14.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
14.11.2026, 02:54
Siyosat 👁 6,239

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi QARORI

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi QARORI

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputatlari tomonidan Qoraqalpoğiston Respublikasi Amudaryo tumanida hududni rivojlantirişning eng muhim vazifalarini hal etiş, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlaş yuzasidan ötkazilgan örganiş natijalari töğrisida

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputatlarining Qoraqalpoğiston Respublikasi Amudaryo tumanida hududni rivojlantirişning eng muhim vazifalarini hal etiş hamda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlaş yuzasidan örganiş natijalarini atrofliça muhokama qilib, xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi taʼkidlaydiki, tumanda oxirgi yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, aholining turmuş darajasini yanada oşiriş, ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş borasida qator ijobiy işlar amalga oşirilgan.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktyabrdagi "Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanişini taʼminlaşga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilişga va işbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxşilaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan Kompleks çora-tadbirlar dasturining mazmun-mohiyatini keng aholi qatlamlariga yetkaziş işlariga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.

Tumanda 2016-yilda sanoat mahsulotlarini işlab çiqariş hajmi 179,5 mlrd. sömni taşkil qilib, 2015-yilga nisbatan 116,5 foizga, xalq isteʼmol tovarlari işlab çiqariş hajmi 83,3 mlrd. sömni taşkil qilib, 107,0 foizga oşgan.

Hududdagi korxonalar tomonidan 8 mln. 174 ming AQŞ dollari miqdorida meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilingan.

Tumanda 2016-yilda tijorat banklari tomonidan kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantiriş maqsadida 46 mlrd. 85 mln. söm miqdorida kredit mablağlari ajratilgan.

Şu bilan birga, örganiş natijalari tumanda hali öz yeçimini kutayotgan bir qator masalalar mavjudligini körsatmoqda.

Xususan, aholi bandligini taʼminlaş borasida tuman mutasaddi idoralarining faoliyati samaradorligini yanada oşiriş maqsadga muvofiq. Ayniqsa, ular tomonidan kasb-hunar kollejlari bitiruvçilarini iş bilan taʼminlaşda masʼuliyatsizlikka yöl qöyilmoqda. Kasb-hunar kollejlari bitiruvçilarining 99,8 foizi işga joylaştirilganligi haqidagi hisobotning haqqoniyligi tanlov asosida örganilganda, 2 nafar bitiruvçining körsatilgan korxona va taşkilotlarda işlamayotganligi aniqlandi.

Tumanda maktabgaça yoşdagi bolalar soni 18155 nafarni taşkil etib, şundan 3389 nafari (18,7 foizi) maktabgaça taʼlim muassasalari tomonidan qamrab olingan. Bundan taşqari, ayrim maktabgaça taʼlim muassasalari taʼmirga muhtoj hamda ularning moddiy-texnika bazasi talab darajasida emas.

Aholiga tibbiy xizmat körsatiş sifatini oşiriş maqsadida mavjud qişloq vraçlik punktlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş kerak. Xususan, tumandagi "Xalimbeg” qişloq vraçlik punkti taʼmirtalab ahvolda. Bu esa, öz navbatida, aholiga tibbiy xizmat körsatiş sifatiga salbiy taʼsir körsatmoqda. Şuningdek, QVPlarni malakali tibbiyot xodimlari hamda zarur dori-darmonlar bilan taʼminlaşga ehtiyoj mavjud.

Tuman aholisini toza içimlik suvi bilan taʼminlaşda jiddiy kamçiliklar mavjud. Jumladan, hududdagi 117,1 ming aholini toza içimlik suvi bilan taʼminlaşga ehtiyoj bölib, biroq bugungi kunda bu körsatkiç 38 foizni taşkil etmoqda.

Hududda aholini elektr energiyasi bilan taʼminlaşda qator muammolar mavjud. Jumladan, elektr energiyasini uzatiş liniyalari taʼmirtalab holatda hamda mavjud transformatorlarning aksariyati ortiqça yuklama bilan işlamoqda.

Tumandagi mahalliy ahamiyatga molik umumiy foydalanişdagi 269 km. avtomobil yöllarining 46,3 km. taʼmirga muhtoj.

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi faoliyatini takomillaştiriş, deputatlarning saylovçilar bilan işlaş hamda ular oldidagi masʼuliyatini oşiriş, Kengaşdagi partiya guruhlari va doimiy komissiyalarning taşabbuskorligini kuçaytiriş lozim. Tumandagi ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi mavjud muammolarni bartaraf etiş maqsadida partiya guruhlari, doimiy komissiyalar yiğilişlarida hamda sessiyada tizimli ravişda muhokama qilib boriş, şuningdek, deputatlik nazoratini kuçaytiriş zarur.

Har bir sohada qonuniylikni taʼminlaş, huquqbuzarlikning oldini oliş, inson huquqlari va manfaatlarini himoya qiliş yuzasidan prokuratura va içki işlar organlari rahbarlarining aholi oldida hisobot beriş tizimini joriy etişni hayotning özi taqozo qilmoqda.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Amudaryo tumanida hududni rivojlantirişning eng muhim vazifalarini hal etişga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini taʼminlaşga doir ötkazilgan örganiş natijalari töğrisidagi maʼlumotni atrofliça muhokama qilib, "Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga muvofiq, Qoraqalpoğiston Respublikasi xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi QAROR QILADI:

1. Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputatlari tomonidan Qoraqalpoğiston Respublikasi Amudaryo tumanida hududni rivojlantirişning eng muhim vazifalarini hal etiş, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlaş yuzasidan 2017-yil 1–6-mart kunlari ötkazgan örganiş natijalari maʼlumot uçun qabul qilinsin.

2. Amudaryo tumani hokimining (S.Yöldaşev) tumanda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputatlari tomonidan ötkazilgan örganiş natijalariga doir axboroti maʼlumot uçun qabul qilinsin.

3. Amudaryo tumani hokimligi (S.Yöldaşev) örganiş davomida aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan aniq kompleks çora-tadbirlar dasturini 10 kun muddatda işlab çiqib, uning öz vaqtida, sifatli va töliq bajarilişini taʼminlaş, tegişliligi böyiça masʼul ijroçilarning şaxsiy javobgarligini oşiriş hamda amalga oşirilgan işlar yuzasidan dasturda belgilangan muddatlarda xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşiga axborot taqdim etilişini taʼminlasin.

4. Amudaryo tumani prokurorining (F.Allaberganov) va tuman içki işlar bölimi boşliğining (Q.Ismailov) qonuniylik va huquq-tartibot, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari taʼminlanganligi holati töğrisidagi axboroti maʼlumot uçun qabul qilinsin. Ular mazkur masala yuzasidan, xususan, tumanda jinoyatçilikning oldini oliş böyiça 10 kun muddat içida tegişli çora-tadbirlar işlab çiqsin va ularning ijrosini taʼminlaş çoralarini körsin.

5. Amudaryo tumani hokimi (S.Yöldaşev), tuman prokurori (F.Allaberganov) va tuman içki işlar bölimi boşliğining (Q.Ismailov) 2017-yil 6 oylik yakunlari böyiça hisobotlari xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşida muhokama etilsin.

6. Amudaryo tumani prokuraturasi (F.Allaberganov)ga tumanda qonunlar va boşqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini fuqarolarga tuşuntiriş, ular ijrosini aniq va bir xilda bajarilişi yuzasidan nazorat samaradorligini oşiriş topşirilsin.

7. Qoraqalpoğiston Respublikasi Örta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boşqarmasidan (A.Ayapov) Amudaryo qişloq xöjalik kasb-hunar kolleji direktorining (M.Yuldaşev) iş faoliyatida yöl qöygan xato-kamçiliklari uçun uni egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalasini körib çiqiş söralsin.

8. "Amudaryotumangaz” filiali (Ş.Tajibayev)ga aholini tabiiy gaz bilan taʼminlaş hamda ularga suyultirilgan gaz ballonlarini öz vaqtida yetkazib berilişini doimiy nazoratga oliş va mavjud qarzdorlikni bartaraf etiş çoralarini köriş topşirilsin.

9. Tuman obodonlaştiriş boşqarmasi (Ş.Turayev) tuman hududidagi maişiy çiqindilarni öz vaqtida olib çiqiş çoralarini körişdagi xato-kamçiliklari uçun ogohlantirilsin.

10. "Tuyamöyin-Nukus” suv-quvurlaridan foydalaniş boşqarmasi "Amudaryo tuman suv tarmoqlari” filiali (A.Rajapov)ga aholini toza içimlik suvi bilan taʼminlaş, suv quvurlarini quriş va mavjudlarini taʼmirlaş borasida yöl qöyilgan kamçiliklarni bartaraf etiş çoralarini köriş hamda uç oy muddatda amalga oşirilgan işlar yuzasidan xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşiga axborot taqdim etiş topşirilsin.

11. Tuman tibbiyot birlaşmasi (O.Xalimov) aholiga birlamçi tibbiy-sanitariya yordami körsatilişi darajasi va sifatini, qişloq vraçlik punktlari (QVP) faoliyati samaradorligini oşiriş, şoşilinç tibbiy yordam körsatilişini yanada yaxşilaş, tibbiyot muassasalarini malakali kadrlar bilan taʼminlaşga jiddiy eʼtibor qaratiş topşirilsin hamda 2017-yil 6 oylik yakunlari böyiça amalga oşirilgan işlar töğrisidagi hisoboti xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi sessiyasi majlisida körib çiqilsin.

12. Tuman bandlikka kömaklaşiş markazi (A.Xujamuratov)ga tumanda 2017-yilga aholi bandligi Dasturi parametrlarining öz vaqtida, sifatli va töliq bajarilişini monitoring qilib boriş va aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş çoralarini köriş topşirilsin.

2017 yil 6 oylik yakunlari böyiça amalga oşirilgan işlar töğrisida Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi sessiyasida hisobotini eşitiş belgilab qöyilsin.

13. Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi, uning doimiy komissiyalari raislari va partiya guruhlari aʼzolari öz vakolatlari doirasida Kengaş va uning doimiy komissiyalari faoliyatini yanada takomillaştirsin, qonunda belgilangan vakolatlaridan samarali foydalanişini doimiy tahlil va muhokama qilib borsin.

14. Tuman hokimi, prokurori va içki işlar bölimi boşliği hamda boşqa masʼul taşkilotlar, muassasalar rahbarlari xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining mazkur Qarori ijro etilişi yuzasidan joriy yilning 1-iyul va 1-dekabr holatiga köra axborot bersin.

15. Uşbu qaror "Taraqqiyot közgusi” gazetasida va tuman hokimligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.

16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qiliş xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining doimiy komissiyalari zimmasiga yuklatilsin.

17. Uşbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuçga kiradi.

Sessiya raisi: 24-sonli "Oq oltin” saylov okrugidan deputat R.Urazbayev.

Sessiya kotibi: 17-sonli "Bözyop” saylov okrugidan deputat G.Matyakubova.

2017-yil 6-mart. 111/30-05-son.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026