AMUDARYo TELEVIDENIYeSI: tezkor xabarlar, qiziqarli körsatuvlar
Jamiyatimizdagi bugungi mislsiz taraqqiyotni, hayotimizni ommaviy axborot vositalarisiz tasavvur eta olmaymiz. Hammamiz ham gazeta-jurnal öqiymiz, televizor qarşisida soatlab ötiramiz. Bular bizning axborotga bölgan ehtiyojimizni qondiradi, yangiliklardan boxabar etadi, şuurimiz oydinlaşadi. Va şu barobarida ertangi kunimizni, kelajagimizni töğri tasavvur eta olişga, töğri rejalaştira olişga muvaffaq bölamiz.
Bugungi tezkor zamonamizda ommaviy axborot vositalarining örni va ahamiyati yanada ulkan. Töğri, mamlakatimizda bugungi kunda faoliyat yuritayotgan gazeta-jurnallar, telekanallar yurtdoşlarimizga saviyasi yuksak, mazmunli va qiziqarlilarini tanlab öqiş, tomoşa qiliş imkonini berayapti.
Qoraqalpoğiston Respublikasining eng kenja ommaviy axborot vositalaridan biri bölgan Amudaryo televideniyesi ilk körsatuvlarini efirga uzata boşlaganiga istiqlol bayrami arafasida uç yil töladi. Uç yil mobaynida tumanimiz hududini qamrab olgan va tumanimiz hayotiga oid eng sönggi yangiliklar, turli sohalarda amalga oşirilayotgan işlar, yanada rivojlanişga tösqinlik qilayotgan muammolar xususida tayyorlanayotgan xabarlar, tumanimiz xalqining öziga xos hayoti, turmuş tarzi, erişayotgan yutuqlari va bularning asosi – istiqlolimiz bergan imkoniyatlar haqida hikoya qiluvçi, bolajonlarimizning orzu-intilişlarini ifoda etuvçi körsatuvlar muxlislar qalbidan joy olib ulgurdi. Haftaning 6 kunida efirga uzatiladigan Amudaryo televedeniyesi körsatuvlarini endilikda tumanimiz xalqi muştoqlik bilan kutadigan bölişdi.
Telekanal işga tuşganidan beri ötgan uç yilga yaqin vaqt içida 440 dan ortiq efirda 1400 soatdan ziyod körsatuvlar namoyiş qilindi. Şu jumladan 146 ta "Zamin” informatsion dasturida tumanimizning ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalaridan 600 ga yaqin xabar-lavhalar berildi. Telekanal faoliyati davomida 300 gayaqin turli mavzularda kunning dolzarb mavzulariga oid maxsus körsatuvlar tayyorlandi.
Şuningdek tumanimizning taniqli sanʼatkorlari, sanʼat olamiga endi kirib kelayotgan iqtidorli yoşlarning qöşiqlari tomoşabinlarga havola etilmoqda. Bu yurtdoşlarimizga juda maʼqul bölayotgani quvonç bilan eʼtirof etişga arziydi.
Şuni alohida taʼkidlaş joizki, Qoraqalpoğiston Respublikasida birinçi internet şaklidagi ommaviy axborot vositasi www.amunews.uz veb-saytining muassisi - "Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati "Amudaryo televideniyesi” bilan mustahkam ijodiy hamkorlik örnatgan bölib, tahririyat xodimlari körsatuvlar tayyorlaş jarayonida yelkama-yelka turib mehnat qilmoqdalar. Televideniye – tuman jurnalistlari uçun öz qobiliyatlarini namoyiş etişga bir minbar böldi, desak, adaşmagan bölamiz.
Televideniyeda yölga qöyilgan eng sönggi körsatuvlardan biri - "Bugunning nafasi” dasturining 15 dan ortiq sonida 30 tadan ziyod tezkor xabarlar efirga berildi. «Taraqqiyot közgusi» gazetasining internetdagi veb-sayti - www.amunews.uz bilan hamkorlikda tayyorlanayotgan mazkur körsatuvda veb-saytning 150 dan ortiq xabarlari efirga uzatildi.
Tumanimiz xalqining istiqlol yillarida amalga oşirgan, oşirayotgan keng kölamli bunyodkorliklari, erkin fuqarolik jamiyati barpo etiş, yurtimizni gullab-yaşnagan obod maskanga aylantiriş yölidagi izçil odimlarini baholi qudrat yoritib, ularni yanada ezgu işlarga daʼvat etişda televideniye xodimlari zahmatli jarayonlarni amalga oşirişadi. Ularning mehnatlari mahsuli - rang-barang mavzulardagi körsatuvlar muxlislar qalbidan teran joy olmoqda.
Ayni paytda körsatuvlar faqat tuman hududiga uzatilayotgan bölsa, kelgusida kuçli quvvatli teleuzatkiçlar örnatiş orqali teledasturlarni butun respublikamizga uzatiş möljallanayapti va davriyligi hozirda haftaning olti kunida kunlik 3 soatdan 18 soatni taşkil qilayotgan bölsa, kelgusida efir vaqtini har kuni 6 soatga yetkaziş rejalaştirilayapti.
Mamlakatimiz, tumanimizda bölayotgan ijtimoiy siyosiy jarayonlarni tezkorlik bilan yoritib boriş, yoşlar qalbiga milliy istiqlol ğoyalarini singdiriş, ularni ona yurtimizni eʼzozlaşga örgatiş, erkin va ilğor fikrli barkamol yoşlarni voyaga yetkazişga hissa qöyiş, aholining madaniy hordiq olişlarini taʼminlaş maqsadida Amudaryo televideniyesi ijodiy xodimlari öz oldlariga ulkan rejalarni qöygan.
"Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyatining maslakdoşi, tumanimiz hayotini özida baholi qudrat aks ettirayotgan Amudaryo televideniyesining fidoyi ijodiy va texnik xodimlarini 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy qutlab, ularning faoliyatiga yangidan-yangi ijodiy yutuqlar tilab qolamiz.
Oygul RAJABOVA.
Suratda: Amudaryo televideniyesining operatori Saparboy Nurullayev va suxandon hamda montajçi Şoira Bozorboyeva iş ustida.
M.ŞOMURODOV olgan surat.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶