UMUMIY ÖRTA VA ÖRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMINING MAJBURIYLIGI
Yurtimizning istiqlol yillarida bosib ötgan taraqqiyot yöliga nazar taşlasak, respublikamiz Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida milliy taʼlim tizimini mustahkamlaş va takomillaştiriş, yoşlarning har tomonlama yetuk, soğlom va barkamol bölib ulğayişi uçun barça şart-şaroitni yaratişga yönaltirilgan ulkan bunyodkorlik işlari amalga oşirilayotganligi yaqqol namoyon böladi.
Mustaqillik eʼlon qilingan dastlabki davrdan Özbekistonda fuqarolarning
huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, xususan, şaxs
huquqining ajralmas tarkibiy qismi sanalgan bolalar huquqini taʼminlaş
davlat siyosati darajasidagi ustuvor vazifalardan biri sifatida
belgilandi. Tarixan qisqa davrda mamlakatimizda barkamol avlodni
tarbiyalaş sohasida ulkan muvaffaqiyatlarga erişilmoqda va bu dunyo
hamjamiyati tomonidan munosib baholanmoqda.
Mamlakatimiz rahbari taʼkidlaganidek, "Nimaniki öz oldimizga maqsad
qilib qöymaylik, qanday buyuk işlarni amalga oşirişga intilmaylik, barça
olijanob harakatlarimizning negizida, barça ezgu niyatlarimizning
zamirida farzandlarimizni ham jismonan, ham maʼnaviy jihatdan soğlom
qilib östiriş, ularning baxtu saodati, farovon kelajagini köriş, dunyoda
heç kimdan kam bölmaydigan avlodni tarbiyalaş orzusi mujassamdir”.
Öz-özidan ayonki, eski tuzum davrida uzoq yillar davomida vujudga kelgan
eski taʼlim tizimini tubdan qayta qurmasdan va isloh etmasdan turib, bu
maqsadga erişib bölmasdi. Aynan şunday ezgu maqsadni röyobga çiqariş
uçun davlatimizda yoşlarimizning istiqbolini taʼminlaydigan barça
taşkiliy-huquqiy çoralar amalga oşirildi, muhim qonunlar qabul qilindi,
davlat dasturlari hayotga tatbiq etildi.
Jumladan, fuqarolarning huquq va manfaatlarining qonuniy asosini taşkil
qiluvçi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida har kim
bilim oliş huquqiga egaligi, bepul umumiy taʼlim oliş davlat tomonidan
kafolatlanişi va maktab işlari davlat nazoratida bölişi belgilab
qöyildi.
Mamlakatimizning taʼlim tizimini izçillik bilan isloh qiliş va bu
sohadagi davlat siyosatini mustahkamlaş borasida 1997-yil 29-avgustda
qabul qilingan "Kadrlar tayyorlaş milliy dasturi töğrisida”gi va "Taʼlim
töğrisida”gi Qonunlari tarixiy qadam böldi. Mazkur Qonunning 3-moddasida
taʼlim sohasida davlat siyosatining asosiy printsiplari, xususan,
taʼlimning uzluksizligi va izçilligi, şuningdek, umumiy örta va örta
maxsus, kasb-hunar taʼlimining majburiyligi belgilandi.
Davlatimiz rahbarining uzoq va davomli maqsadlarni közda tutadigan
kontseptual ğoyalari asosida işlab çiqilgan Kadrlar tayyorlaş milliy
dasturi ijrosini taʼminlaş jarayonida, 9 yillik umumtaʼlim maktab
bosqiçini va 3 yillik örta maxsus, kasb-hunar taʼlim bosqiçini öz içiga
olgan, mamlakatimizning rivojlanib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy
infratuzilmasini yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlaşning uzluksiz
taʼlim tizimi yaratildi. Şu asosda yurtimizda 12 yillik umumiy majburiy
bepul taʼlim tizimi joriy etildi.
Taʼkidlaş kerakki, taʼlim tizimi isloh qilinişi bilan birga, taʼlim
muassasalarining moddiy-texnika bazasi ham har tomonlama
mustahkamlanmoqda. Amalga oşirilgan keng kölamli çora-tadbirlar tufayli
respublikada 1549 ta zamonaviy taʼlim muassasalari, şundan 1406 ta
kasb-hunar kolleji va 143 ta akademik litsey barpo etildi.
Mazkur taʼlim muassasalarida mutaxassislar tayyorlaş uçun barça zarur şaroitlar yaratilgan.
Jumladan, jihozlangan kompyuter sinflari, kutubxonalar, sport zallari,
sektsiyalar, zarur bölgan inventar bilan taʼminlangan yotoqxonalar,
oşxonalar öquvçilar ixtiyoriga topşirilgan. Yaratilgan bunday
şaroitlarning barçasi öquvçilarning tanlangan yönaliş böyiça bir yoki bir
neçta zamonaviy mutaxassislik olişga qaratilgan kasbga oid çuqur bilim
olişlariga zamin bölib xizmat qilmoqda.
Darhaqiqat, aynan kasb-hunar kollejlari bitiruvçilarining köpçilik
qismi respublikamizda faoliyat körsatayotgan zamonaviy ilğor
texnologiyalarga asoslangan korxonalarda mehnat qilib, jahon bozorida
raqobatbardoş hisoblangan mahsulotlarni işlab çiqariş jarayonining faol
iştirokçilariga aylandilar. Masalan, "GM-Uzbekistan” yopiq aktsiyadorlik
jamiyatida işlayotgan 7956 nafar işçi-xizmatçining 2877 nafarini yoki 36,1
foizini kasb-hunar kollejlari bitiruvçilari taşkil qiladi. Yoki
"Özbekengilsanoat” kompaniyasi tizimidagi korxonalarda 15 ming nafardan
ortiq, "Özbekneftgaz” kompaniyasi tizimidagi korxonalarda 2 ming nafardan
ortiq kasb-hunar-kollejlari bitiruvçilari xizmat qilmoqdalar. Bunday
misollarni köplab keltiriş mumkin.
Şuningdek, umumtaʼlim tizimidagi islohotlar, taʼlimning zamonaviy ilğor
uslublarining keng joriy qilinişi, taʼlim-tarbiyaga bölgan eʼtiborning
tubdan yaxşilanişi özining samarasini bermoqda. Öquvçilarning fanlarni
özlaştiriş darajasi va dunyoqaraşi kengayib, ular xalqaro fan
olimpiadalari, intellektual bellaşuvlar, körik-tanlovlarda qölga
kiritayotgan yutuqlari bilan Özbekiston dovruğini dunyoga taratmoqdalar.
Oxirgi ikki yil davomida 33 nafar öğil-qizimiz jahon miqyosida
ötkazilgan fan olimpiadalari va musobaqalarda özining çuqur bilimi,
intellektual salohiyati, teran fikrlari va ötkir tafakkuri bilan ğoliblar
şohsupasidan örin egallaganligi mamlakat taqdiriga befarq bölmagan har
bir inson qalbiga çuqur ğurur va iftixor tuyğusini baxş etadi.
Yoşlarni soğlom turmuş tarzi asosida tarbiyalaş, ommaviy sportni
rivojlantiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidentining taşabbusi
va bevosita rahbarligida Bolalar sportini rivojlantiriş jamğarmasi
taʼsis etildi. Yurtimizning barça hududlarida, hatto olis qişloqlarimizda
ham sport anjomlari bilan jihozlangan zamonaviy sport majmualari,
muhtaşam sport saroylari, stadionlar, jismoniy tarbiyaga ixtisoslaşgan
maktablar barpo etildi. Öquvçi va talabalarning uç bosqiçli "Umid
nihollari”, "Barkamol avlod” va Universiada respublika musobaqalari
muntazam ravişda ötkazib kelinmoqda.
Eng muhimi, miqyosi va kölamiga köra benihoya ulkan bölgan bu işlarning
barçasi özining salmoqli natijalarini bermoqda. Keyingi ikki yilda yoşlar
örtasida ötkazilgan Jahon va Osiyo çempionatlarida hamda boşqa yirik
xalqaro bellaşuvlarda 490 nafar yoş sportçilarimiz sovrinli örinlarni
egallagan bölsa, ularning 132 nafari barça raqiblarini doğda qoldirib,
şohsupaning eng yuqori poğonasiga kötarildilar va Özbekiston madhiyasini
dunyo maydonlarida baland yangratiş baxtiga muyassar böldilar.
Uzluksiz taʼlim tizimining yaratilişi va taʼlim sifatining tubdan
yaxşilanişi voyaga yetmaganlarning bilim olişga va kasb-hunar örganişga
bölgan qiziqişlarini yanada oşirdi, bu esa, öz navbatida, ularning
bandligini taʼminlab, voyaga yetmaganlar örtasida jinoyatçilikni keskin
qisqartirişga erişişga imkon berdi. Xususan, 2012-yilda 2000-yilga
nisbatan voyaga yetmaganlar örtasida jinoyatçilik 30,5 foizga kamaygan.
Bolalar, jumladan, öquvçilar orasida jinoyatçilikning kamayişi quvonarli
hol, albatta. Şu bilan birga, voyaga yetmaganlarga nisbatan yetarli
nazorat bölmagani oqibatida ularning öquv muassasalariga bormasligi
holatlari mavjudligi taşvişga solişi tabiiy. Jumladan, 2012 — 2013 öquv
yilida 5 ming nafardan ortiq öquvçilar biron-bir uzrli sababsiz
surunkali ravişda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarga öqişga
kelmagan. Voyaga yetmaganlar işlari böyiça komissiyalar va prokuratura
organlari tomonidan körilgan huquqiy çoralar natijasida ulardan aksariyat
qismi taʼlim muassasalariga qaytarildi.
Ötkazilgan nazorat tadbirlarida umumtaʼlim maktablari va örta maxsus,
kasb-hunar taʼlimi muassasalari masʼul xodimlari tomonidan maşğulotlarga
sababsiz kelmayotgan yoki muntazam ravişda qatnaşmayotgan öquvçilarni
aniqlaş, hisobini yuritiş va taʼlimga jalb qiliş işlari töğri yölga
qöyilmaganligi aniqlandi.
Masalan, Mirzo Uluğbek tumanidagi 27-sonli umumtaʼlim maktabi direktori
Ye. Zairova va direktor örinbosari M. Rajapovalar özaro jinoiy til
biriktirib, 2009-yilda Belgiya davlatiga ketgan 5-sinf öquvçisi D.
Boymamatovani tört yil davomida darslarga qatnaşganligi va bilimi
baholanganligi haqida jurnalga yozuvlar kiritib, sinfdan-sinfga ötkazib
kelganliklari uçun jinoiy javobgarlikka tortildilar.
Davlat tomonidan bolalarimizning kelajagini öylab, qançadan-qança
sarf-xarajat evaziga 12 yillik bepul öqişni taşkil qilib, zamonaviy
texnologiyalarga asoslangan, jahon ilğor taʼlim standartlariga mos bilim
oliş uçun şaroitlar yaratib berilsa-yu, bola kollejga bormasa, qani bu
yerda tartib-intizom, qani masʼuliyat?! Nima uçun joylarda hokimliklar,
özini özi boşqariş organlari, profilaktika inspektorlari, jamoatçilik,
qolaversa, bola tarbiyasi uçun bevosita javobgar bölgan ota-onalar va
boşqa masʼul şaxslar beparvolarça qöl qovuştirib ötiribdi? Bunday
beparvolik jinoyat emasmi?
Vaholonki, mamlakatimiz qonunçiligida 12 yillik taʼlim umummajburiy
ekanligi belgilab qöyilgan bölib, qonunning mazkur talabi ijrosini
qatʼiy taʼminlaş barçamizning burçimizdir. Afsuski, baʼzi ota-onalar va
mansabdorlar özlariga yuklatilgan vazifalariga nisbatan bunday
masʼuliyatsizlik uçun javobgarlikning mavjudligini unutib qöyganlar. Bu
sohada prokuror nazoratini kuçaytirişga alohida eʼtibor qaratilib, ötgan
yilda va joriy yilning 5 oyida öquvçi va talabalarning öquv
muassasalariga kelib-ketişini taʼminlaş uçun masʼul bölsa-da, mansab
vazifalarini lozim darajada bajarmagan 2 ming nafar taʼlim sohasi
xodimlari intizomiy javobgarlikka tortilganlar.
Şu holatlarni inobatga olgan holda, umumtaʼlim maktablarining 9-sinfini
bitiruvçilarini keyingi öqiş bosqiçlariga jalb etiş borasidagi qonunlar
ijrosi ustidan nazoratni kuçaytirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Hozir joriy yilda maktabni bitirayotgan 530 mingdan ortiq öquvçilarni
kasb-hunar kollejlari va litseylarga joylaşişini töliq qamrab oliş
maqsadida joylardagi prokurorlarga mahalliy hokimliklar, taʼlim
muassasalari va boşqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda amalga
oşirilişi lozim bölgan çora-tadbirlar xususida topşiriq yuborildi. Uşbu
vazifani ijrosini taʼminlaşning barça çoralari köriladi.
Şuni alohida taʼkidlaş lozimki, öquvçi va talabalarning maşğulotlarga
qatnaşiş davomatini taʼminlaş faqatgina öquv muassasasi rahbarlari va
öqituvçilari zimmasidagi vazifa emas, balki bu jarayon köp jihatdan
ota-onalarga, ularning farzandi taʼlim-tarbiyasi bilan neçoğli
şuğullanişlariga bevosita boğliqdir. Vaholonki, bola tarbiyasi ham
qonuniy asoslarda, ham maʼnaviy-axloqiy jihatdan ota-onalarning
fuqarolik va insoniy burçidir.
Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksning 47-moddasida ota-ona yoki
ularning örnini bosuvçi şaxslar farzandlarining tarbiyasi va ularga
taʼlim beriş borasidagi majburiyatlarini bajarmaganliklari uçun maʼmuriy
javobgarlik belgilangan bölib, aynan şu asoslar bilan 2012-yilda va
joriy yilning ötgan davrida 3,5 ming nafar ota-onalar javobgarlikka
tortildilar.
Bundan taşqari, 250 nafar ota-onalarning muomala layoqati çeklangan yoki ota-onalik huquqidan mahrum qilingan.
Bu borada bir misol keltiriş örinlidir. Çirçiq şahrida yaşovçi fuqaro
Ye. Şaripova spirtli içimlik isteʼmol qilib, töqqiz yaşar qizi L.
Şaripovani muntazam ravişda urib, uning maktabga va köçaga çiqişiga
tösqinlik qilgan va uzoq muddat davomida xonaga qamab, ustidan qulflab
qöygan. Oqibatda qiz bunday şafqatsizlikka çidamasdan, özini 3-qavatda
joylaşgan xonadonning balkonidan yerga sakrab, oğir tan jarohatlari
olgan. Vraçlarning yordami bilan qizning hayoti saqlab qolingan. Onasiga
nisbatan esa jinoyat işi qözğatilib, javobgarlikka tortildi.
Öquvçilarning maşğulotlardagi davomati nazoratsiz qolişi, ularning
uzrsiz sabablar bilan darsga qatnaşmasliklari, hatto uzoq muddat
davomida taʼlim muassasalariga umuman kelmasliklari farzandlarimizning
jinoyat yöliga kirib ketişdek mudhiş oqibatlarga olib kelmoqda.
Masalan, Buloqboşi tumanidagi iqtisodiyot va yengil sanoat kasb-hunar
kolleji talabasi N. Toştemirov umumtaʼlim maktabi öquvçilari Ş.
Qudratillayev va
Ş. Isoqovlar bilan jinoiy til biriktirib, savdo dökonidan 1,2 mln.
sömlik uyali telefon apparatlari va ehtiyot qismlarini öğirlaganlar.
Sodir etilgan jinoyatlari uçun uşbu guruh aʼzolari jinoiy javobgarlikka
tortildilar, albatta. Lekin afsus bilan taʼkidlaş lozimki şunday
nomaqbul guruhlarga kirib qolib, turli xil jinoyatlar, şu jumladan, oğir
jinoyatlarga qöl urayotgan voyaga yetmagan bolalar borligi ularning
taʼlim-tarbiyasidagi nuqsonlardan dalolat beradi. Bu haqda ota-onalar,
öqituvçilar, sinf rahbarlari, taʼlim muassasalarining mansabdor
şaxslari, qöyingki, barçamiz çuqur öylab, tegişli xulosa çiqarişimiz va
bunday holatlarning oldini oliş çoralarini körişimiz kerak.
Şu örinda yana bir dolzarb masalaga alohida töxtaliş lozim. Kasb-hunar
kollejlarini tamomlagan farzandlarimizning mutaxassisligi böyiça iş
bilan taʼminlanişi ularning kelajak hayotda öz örnini egallaşlarida muhim
ahamiyatga ega. Şu bois kasb-hunar kollejlari bitiruvçilarini iş bilan
taʼminlaşga qaratilgan taşkiliy-huquqiy çora-tadbirlar amalga
oşirilmoqda, tegişli mutaxassisliklar böyiça yangi iş örinlari taşkil
qilinmoqda.
Ammo nazorat tadbirlarida aniqlanişiça, kasb-hunar kollejlari
bitiruvçilarining bandligini taʼminlaş borasidagi işlar talab darajasida
taşkil etilmagani, bu jarayonda hisobotlarga qöşib yoziş, tugatilgan yoki
faoliyat yuritmayotgan korxonalar bilan soxta şartnomalar tuziş,
bitiruvçilar hali işga çiqib ulgurmasidan şartnomalarni bekor qiliş kabi
holatlar mavjud. Bunday qonunbuzişlarga yöl qöygan mansabdor şaxslardan
2300 nafardan ortiği intizomiy, maʼmuriy va moddiy javobgarlikka
tortildilar, 74 ta holat böyiça esa jinoyat işi qözğatildi.
Yoşlarni uzluksiz majburiy taʼlim bilan qamrab olinişiga salbiy taʼsir
ötkazadigan muammoli holatlardan yana biri öquvçi qizlarni, şu jumladan,
nikoh yoşiga tölmaganlarning erga berib yuborilişidir. Olib borilayotgan
tuşuntiriş işlariga qaramasdan, 2012 — 2013 öquv yilida litsey va
kollejlarda taʼlim olayotgan 2114 nafar qizlar ota-onalari tomonidan erga
berib yuborilgan, oqibatda ulardan 944 tasi öquv maşğulotlariga umuman
qatnaşmay qöygan.
Uşbu holatlar yuzasidan nikohga kirişgan şaxslarning, şuningdek, bunga
yöl qöygan ota-onalar, taʼlim, diniy muassasa xodimlarining javobgarlik
masalasi hal qilinmoqda. Lekin körilgan çoralar özining yetarli
samarasini bermayotganligi sababli bunday salbiy illatga nisbatan
qatʼiyatlilik va talabçanlikni kuçaytirişimiz kerak. Şu örinda alohida
aytiş kerakki, nikoh yoşi töğrisidagi qonunçilik talablarini buzganlik,
yaʼni nikoh yoşiga yetmagan şaxs bilan nikohga kirişiş, uni erga beriş yoki
uylantiriş, şuningdek, nikoh yoşiga yetmagan şaxs bilan nikoh tuzişga doir
diniy marosimni amalga oşiriş uçun javobgarlikni belgilovçi normalar
Oila Kodeksi, Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi va Jinoyat kodekslariga
kiritildi. Bu özgarişlar ham şu kabi huquqbuzarliklarning oldini olişga
xizmat qiladi.
Qonunlar qabul qilinyapti. Lekin bu qonunlar haqida joylarda barça
fuqarolarimiz töliq bilmasligi ham mumkin. Şu sababli huquqni muhofaza
qiluvçi organlar, hokimliklar va tegişli jamoat taşkilotlari joylarda
xalq orasida qonunlarni, ularga kiritilayotgan qöşimça va özgartişlarni
tarğib qiliş, şu jumladan, ommaviy axborot vositalarida aynan şu mavzuda
tadbirlar ötkaziş orqali tuşuntiriş işlarini doimiy ravişda olib
borişlari kerak. Fuqarolarning huquqiy madaniyatining oşişi bunday
huquqbuzarliklarning oldini oliş imkonini beradi.
Har tomonlama intellektual va jismonan rivojlangan yuksak aql-zakovatli,
barkamol avlodni tarbiyalaşdek ustuvor vazifaning naqadar muhim
ekanligini har birimiz çuqur tuşunişimiz, barça saʼy-harakatlarimizni
bunday muhim sohadagi qonunçilik talablarini töliq ijrosini taʼminlaşga,
şuningdek, mansab suiisteʼmolçiligi, poraxörlik, firibgarlik va boşqa
jinoiy faoliyatni istisno qiladigan soğlom muhit yaratişga yönaltirişimiz
zarur.
Yoş avlod tarbiyasiga har doimo eng dolzarb va ustuvor vazifa sifatida
eʼtibor qaratib kelayotgan muhtaram Prezidentimiz Islom Karimovning
"Barçangiz yaxşi bilasizki, kelajak avlod haqida qayğuriş, soğlom,
barkamol naslni tarbiyalab yetiştirişga intiliş bizning milliy
xususiyatimizdir. Bu muqaddas zaminda yaşayotgan har qaysi inson öz
farzandining baxtu saodati, fazlu kamolini köriş uçun butun hayoti
davomida kuraşadi, mehnat qiladi, özini ayamaydi”, degan fikrlari
xalqimizga xos yuksak insoniy fazilatlarning eʼtirofi bölişi bilan birga,
barçamizni şu borada yanada faol iş olib borişga daʼvat etadi.
Darhaqiqat, xalqimizga xos ana şu oliy qadriyat har doim bizlarni yoşlar
taʼlim-tarbiyasiga hayot-mamot masalasi sifatida eʼtibor qaratişga çorlaşi
şart. Zero, yoş avlodning jismonan soğlom, aqlan yetuk va maʼnan barkamol
bölib voyaga yetişi uçun barça davlat idoralari va jamoat taşkilotlari,
ona-yurt kelajagiga befarq bölmagan har bir soğlom fikrli fuqaro
masʼuldir.
Istagimiz şuki, bu ezgu niyat har bir yurtdoşimizning yuksak insoniy va fuqarolik burçiga aylansin.
Özbekiston Respublikasi Boş prokurori.
(Manba: http://xs.uz)
(Foto: http://fikr.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶