EʼTIBOR, ĞAMXÖRLIK VA RAĞBAT ijodkorni yangi marralar sari çorlaydi
Bugun biz yaşayotgan globallaşuv davrida taraqqiyotni, hayotimizni axborotsiz tasavvur qila olmaymiz. «Axborot asri» deya nom olgan asrimizda ommaviy axborot vositalari kişilar ong-şuuri, dunyoqaraşi, siyosiy saviyasiga hamda fuqarolik jamiyatini şakllantirişga hissa qöşayotgan eng asosiy va taʼsirçan vositalardan biridir. Şu bilan birga, bugun ommaviy axborot vositalari şunçaki axborotni yetkazuvçi vosita emas, yurtdoşlarimizning siyosiy va huquqiy ongi, fuqarolik faolligi oşişiga taʼsir körsatuvçi kuçga aylanmoqda.
Jamiyatda röy berayotgan özgariş va yangilanişlar aynan ommaviy axborot vositalari orqali keng ommaga yetib boradi. Qolaversa, fuqarolarimizning islohotlardagi faol iştirokini, ularga nisbatan munosabatini bildirişda ham ommaviy axborot vositalari asosiy minbar vazifasini ötaydi.
Şuni taʼkidlaş kerakki, yurtimizda uşbu sohani isloh qiliş maqsadida zarur qonunçilik bazasi yaratildi va yildan-yilga takomillaşib bormoqda. «Ommaviy axborot vositalari töğrisida»gi, «Telekommunikatsiya töğrisida»gi, «Reklama töğrisida»gi, «Mualliflik huquqi va turdoş huquqlar töğrisida»gi qonunlar şular jumlasidandir. Şuningdek, sohani yanada rivojlantiriş maqsadida bugungi kunda «Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari töğrisida»gi va «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş kafolatlari töğrisida»gi Qonun loyihalari körib çiqilayotgani bu fikrimizning isbotidir.
Davlatimiz rahbari tomonidan taqdim etilgan «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada çuqurlaştiriş va fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş kontseptsiyasi»da axborot sohasini isloh qiliş, axborot va söz erkinligini taʼminlaş masalasining eng muhim ustuvor vazifalardan biri sifatida tilga olingani ham soha rivojiga katta turtki bölmoqda.
Ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantiriş borasida tumanimizda ham qator amaliy işlar qilinmoqda. Tumanimizda matbuot va ommaviy axborot vositalarining 3 ta vakili – «Taraqqiyot közgusi» gazetasi, Amudaryo televideniyesi va OAV şaklidagi www.amunews.uz veb-sayti faoliyat körsatmoqda.
«Taraqqiyot közgusi» gazetasi tumanimiz ommaviy axborot vositalarining eng keksa vakilidir. Salkam 80 yillik faoliyati davomida gazetamiz tumanimiz aholisining yaqin maslakdoşi bölib qolgan, desak yanglişmaymiz. Tuman hokimligi va xalq deputatlari tuman Kengaşining naşri bölmiş «Taraqqiyot közgusi» gazetasi mustaqillik yillarida yangiça mazmun va mohiyat kasb etib, xalqimiz orasiga kirib bordi.
Tuman hokimligining amaliy yordamlari bilan gazeta tahririyatining moliyaviy ahvoli ança yaxşilandi, moddiy-texnika bazasi kuçaydi, öz balansidagi binoga va xizmat avtomaşinasiga ega böldi. Gazetamizning adadi sezilarli darajada oşib, davriyligi oyiga 3-martaga yetkazildi va qamrov hududi kengayib, tumanimizning barça ovul va mahallalariga yetib bordi.
Gazeta tahririyati faoliyati davomida köplab yutuqlarga erişib kelmoqda. Yaqinda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat taşkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan eʼlon qilingan tanlovda tahririyat taqdim qilgan «Aholining ekologik va tibbiy madaniyatini yanada yaxşilaşda, aholi orasida, ayniqsa yoşlarga soğlom turmuş tarzini tarğib qilişda OAVlarning rolini oşiriş» nomli loyihaning ğolibi deb topilgani ham şunday yutuqlardan biri böldi. Jamoat fondi mablağlarini boşqariş böyiça Parlament komissiyasining qarori bilan gazetamiz tahririyatiga 14 million söm miqdoridagi davlat granti ajratildi.
Tahririyat xodimlarining taşabbusi bilan Internet jurnalistika yölga qöyildi va Qoraqalpoğistonda birinçi bölib Internet orqali tarqatiladigan mustaqil ommaviy axborot vositasi – www.amunews.uz veb-sayti röyxatdan ötkazildi. «Taraqqiyot közgusi» gazetasi tahririyati» Davlat korxonasining tarkibiy bölinmasi bölmiş uşbu veb-sayt tahririyati tumanimizning barça sohalarida bölayotgan yangilik va özgarişlarni Internet sahifalarida tezkor yoritib bormoqda.
Tuman hokimligining katta amaliy yordami bilan taşkil qilingan va iş boşlagan Amudaryo televideniyesi körsatuvlari salkam 3-yildan beri efirga uzatib kelinmoqda. Ötgan davr mobaynida tahririyat tomonidan har birining davomiyligi 2,5-4 soat bölgan 440 dan ortiq teleefir materiallari tayyorlandi va efirga uzatildi.
Bu jarayonda tumanimizning deyarli barça jabhalari qamrab olindi va sohalarda amalga oşirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati aholiga keng yetkazib borilmoqda. Köpçilik körsatuvlarning har bir sonini teletomoşabinlar kutadigan va sevib tomoşa qiladigan böldi.
«Amudaryo televideniyesi» MÇJ muassislari va tahririyatimiz teledasturlarning tarqaliş hududini kengaytiriş, tahririyatning moddiy-texnika bazasini va xodimlar sifat tarkibini yaxşilaş, körsatuvlarning rang-barangligini oşiriş va efir vaqtini uzaytiriş kabi masalalarni ham ijobiy hal qilib, telekanal faoliyatini yanada yaxşilaş ustida iş olib bormoqdalar.
Sohaga qaratilayotgan katta eʼtibor, jurnalistlarga körsatilayotgan ğamxörlik va rağbat, berilayotgan amaliy yordam bizning zimmamizga yanada katta masʼuliyat yuklaydi va kelgusida bundan ham samarali mehnat qilib, tumanimiz hayotining barça jabhalarini tezkor va xolis yoritib boriş uçun kuç-quvvat bağişlaydi.
Yuksak eʼtibor va ğamxörlikni his qilib, masʼuliyatli vazifalarni yelkasiga olib mehnat qilayotgan barça hamkasblarimizni Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan çin yurakdan tabriklab, ularning faoliyatiga rivoj tilaymiz.
Ğulomjon YeŞNIYoZOV,
«Taraqqiyot közgusi» gazetasi va Amudaryo televideniyesi Boş muharriri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶