“SOĞLOM ONA VA BOLA YILI” TUMAN HUDUDIY DASTURI IJROSI RAQAMLARDA
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 9-fevraldagi "Soğlom ona va bola yili” Davlat dasturi töğrisida”gi PQ-2487-sonli Qarori asosida Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining qarori qabul qilinib, uşbu qarorga muvofiq tuman hududiy dasturi işlab çiqildi. Quyida mazkur qaror ijrosi doirasida tumanimizda 2016-yilda amalga oşirilgan işlarni sarhisob qilamiz.
TIBBIYoT
Dastur doirasida tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini va kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlaş, oilaviy poliklinikalar va qişloq vraçlik punktlarining iş samaradorligini oşiriş, patronaj tibbiyot hamşiralarining sonini köpaytirişni taʼminlaş, akuşer-ginekologlar va bolalar şifokorlari malakasini oşiriş masalasiga alohida eʼtibor berildi.
Ayollarda uçraydigan kökrak bezi ösma kasalliklarining oldini oliş maqsadida tumanda istiqomat qiluvçi 1174 nafar fertil yoşidagi ayollar tibbiy körikdan ötkazildi, ulardan 14 nafari Respublika onkologiya dispanserida mammografiya tekşiruvi va mammolog körigiga yuborilgan, 57 nafarida mastopatiya kasalligi aniqlangan.
Yil davomida tumanda 3180 nafar nikohga kiruvçi şaxslar ixtiyoriy ravişda tibbiy körikdan ötkazildi. Tibbiy körikdan ötiş davrida nikohga kiruvçi bir nafar şaxsda sil kasalligi, 8 kişida ruhiy kasallik, 42 kişida somatik kasalliklar va bir nafar şaxsda surunkali içkilikbozlik dardi borligi aniqlandi.
Barvaqt nikohlarning oldini oliş, yaqin qarindoşlarning nikohga kirişlarining oqibatlarini tuşuntiriş böyiça manzilli işlar olib borildi. Nikohga kiruvçi şaxslar iştirokida 1300 ta suhbatlar ötkazilib, ularda 170 ta bukletlar tarqatildi.
Soğliqni saqlaşning birlamçi böğini birinçi darajasida 2446 nafar homilador ayollar barvaqt perinatal ultratovuş skriningidan ötkazildi. Akuşer-ginekologlar va pediatrlar malakasini muntazam ravişda oşirib borişga alohida eʼtibor berilmoqda. Yil davomida 3 nafar akuşer-ginekolog va pediatrlarning malakasi oşirildi.
Aholining tibbiy madaniyatini oşiriş, sanitariya va gigiyena, homilador ayollarning soğliğini saqlaş va psixofiziologik ahvolini yaxşilaş, yoş onalar va bolalarni tegişli tarzda parvariş qiliş sohasidagi işlarni kuçaytiriş, ularning ovqatlaniş ratsioni sifati va kaloriyasi yaxşilanişini taʼminlaş yuzasidan ham bir qança işlar amalga oşirildi. Jumladan tumanda aholi 31 mln. 700 ming sömlik boyitilgan un va yodlangan tuz bilan taʼminlandi.
Yil davomida 2862 nafar homilador ayollar hisobga olingan bölib, ulardan 2446 nafari tarkibida foliy kislotasi mavjud bölgan umumiy soğlomlaştiruvçi polivitaminlarning maxsus töplamlari bilan taʼminlandi.
Tumanda 6 oylikdan 5 yoşgaça bölgan jami 17402 nafar bolalarni A vitamini saplementatsiyasi bilan taʼminlaş amalga oşirildi.
Boşlanğiç sinf öquvçilari örtasida "Töğri ovqatlaniş darslari” taʼlimiy dasturi yaratilib, tumandagi bir qator maktablarda öquvçilar iştirokida tajriba sinov tarzida joriy etildi.
Örta maxsus kasb hunar taʼlimi muassasalari öquvçilari orasida "Xavfsizlik yönalişi” dasturi böyiça OIV va OITSning, narkomaniyaning, jinsiy yöl bilan yuquvçi infektsiyalarning oldini oliş, reproduktiv salomatlik mavzusida seminarlar ötkazildi.
Tumanning olis va çekka qişloq joylarida yaşayotgan jami 1408 nafar fuqaro tibbiy körikdan ötkazildi, şundan 474 nafari tuğiş yoşidagi ayollardir.
TAʼLIM
Soğlom bolani voyaga yetkazişda taʼlim tizimining rolini kuçaytiriş, maktabgaça taʼlim muassasalari tarmoğini yanada rivojlantiriş, boşlanğiç taʼlimning yuqori sifatini taʼminlab, ilğor pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etgan holda bolalarni maktabga tayyorlaş darajasini tubdan oşiriş, soğlom turmuş tarzini keng tarğib qiliş tadbirlari amalga oşirilmoqda.
2016-2018-yillar mobaynida umumtaʼlim maktablarining kutubxona fondini lotin grafikasi asosida yaratilgan özbek va çet el yozuvçilarining badiiy asarlari, entsiklopediyalar va örganiş kitoblari bilan töldiriş böyiça tegişli ilojlar körilmoqda.
Amaldagi umumtaʼlim maktablari öquvçilari örtasida fanlar olimpiadalari (bilimlar bellaşuvi) ötkaziş tizimini puxta tahlil qiliş asosida ularni ötkazişning qatʼiyan yangi tartibini işlab çiqiş, bunda natijalarni baholaş mezonlariga alohida eʼtibor beriş belgilandi.
Maktabgaça taʼlim muassasalari qoşida taşkil etilgan "Zumradoylar davrasi” tögaraklarida, taʼlim muassasalari va mahallalarda taşkil etilgan "Orasta qizlar” tögaraklarida maşğulotlar ötkaziş böyiça işlab çiqilgan metodik qöllanmalar tarqatildi.
SPORT
Yoşlar orasida jismoniy tarbiya va sportni keng ommalaştiriş, yoşlarni, ayniqsa qişloq joylarda qizlarni sport bilan muntazam şuğullanişga jalb etiş, yangi sport obʼektlarini quriş, işlab turganlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş, ularni zamonaviy sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlaş, yuqori malakali trener kadrlar va murabbiylar bilan taʼminlaş işlariga alohida eʼtibor berildi.
2004-2014-yillarda foydalanişga topşirilgan bolalar sport maktablari va obʼektlari birlaştirilib, uni qöşimça ravişda jihozlaşga, zamonaviy sport anjomlari va uskunalari bilan taʼminlaşga erişildi.
Har bir ovul va mahallalarda bolalarni, ayniqsa qiz bolalarni sport bilan muntazam şuğullanişga jalb etişni davom ettiriş uçun qulay şart-şaroitlar yaratildi. Sport bilan muntazam şuğullanuvçi qizlar "Prezident sovğasi” sifatida sport kiyim-boşi komplektlari bilan bepul taʼminlandi.
Uy bekalari va qizlar örtasida "Gimnastika barça uçun” sport musobaqalarining tuman bosqiçi ötkazildi. Qizlar örtasida "Jismoniy barkamollik – gözallik ramzidir” şiori ostida badiiy gimnastika böyiça va "Bahor malikalari” şiori ostida yengil atletika böyiça tuman musobaqalari ötkazildi.
Umumtaʼlim maktablari öquvçilari örtasida "Quvnoq startlar” sport musobaqalari taşkil etilib, muntazam ravişda ötkazib kelinmoqda.
BANDLIK
Kasb-hunar kollejlari bitiruvçilarini tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişga jalb etiş maqsadida tumandagi barça kasb-hunar kollejlari öquvçi yoşlari örtasida uçraşuvlar ötkazilib, ularda barça tegişli korxona, taşkilotlardan xodimlar iştirok etişdi. Uşbu mavzuda yoşlarga kömaklaşiş maqsadida 2016-yil 29-mart kuni tuman hokimligida "Hokim va yoşlar” uçraşuvi ötkazildi.
Kasb-hunar kollejlari bitiruvçilarini iş bilan taʼminlaş samaradorligini oşiriş maqsadida akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvçi öquvçilari bilan kasb tanlaş mavzusida uçraşuvlar ötkazilib, ularni işga joylaştiriş maqsadida barça tegişli çoralar körildi.
Kasb-hunar kollejlari bitiruvçilari uçun tadbirkorlik faoliyatini taşkil etiş maqsadida ularning biznes-loyihalari asosida imtiyozli kreditlar ajratişning ilojlari körilmoqda, 130 dan ortiq bitiruvçilar hujjatlarini banklarga taqdim qilişgan va 56 tasiga kredit ajratilgan.
Örta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari öquvçilarida tadbirkorlik faoliyati könikmalarini şakllantiriş maqsadida ular orasida muomalani va bilimlarni ayirboşlaşni taşkil etiş uçun Amudaryo xizmat körsatiş va servis kasb-hunar kolleji bazasida "Biznes-klub” taşkil etildi.
Örta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvçilarining öz biznesini taşkil etişiga kömaklaşişga yönaltirilgan "Mening biznes ğoyam” va "Yoş tadbirkor – mamlakat tayançi” tanlovlarining tuman bosqiçi ötkazildi.
Yoş oilalarga, tadbirkor ayollarga, şu jumladan tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiriş uçun kollejlarning bitiruvçilariga kreditlar ajratiş davom etmoqda. Oilaviy biznes va hunarmandçilikni qöllab-quvvatlaş borasida ham tegişli ilojlar olib borilmoqda.
IJTIMOIY INFRATUZILMA
Olis va çekka qişloqlarda yaşayotgan aholi, ayniqsa ayollar uçun zarur ijtimoiy, maişiy va tibbiy nuqtai nazardan zarur şaroitlar yaratiş, qişloq joylarda namunaviy loyihalar asosidagi zamonaviy uy-joylar, ijtimoiy infratuzilma obʼektlarini barpo etiş, qişloq aholisini toza içimlik suvi, tabiiy gaz bilan taʼminlaş, xizmatlar körsatiş va servis darajasini yuksaltiriş maqsadida bir qança işlar amalga oşirildi.
Jumladan tumanning olis qişloq joylarida banklarning imtiyozli kredit mablağlarini ajratiş hamda yer maydonlari taqdim etiş orqali "Gözallik saloni”, modalar atelesi, elektromaişiy texnikalar va poyabzal taʼmirlaşni öz içiga qamrab olgan 1 ta namunaviy maişiy xizmat kompleksini taşkil etiş böyiça tegişli ilojlar körildi.
Tumanning çekka qişloq joylarida yaşovçi kam taʼminlangan oilalarning 14 nafar ayoliga 12,8 mln. sömlik elektr-maişiy texnika tovarlari bepul berildi.
QURILIŞ
Tumanda qişloq joylarda namunaviy loyihalar böyiça 3 ta massivda 90 ta uy-joylar kurilişi yakunlaniş arafasida. Bu namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan uy-joylarni 3,2 km. elektr tarmoqlari quriş orqali elektr energiyasi bilan, 1,8 km. tabiiy gaz taʼminoti tarmoqlarini quriş orqali tabiiy gaz bilan taʼminlaş rejalaştirilgan.
Amudaryo agrobeznes kasb-hunar kollejini mukammal taʼmirlaş, öquvçilar işlab çiqariş ustaxonasini jihozlaş uçun zarur işlab çiqariş asbob-uskunalari va boşqa asbob-anjomlar xarid qilişga alohida eʼtibor qaratildi. Bu işlarga jami 824,8 mln. söm ajratildi.
Tumanimizda "Soğlom ona va bola yili” davlat dasturi ijrosini taʼminlaş uçun 41 mlrd. 759 mln. 300 ming söm va 233 ming AQŞ dollaridan oşiqroq mablağ sarflandi.
Maʼmurjon TEMIRBOYeV,
tuman hokimining iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantiriş, xizmat körsatiş sohasi va tadbirkorlik masalalari böyiça örinbosari.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶