QAROR IJROSI TAʼMINLANMOQDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-yanvar kungi PQ-1914-sonli «Jismoniy shaxslarga xorijiy valyutani sotish tartibini yanada liberallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida birdan-bir qonuniy toʻlov vositasi boʻlmish milliy valyutaning maqomini yanada mustahkamlash, naqd xorijiy valyutaning muomala doirasini tartibga solish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro standartlarni soʻzsiz bajarish, shuningdek valyuta almashtirish operatsiyalarini amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi markaziy banki va tijorat banklarining 2013-yil 1-fevraldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari - jismoniy shaxslarga vakolatli banklar tomonidan xorijiy valyutani xalqaro toʻlov kartalaridan foydalangan holda naqdsiz shaklda sotish mexanizmi joriy etildi. Yangi tartibga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari - jismoniy shaxslarga naqdsiz xorijiy valyutani sotish vakolatli banklar va ularning filiallari binolarida quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti - jismoniy shaxs vakolatli bankda oʻrnatilgan tartibda xalqaro toʻlov kartasini ochadi.
Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti - jismoniy shaxs xorijiy valyutani sotib olish uchun vakolatli bankka shaxsini tasdiqlovchi hujjat-pasport, guvohnomasi yoki harbiy xizmatchilar uchun harbiy biletini, shuningdek valyuta ayriboshlash operatsiyasini amalga oshirish uchun depozit hisobida milliy valyutadagi zarur pul mablagʻlari mavjud boʻlgan shaxsiy bank plastik kartasini taqdim etadi.
Vakolatli bank shaxsiy bank plastik kartasida milliy valyutadagi pul mablagʻlari yetarli ekanligini tekshiradi, xorijiy valyutani operatsiya amalga oshirilgan kuni belgilangan ayriboshlash kursi boʻyicha xalqaro toʻlov kartasiga oʻtkazadi hamda jismoniy shaxsga xorijiy valyutani sotib olganligini tasdiqlovchi belgilangan shakldagi maʼlumotnomani beradi.
Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari jismoniy shaxslardan va norezidentlardan xorijiy valyutani sotib olish vakolatli banklar tomonidan, qoida tariqasida, vakolatli banklar va ularning filiallari binolarida, aeroportlarda, temir yoʻl vokzallarida, mehmonxonalarda, ichki ishlar organlarining kirish, chiqish va fuqarolikni belgilash boshqarmalari (boʻlimlari)da, shuningdek bojxona postlarida joylashgan ayriboshlash shoxobchalari orqali cheklanmagan miqdorda amalga oshirilmoqda.
Ye.AYTNIYoZOV,
OʻzR Bosh prokuraturasi huzuridagi SVOJJDLQK Departamenti QR boshqarmasi katta inspektori.
B.KOChKAROV,
OʻzR Bosh prokuraturasi huzuridagi SVOJJDLQK Departamenti QR tuman boʻlimi boshligʻi, adliya kichik maslahatchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶