ona farzandiga mehr körsatgani kabi mayin
köllari ila daraxtlarning boşini silab rostmana uyğotadi. Iliq tafti ila uning
közlarini oçib, gözal hayotga kulib boqişga undaydi. Butun borliqqa baxmal gilam
yoyadi. Quşlar özlarining soğinçli qöşiqlarini jör bölib kuylab, kişini maftun
qiladi. Butun olam betakror çiroy oçadi, inson qalbini xayajonga soluvçi ifor
taratib turadi. Naqadar maftunkorsan BAHOR!
Şu
sababdan bölsa kerak, BAHOR faslida bayramlar köp va xöp. Olamni munavvar
qilguvçi, taʼrifiga til ojiz bölgan munis ayollar bayrami, qadim zamondan milliy
urf-odat va anʼanalarimizni özida mujassam etgan NAVRÖZI OLAMning, ayniqsa,
örni bölak. Doşqozonlarda biqirlab qaynayotgan sumalak elimiz tinçligidan,
oilamiz birdamligidan, dasturxonimiz tökin, turmuşimiz farovonligidan darak
beradi.
BAHORning
xuşböy iforidan töyib-töyib nafas olgan kişining hayotga bölgan işonçi, umidi
yanada ortib boradi. Beğubor bolalikning şöx-quvnoqligini, beğuborligini osmon
uzra parvoz qilayotgan varraklar timsolida köramiz.
Ey, Ona
zamin, ey mustaqil diyorim, mehnatkaş xalqim! Uşbu yangilaniş, yaşariş fasli
bölmiş BAHOR sizga muborak bölsin! Qalbimizni şukronalik, bir-birimizga bölgan
BAHORning taftidek iliq mehr-oqibat heç qaçon tark etmasin.
Salomat KARIMOVA,
NDPI talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶