29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 15:32
Siyosat 👁 3,216

Amudaryo tumanida 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2017-yilgi iqtisodiy dasturining eng muhim ustuvor vazifalari haqida tuman hokimining hisoboti toʻgʻrisida

Amudaryo tumanida 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2017-yilgi iqtisodiy dasturining eng muhim ustuvor vazifalari haqida tuman hokimining hisoboti toʻgʻrisida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasining 97-moddasiga, "Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qonunining 221-moddasiga hamda xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi Reglamentining 6012-moddasiga asosan Amudaryo tumanida 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2017-yilgi iqtisodiy dasturining eng muhim ustuvor vazifalari haqida tuman hokimi S.Yoʻldashevning hisobotini tinglab va muhokama qilib, xalq deputatlari tuman Kengashi QAROR QILADI:

1. Amudaryo tumanida 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2017-yilgi iqtisodiy dasturining eng muhim ustuvor vazifalari haqida tuman hokimi S.Yoʻldashevning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. Amudaryo tumanida 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2017-yilgi iqtisodiy dasturining eng muhim ustuvor vazifalari haqida tuman hokimining hisoboti qoniqarli deb topilsin.

3. Hisobot davrida eng muhim ustuvor vazifalarning bajarilishida:

– masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi "Mangit invest plyus” Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma korxonasi (Q.Boymurotov), "Mega Amudaryo” masʼuliyati cheklangan jamiyati (G.Allabergenov), "Amudaryo buyan” masʼuliyati cheklangan jamiyati (A.Sadullayev), "Agat avto qurilish servis” shoʻʼba korxonasi (S.Qurbonboyev) va "Jumamurod Nonvoy” fermer xoʻjaligi (O.Qurbonboyev) tomonidan eksport rejalari bajarilmaganligi;

– Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 3 avgustdagi "Qishloq joylarda uy-joy qurilishi koʻlamini yanada kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1167-sonli qaroriga muvofiq namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilishi ishlarida "Amudaryo qurilish” masʼuliyati cheklangan jamiyati (T.Yadgarov) tomonidan sustkashlikka yoʻl qoʻyilgani;

– "Ellikqalʼa neftebazasi” unitar korxonasi Qaratau filiali (N.Sobirov), "Qoraqalpoqagrokimyohimoya” aktsiyadorlik jamiyatiga qarashli Amudaryo tuman filiali (U.Bekniyazov), "Shimolgaztaʼminot” unitar korxonasining "Amudaryotumangaz” filiali (Sh.Tajibayev) va "Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari” aktsiyadorlik jamiyati tuman elektr taʼminoti korxonasi (A.Yuldashev) tomonidan debitorlik qarzdorlikning oʻsib ketishiga yoʻl qoʻyilgani koʻrsatib oʻtilsin.

4. Amudaryo tuman hokimligi (S.Yoʻldashev):

– 2017-yilda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash yoʻnalishidagi islohotlarni, ayniqsa, sanoatda va qishloq xoʻjaligini tubdan tizimli oʻzgartirishlarni soʻzsiz davom ettirish, shuningdek, kichik biznesni jadal rivojlantirish va ushbu soha vakillarining manfaatlarini himoya qilishni taʼminlash;   

– 2017-yilda mahalliy byudjet daromadlari bazasini kengaytirish, moliyaviy potentsialini mustahkamlash hamda mahalliy byudjetning respublika byudjetidan olinadigan subventsiya miqdorini kamaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish, korxona-tashkilotlar bilan birgalikda yil oxiriga qadar subventsiya ulushini kamaytirish ilojlarini koʻrish;

– "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturiga kiritilgan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish va ushbu tadbirlarning bajarilishini tizimli nazorat qilish;

– 2017-yilgi Investitsiya dasturiga kiritilgan  ijtimoiy soha va muhandislik-kommunikatsiya obʼektlarini oʻz vaqtida foydalanishga topshirish boʻyicha zarur choralarni koʻrib borish;

– qishloq joylarida namunaviy loyihalardagi turar joylar qurilishi boʻyicha yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf qilish hamda bu boradagi ishlarda tegishli tashkilotlar masʼuliyatni oshirish;

– 2017-2021-yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish dasturining asosiy tadbirlarini soʻzsiz amalga oshirish;

– 2017-yilda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi koʻrsatkichlarining soʻzsiz bajarilishini taʼminlash, ayniqsa, kollej bitiruvchilarini ishga joylashtirishning aniq ilojlarini koʻrib borish;

– 2017-yilda eksport koʻrsatkichlarining toʻliq bajarilishini taʼminlash maqsadida esportyor korxonalarga har tomonlama amaliy yordam koʻrsatish topshirilsin.

5. Xalq deputatlari tuman Kengashi doimiy komissiyalari raislari va deputatlariga:

– 2017-yilga moʻljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim yoʻnalishlarining maqsadli dasturlarining bajarilishini doimiy nazoratga olish va tanqidiy jihatdan baho berish, jamoat va nodavlat tashkilotlari bilan birgalikda dasturlarning bajarilishi ustidan jamoat nazoratini amalga oshirish;

– dastur loyihalarining bajarilishi yuzasidan hududdagi tegishli tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini doimiy komissiyalar majlislarida muhokama qilib borish;

– tuman hududini rivojlantirish boʻyicha belgilangan loyihalarning amalga oshirilishini oʻz saylov okruglarida nazorat qilish vazifalari topshirilsin.

6. "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi, Amudaryo televideniyesi va amunews.uz veb-sayti tahririyatlariga ushbu qarorni hamda tuman hokimining hisobotini yoritish tavsiya etilsin.

7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi M.Kazakov zimmasiga yuklatilsin.

Sessiya raisi:  M.Saʼdullayev.

Sessiya kotibi:  B.Shermanov.

2017-yil 26-yanvar. 101/28-05-son

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026