Uçraşuvning birinçi bölimi yakkakuraşlarga boy böldi. Maydon markazida yarim himoyaçimiz Iskandarovning yöqligi bizning öyinimizga öz taʼsirini ötkazdi. Umuman olganda teng kuraşlar ostida keçgan bahsda birinçi bölib hisobni hamyurtlarimiz oçdi. Abbosbek Maxstaliyevning çiroyli zarbasini raqib darvozaboni qaytarişga ojizlik qildi. Ammo töp kiritilgandan söng öyinçilarimiz kutilmaganda hotirjamlikka berilib ketdilar va bu uçun raqib bizni jazoladi. Katta kuç bilan oldinga borgan greklar penalti işlaşni uddasidan çiqdi, raqibimiz sardori esa nuqtadan adaşmadi.
Ikkinçi bölim ham teng kuraşlar ostida boşlandi. Hamyurtlarimiz murabbiy bergan körsatmalarni aʼlo darajada bajardi. Himoyada ehtiyotkorlik bilan harakat qilgan futbolçilarimiz pozitsion hujumga ötib, raqibni öz jarima maydonida öyin qoidasini ikki bor buzişga majbur etdilar. Hakam esa haqli ravişda 11-metrlik nuqtani körsatdi. Ikki penalti va ikki gol. Yakuniy hisob 3:1, Özbekiston ilk bor Jahon çempionatining çorak finaliga yöllanmani qölga kiritdi!
Manba: http://uz24.uz/

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶