“Eng yaxşi inşo” tanloviga
KONSTITUTsIYa MENING TAQDIRIMDA
Özbek xalqining azaliy orzularidan biri bölgan mustaqillikka erişilgaç, 1992-yil 8-dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Uşbu huquqiy hujjatning qabul qilinişi inson manfaatlarini mustahkamlaş va taraqqiyot sari muhim qadam böldi, desak mubolağa bölmaydi.
Konstitutsiya bizning boş qomusimizdir. Uşbu kitob insonning huquq va erkinliklarini mustahkamlaş bilan birga ularning zimmasiga burç va maʼsuliyat yuklaydi. Biz hayotimizda duç keladigan köplab masalalarga uşbu kitobdan javob topamiz.
Konstitutsiyamizning 18-moddasida: "Özbekiston Respublikasida barça fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bölib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib çiqişi, eʼtiqodi, şaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼiy nazar qonun oldida tengdirlar” deyiladi.
Bundan körinib turibdiki, har bir fuqaroning huquqi va qadr-qimmati qonun bilan himoya qilinadi.
40-moddasida "Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalaniş huquqiga ega” ekanligi, 41-moddasida esa bepul umumiy taʼlim oliş davlat tomonidan kafolatlanganligi körsatilgan. Mamlakatimizda yoşlarga qaratilgan eʼtibor qançalik kuçli ekanligini uşbu moddalardan bilib olişimiz mumkin.
Mustaqil Özbekiston uçun muqaddas bölgan davlat razmlari Konstitutsiyaning 5-moddasida mustahkamlab qöyilgan. Bular madhiya, gerb va bayroqdir.
Bizning Konstitutsiyamiz haqida xorijliklar ham öz baholarini berganlar. Masalan, frantsiyalik professor O.Şmidt Özbekiston va Frantsiya Respublikalari Konstitutsiyalarini qiyoslab, şunday degan edi: "Özbekiston Konstitutsiyasi mutlaqo mustaqil va aynan xalqingiz va jamiyatingiz talablariga hamda anʼanalariga javob beradi. Konstitutsiyangiz davlat hamda fuqarolik jamiyati Konstitutsiyasi hisoblanadi. Çunki u ana şu ikki muhim huquqiy sohani tartibga soladi”.
Qadimda yaşab ötgan ajdodlarimiz ham qonun bilan iş körilsa, davlat öz qudratini yöqotmasligini aytgan. Buyuk sarkarda Amir Temur şunday fikrni bildirgan:
"Davlat agar qonun asosida qurilmas ekan, unday saltanatning şukuhi, qudrati va tartibi yöqoladi. Bunday saltanat kas-u nokas tap tortmay kirib çiqadigan tomsiz, eşigi – tösiği yöq uyga öxşaydi”.
Şunday ekan, Konstitutsiya olğa intilişimizga kuç baxşida etuvçi huquqiy hujjatdir. Unga rioya qiliş esa har bir fuqaroning burçidir.
Yurtimizda biz yoşlar uçun imkoniyatlar hamişa oçiqdir. Ayrim mamlakatlarda yoşlarning öqiş, bilim oliş tugul töyib ovqat yeyişlariga ham imkoniyatlari yöq. Dunyoda töyib ovqat yeya olmay, oçlikdan ölib ketayotgan bolalar soni qançadan-qança. Şu beçora bolalarga rahming keladi. Bizning yurtimizda esa davlatimiz har bir bolaning jismonan ham maʼnan barkamol bölib voyaga yetişlari uçun ğamxörlik qiladi va har bir bola uçun davlat qayğuradi.
Şunday jannatmakon, bağrikeng yurt farzandlari öz yurtiga munosib bölişlari şart. Zero, yurtimizning kelajagi biz yoşlarning qölida.
Sevara ISMOILOVA,
Amudaryo akademik litseyi öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶