ISTEʼMOLÇI HUQUQI QONUN HIMOYaSIDA
Özbekiston Respublikasining «Isteʼmolçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi qonunida isteʼmolçilarning huquqlarini har tomonlama huquqiy himoya qiliş çora-tadbirlari belgilab qöyilgan.
Tuman isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyati tomonidan ovul va mahallalarda, mehnat jamoalarida ötkazilayotgan uçraşuv yiğilişlarida isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş yuzasidan keng miqyosda tuşuntiriş işlari olib borilayapti. Natijada fuqarolar ongida öz huquqlarini tuşunişlari borasida juda katta özgarişlar sodir bölayapti.
2016-yil davomida Manğit şahrining Qiliçboy köçasida yaşovçi A.Tajimov, Gurlan köçasida yaşovçi B.Bozorboyev, Amir Temir nomli ovuldan X.Yusupov, A.Yassaviy köçasida yaşovçi G.Aqnazarova, Dörman ovulida yaşovçi Ye.Ahmedov, Qiliçboy ovulining "Beş ovul” mahallasida yaşovçi A.Abdalov va "Oq oltin” ovulida yaşovçi A.Kamolovlar murojaatlari jamiyat tomonidan qisqa fursat içidayoq örganib çiqilib, ularga amaliy yordam körsatilganligi fuqarolarda jamiyatimizga bölgan işonçni yanada oşirmoqda.
Men uşbu maqolam orqali tumanimiz aholisiga murojaat etib:
– oziq ovqat mahsulotlarini xarid qilişda uning yaroqlilik muddati ötmaganligiga va işlab çiqarilgan sanasi körsatilganligiga, nuqsonsiz ekanligiga eʼtibor berişlarini;
– turli maişiy, texnik, gaz, elektr, suv taʼminoti va boşqa sohalarda xizmat körsatilganida xizmat körsatilganlik haqidagi hujjatlarni talab qilişni;
– biror narsa xarid qilganingizda yoki xizmat körsatilganda kassa çekini talab qilişni unutmasligingizni va sotuvçi plastik karta orqali savdo qilişdan boş tortsa yoki narxlarni asossiz ravişda kötarsa, bunday holatlarda bizning 515 10 91 raqamli işonç telefonimizga qönğiroq qilişingizni sörayman.
Ikrom XUDAYaROV,
tuman Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyati raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶