BAHOR — ONALAR FASLI!
Derazamni oçdim tong sahar,
Mart havosi töldi xonamga.
Silaganda yuzim sabolar,
Öxşab ketdi munis onamga.
Iliqqina mehr taftidan,
Yuragimda uyğondi soğinç.
Xayolimda tuydim dafʼatan,
Bahoriy his, yoqimli ovunç.
Şu yoqimli ovunç hamrohim,
Har bahorda dilim allalar.
Yodga tuşar baxtli onlarim –
Onam bilan keçgan pallalar...
Soğinaman onajonimni,
Bahordayin qaytib kelsaydi.
Mart kelganda xonadonimni,
Bahor bölib kezib yursaydi...
Bahor asli – ONAlar fasli,
Yaşnatuvçi jumla jahonni.
Gulga örab odamzot naslin,
Uyğotguvçi mudragan jonni.
Axir udir bolam, deb giryon,
Oilam, deb yaşar jonsarak.
Bahordayin çarx urib har yon,
Ezguliklar yölida halak!
Yoningizda onangiz bormi?
Demak, baxt tojin kiyibsiz.
Va oralab mehr gulzorin,
Haroratli taftin tuyibsiz.
Şul mehrni içing sipqorib,
Onangizni kötaring boşga.
Vujudingiz nurlarga qorib,
Singib yaşang öşal QUYoŞga!
ROBIYa.
Rasm sunʼiy intellekt tomonidan çizilgan.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶