14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 14:07
Adabiyot 👁 3,504

“HAYoTGA QAYTISh”

“HAYoTGA QAYTISh”

Umida nari-beri tushlik qilgan boʻldi-yu, kiyimlarini oʻzgartirib, xonasining kalitini yotoqxona qorovuli Vera opaning qoʻliga topshirdi.

– Ishgami, qizim?

– Ha, Guli kelsa, berib qoʻyarsiz. Yaxshi qoling. – Jilmaygancha xayrlashdi Umida. "Koʻnglida kiri yoʻq qiz, hamisha kulib yuradi”, – orqasidan qarab qoldi Vera opa.

Har kuni oʻqishdan kelib, shu paytda otlanadi. Uyi Toshkentga uzoqligi uchun, oyisini hadeb "pul” deb bezovta qilishni istamagani uchun oʻzicha ish topdi. Oʻqishiga yaqinroq oshxonada ofitsiantka boʻlib ishlardi. Tushdan keyin oʻqish tugashi bilan Umida oshxonaga yuguradi. Xoʻjayini yaxshi inson. Umidaning sharoitini tushunib, har kuni, bir kunlik haqini uning qoʻliga beradi. Xullas topgan puli Umidaning oʻziga yetib turibdi.

Har zamonda uyiga borib qolguday boʻlsa oyisiga koʻylakmi, roʻmolmi olar, ukasi Erkintoyga esa futbolchilar rasmi tushirilgan futbolkami, sport poyabzalimi, hech boʻlmasa kepka olib borardi. Erkinjonning quvonchini koʻrsangiz. Kiyimlarini kiyib allaqachon qishloqni bir-ikki marta aylanib chiqqan, axir hamma ogʻaynilari koʻrishlari kerak-da. Oyijonisining xursandchiligining cheki yoʻq.

– Voy, qizim-yey, oʻzingni eplaganing yetmaganday, yana bizni ham oʻylaysan.

Onasi uzundan-uzoq duolar qilib, xudoyimga shukronalar keltiradi, shunday aqlli, odobli qiz berganiga. Onasi Umidaning peshonasidan oʻpayotganida, xona eshigi zarb bilan ochildi-yu, qoʻlidagi telefonini stolga otvorganicha, oshxona xoʻjayinining yaqin doʻsti Bunyod kirib keldi. Umida shirin xayollar ogʻushidan oʻzini tortib olganicha, nima gapligiga tushunmay turardi.

– Voy, jonim ogʻriyapti, oʻlib qolaman hozir. Chidolmayman. Hech kimni  topib boʻlmayapti, – jon talvasasida baqirardi u. Tinmay qaltirayotgan Bunyodni koʻrib, avvaliga Umida qoʻrqib ketdi, keyin oʻzini qoʻlga olib, Bunyodga yaqinroq keldi. Bunday vaziyatda nima qilish kerak, boʻlgʻusi shifokor boʻlsa.

Bunyod oshxona xoʻjayini Rustam akaning oʻrtogʻi edi. Oshxonaga tez-tez kelib turgani uchun Umida u haqda baʼzi narsalardan xabardor edi. Otasidan qolgan boylikni koʻtarolmay, yomonlarga qoʻshilib, giyohvand boʻlib qolgan Bunyodni bu yoʻldan qaytarishga onasi ham, doʻsti Rustam aka ham koʻp urinishgan. Bunyod yaxshi tomonga oʻzgara boshlagandi, bugun nima jin urdi, yana kasali tutdi. Dori topolmagani uchun u Rustamning oldiga keldi.

– Rustam, ozgina topib ber, oʻlib qolaman hozir. Menga dori sotmasliklarini sen aytgansan, bilaman. Hammangni yomon koʻraman.

Oshxonada 2-3 nafar doimiy mijozlar boʻlib, ular ham Bunyodning  tanishlari edi. Shuning uchun ular bu tomoshaga unchalik eʼtibor berishmadi. Katta oshpaz Jasur:

– Bunyod aka, Rustam akam yoʻq edilar, hozir kelib qoladi. Ichkariga kirib dam olaqoling, – deb Umidaning dam olish xonasida ekanligini bilibmi, bilmaymi Bunyodni bir amallab xonaga kiritdi va eshikni har ehtimolga qarshi tashqaridan qulflab qoʻydi. Rustamni topish uchun telefon goʻshagini koʻtardi.

Umida sezdi, endi u baribir bu xonadan chiqib ketolmaydi. Eshikni taqqillatsa boʻlardi, lekin ichki bir tuygʻu uning  bunday qilishiga yoʻl qoʻymadi.

U hozir oʻzini haqiqiy shifokor, Bunyodni esa bemori deb tasavvur qildi. Oʻzini qoʻlga olib kasallik bilan kurashishga ahd qildi. Pichirlab, Gippokrat qasamini ichdi. U bu qasamni abituriyentlik paytlaridan yod bilardi. Niyati xolis ekan, mana endi diplom olish arafasida turibdi. Yana xudo xohlasa, 4-5 oyga diplomli boʻladi. Bunyod esa kun sayin giyohvandlik dardidan xalos boʻlib borardi...

Nodira YaNGIBOYeVA.

SOʻNGGI BEKAT

Katta darvozali bu imorat katta  yoʻl yoqasida joylashgan. Baʼzan yoʻlim shu tomonga tushadi. Bir kuni darvoza yonidan oʻtayotib, panjaraga suyanib turgan 5-6 yashar qizaloqqa koʻzim tushdi. Qizcha qoʻlida bir dona gul  ushlagancha oʻtgan-ketganga termulib turardi. Bir-ikki kundan keyin ham, bir haftadan keyin ham shu holatga koʻzim tushgach, toʻxtab, qizchadan soʻradim:

– Qizim, nega har doim shu yerda turasan?

– Oyimni kutib turibman. Oyim kelaman, deb ketgandilar.

Panjara tirqishidan qoʻlimni uzatib, qizchaning  qoʻlidan ushladim:

– Menga qiz boʻlasanmi?

Qizcha yosh toʻla koʻzlarini javdiratib:

– Siz oyim emassiz-ku, – dedi. Uni bagʻrimga bosgim, sochlarini silab, erkalagim, yupatgim keldi. Lekin buning iloji boʻlmadi. Darvoza ichkaridan qulflangan, tepasida "Mehribonlik uyi” deb yozib qoʻyilgan edi.

***

Gullarga burkangan soʻlim maskan. Oʻrindiqlarda hassaga suyangan qariyalar suhbatlashib oʻtirishibdi. Ahyon-ahyonda darvoza oldiga mashina kelib toʻxtaydi. Shunda barchaning nigohi mashinadan tushgan odamga tikiladi. Keyin xuddi aybdor kishilarday koʻzlarini yerdan uzmasdan jim qolishadi.

Mana, darvoza yoniga qimmatbaho mashina kelib toʻxtadi. Mashinadan tushgan kishini bir qariya tanidi, shekilli, hassaga suyanib oʻrnidan turdi. Mashinadan tushgan odam yukxonadan ikkita katta sumka oldi-da,  darvoza oldidagi nazoratchiga berdi. Unga bir nimalar degach, mashinasiga oʻtirib, joʻnab ketdi. Oʻrnidan turgan qariya astagina joyiga oʻtirdi va savol nazari bilan qaragan hamrohiga eshitilar-eshitilmas ovozda dedi:

- U oʻgʻlim, katta joyda ishlaydi, doim xayriya qilib turadi...

Qariya bu soʻzlarni shunday qiynalib, shunday mungʻayib aytdiki, hamrohi hech narsa  demadi. Gullarga burkangan bu soʻlim maskanning darvozasi tepasiga "Saxovat uyi” deb yozib qoʻyilgan edi.

Hayitgul YOʻLDOShEVA,

mehnat faxriysi.

 

(Foto - http://tafsilot.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019