28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 13:17
Jamiyat 👁 3,092

AMUDARYo TUMANI: INTERNET JURNALISTIKA RIVOJI

AMUDARYo TUMANI: INTERNET JURNALISTIKA RIVOJI

Bugun davr bilan hamnafas boʻlishni istagan kishi albatta, atrofimizda sodir boʻlayotgan voqea-hodisalar, yangiliklardan xabardor boʻlib boradi. Axborotni yetkazish haqida gap ketganda aytish kerakki, yaqin-yaqinlargacha ommaviy axborot vositalari asosan matbuot, radio va televideniye koʻrinishlarida tasavvur etilar edi. Biroq, endilikda butun dunyoda Internet-jurnalistikasi ham alohida, kelajak ommaviy axborot vositasi sifatida eʼtirof etilmoqda.

Internet orqali axborot olishning muhim jihatlari shundan iboratki, masalan, agar gazeta har oyda ikki marta chop etilsa, yoki tele - va radiokanallar kuniga maʼlum soat efirga uzatilsa, internet-nashr u yoki bu voqea toʻgʻrisidagi axborotni yangilash borasida cheklanmagan imkoniyatlarga, matn uchun keng maydonga ega. Ikkinchidan, Internetda "ikki tomonlama aloqa” — "feed-back” imkoniyati bor. Har bir foydalanuvchi Internetda chop etilgan materialga oʻzining munosabatini bildirishi, fikrini qoldirishi, qoʻshimcha qilishi yoki axborotni tahrir qilishi mumkin. Shuningdek, saytdagi maqolaga qoʻshimcha elektron manbalarni ilova qilish, ovozli va videomateriallarni joylashtirish mumkin.

Shu jihatlari bilan ommaviy axborot vositasi sifatidagi Internet saytlari bugun millionlab oʻquvchilar auditoriyasiga ega boʻlmoqda. Yurtimizda ham bu kabi informatsion portallar soni va ularning oʻquvchilari kun sayin ortmoqda. Quvonarlisi, 2012-yildan boshlab tumanimizda ham davr talabi asosida ana shunday xayrli ishga qoʻl urildi. Dastlab «Taraqqiyot koʻzgusi» gazetasining Internetdagi rasmiy sahifasi sifatida ish boshlagan www.amunews.uz veb-saytining oʻtgan yil oxirlariga kelib mustaqil OAV sifatida roʻyxatdan oʻtgani nafaqat saytdagi maʼlumotlar hajmining, balki saytga tashrif buyuruvchilar sonining ham sezilarli darajada oshishiga zamin yaratdi. Hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasida 14 mingdan ziyod internet saytlari roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, www.amunews.uz sayti www.uz portalining top reytingi boʻyicha birinchi mingtalik ichida oʻz oʻrnini topgan. Biz yurtimizdan yiroq boʻlsak ham oʻz tumanimiz hayoti, unda sodir boʻlayotgan ijtimoiy-iqtisodiy voqealardan dunyoning istalgan nuqtasida turib xabardor boʻlish imkoniyatiga ega boʻldik. Bundan tashqari, mazkur sayt keng qamrovliligi bilan ham alohida ajralib turadi. Saytda faqat yangiliklar bilan cheklanib qolmasdan, foto sharhlar, dunyo manzaralari, mashhur shaxslar va sanalar haqida maʼlumotlar, turli xil ijtimoiy soʻrovnomalar joy olgan.

Inson umri davomida axborot oqimida yashaydi, shuningdek kun davomida ham axborot olami bilan yonma-yon hayot kechiradi. Ertalabki nonushta paytida televizor koʻramiz yoki radio tinglaymiz, dam olish vaqtida gazeta yoki jurnal oʻqiymiz. Xizmat xonamizdagi kompyuterni yoqishimiz bilan uni Internetga ulaymiz va yangiliklar oqimiga shungʻiymiz. Endilikda dunyo va mamlakatimizdagi yetakchi axborot agentliklarining veb-sahifalari, mashhur gazetalarning internet talqini bilan tanishishdan tashqari albatta, tumanimiz hayotining Internetdagi koʻzgusi – www.amunews.uz veb-saytiga ham tashrif buyurib, tumanimiz yangiliklari bilan tezkor va qulay tarzda tanishamiz. Darvoqe, saytning mobil versiyasi ham sayt bilan hamroh boʻlishda bizga katta yordam beradi.

Fursatdan foydalanib, ushbu veb-sayt tahririyati xodimlarini 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin yurakdan tabriklayman, ishlariga omad tilayman.


Rahmatulla Matqurbonov,

tuman Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimining "Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik pedagogik diagnostikasini metodik taʼminlash kichik guruhi” rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026