12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 22:43
Siyosat 👁 3,177

Özbekiston ğallakorlariga

Özbekiston ğallakorlariga

Qadrli döstlar!

Siz, aziz dehqon va fermerlarimizni, barça dala mehnatkaşlarini rizq-rözimiz va boyligimiz manbai, dasturxonlarimizning tökinligi, töqçilik belgisi bölmiş ğalladan 7 million 610 ming tonnadan ziyod yuksak xirmon bunyod etib, ulkan mehnat ğalabasini qölga kiritganingiz bilan çin qalbimdan muborakbod etaman.

Bugun Özbekiston qişloq xöjaligi tarixida birinçi bor mana şunday misli körilmagan natijaga erişib, köpçilik viloyat va tumanlarda, fermer xöjaliklarida hosildorlikni yuksak darajaga yetkazganimiz fidoyi dehqon va fermerlarimiz qanday buyuk işlarga qodir ekanini namoyon etib, butun xalqimizning kayfiyati va ruhini kötardi, desak, heç qanday mubolağa bölmaydi.

Xalqimizga mansub bölgan azaliy qadriyatga köra, nonni aziz va tabarruk neʼmat sifatida qadrlab, eʼzozlab, uni doimo köziga tötiyo qilib yaşaydigan el-yurtimiz bu yutuq qanday oğir va maşaqqatli mehnatingiz, azmu şijoatingiz evaziga qölga kiritilganini yaxşi biladi va yuksak baholaydi.

Haqiqatan ham, bu yilgi mavsumda örtaça hosildorlikni 55 tsentnerga yetkazganingiz, ötgan yilga nisbatan qariyb 500 ming tonna köp ğalla olişga erişganingiz har qança tahsin va tasannolarga munosibdir.

Aziz döstlarim, qadrdonlarim!

Joriy yilda barpo etilgan ulkan ğalla xirmonini 90-yillarda mamlakatimizda şu borada mavjud bölgan holat bilan qiyoslab, soliştiradigan bölsak, bizning tarixan qisqa davrda tasavvur qilişning özi ham qiyin bölgan buyuk yölni bosib ötganimiz, bu ğalabaning naqadar yuksak, yurtimiz uçun naqadar qadrli ekani yana va yana bir bor ayon böladi.

1991-yilda, Özbekiston endi mustaqillikka erişgan kunlarda ölkamizda jami 940 ming tonna ğalla yetiştirilib, örtaça hosildorlik bor-yöği 17 tsentnerni taşkil etganini, respublikamiz don va un taʼminoti böyiça butunlay Markazga qaram bölib kun keçirganini özimizga faraz qilsak, ötgan yillar mobaynida ğalla mustaqilligini qölga kiritganimiz, hosildorlik 3 karradan köproq oşgani, umumiy hosil 7 barobardan ziyod köpaygani, hozirgi vaqtda nafaqat öz ehtiyojimizni taʼminlaş, ayni paytda xorijiy davlatlarga don eksport qilişga erişganimiz bizning qanday yuksak marralarni zabt etganimizdan yaqqol dalolat beradi va özgalarning hayratini tortadi.

Albatta, qölga kiritilgan bunday ulkan natijalarning asosiy omil va mezonlari nimalardan iborat, degan tabiiy savol tuğiladi.

Mustaqillikning dastlabki yillaridan boşlab bizning bugungi kunda dunyo hamjamiyati tomonidan eʼtirof etilgan, rivojlanişning "özbek modeli” deb nom olgan taraqqiyot yölini, demokratlaştiriş va yangilaniş yölini tanlaganimiz, xalqimizning hayot darajasi va sifatini yuksaltiriş maqsadida çuqur öylangan, keng kölamli islohot va özgarişlarni avvalo iqtisodiyotning yetakçi tarmoği bölmiş qişloq xöjaligidan boşlaganimiz mana şunday yutuqlarimizning negizini taşkil etmoqda, desak, ayni haqiqatni aytgan bölamiz.

Özini oqlamagan eski tizimning özagi bölgan mulkçilik şakllaridan voz keçib, bozor munosabatlari va xususiy mulkçilikni joriy etganimiz qişloq xöjaligida mutlaqo yangi işlab çiqariş munosabatlarini rivoj toptirişda, eng muhimi, qişloq ahlining butunlay yangiça fikrlaş, öz mehnatiga yangiça qaraşini şakllantirişda eng asosiy va muhim omil böldi.

Şu borada fermerlik harakatiga keng yöl oçib berganimiz, uni mustahkamlaş va taraqqiy ettiriş uçun huquqiy, taşkiliy va moliyaviy zamin yaratib berganimiz, bu harakatni har tomonlama rağbatlantirib, qöllab-quvvatlaganimiz bugungi kunda uning qişloq xöjaligida çindan ham hal qiluvçi kuç bölib maydonga çiqişida, dehqon özini haqiqiy yer egasi, mulk sohibi deb his qilişida, fermerlarni, taʼbir joiz bölsa, jamiyatimizning tayançiga aylantirişda beqiyos ahamiyat kasb etdi.

Şu maʼnoda, barçamizni boqadigan, jamiki noz-neʼmat va boyliklarning bunyodkori bölmiş dehqon va fermerlarimizning dunyoqaraşi, ongu tafakkuri, hayotga munosabati, siyosiy saviyasi va ijtimoiy faolligi yuksalib borayotgani bugun qölga kiritayotgan ulkan marralarimizning asosiy şarti va garovi bölmoqda, desak, heç qanday xato bölmaydi.

Aytiş kerakki, bu yilgi mavsum ötgan mavsumlarga nisbatan oson bölgani yöq. Ğallakorlarimiz tabiat va iqlim qiyinçiliklari bilan boğliq turli sinovlarni yengib ötişlariga töğri keldi. Qiş faslida havoning sovuqlik darajasi meʼyoridan ortiq bölgani, mart oyida esa haroratning odatdagidan köra pasayib ketgani, döl va jalalar yoğişi dehqonlarimiz uçun jiddiy taşviş va muammolar tuğdirdi.

Ayni şunday murakkab şaroitda dala mehnatkaşlari avvalo işni töğri taşkil qiliş, zamonaviy agrotexnologiyalardan samarali foydalaniş hisobidan hosilni saqlab qolişga va belgilangan marralarni egallaşga muvaffaq böldilar.

Bu haqda gapirganda, mavsum davomida ğallazorlarga jami 12 million tonna, har gektar maydonga örtaça 10 tonnadan ortiq mahalliy öğit berilgani, dehqonlarimizning har tup köçat ustida parvona bölib, özini ayamasdan mehnat qilganini minnatdorlik bilan taʼkidlaş lozim.

Albatta, mana şunday yuksak xirmon yaratişga erişganimizning omillari haqida söz yuritganda, oxirgi yillarda yerlarning meliorativ holatini yaxşilaş, selektsiya işlarini töğri yölga qöyiş, ğalla navlarini har bir hududning iqlim va tuproq şaroitini, suv bilan taʼminlaniş darajasini inobatga olgan holda joylaştiriş, zamonaviy texnika, yangi kombaynlar, mineral öğitlar, yoqilği-moylaş materiallarini öz vaqtida yetkazib beriş, haşorat va zararkunandalarga qarşi kuraşiş – albatta, bularning barçasi amaliy samarasini berganini unutmasligimiz kerak.

Işning közini bilib amalga oşirilgan ana şunday muhim çora-tadbirlar tufayli barça viloyat, jumladan, nisbatan oğir şaroitda bölgan Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyati ğallakorlari ham davlatga don sotiş şartnoma majburiyatini bajarişga erişdilar. Ayniqsa, Qaşqadaryo, Andijon, Samarqand, Namangan, Farğona, Buxoro va Toşkent viloyatlarida suğoriladigan yerlarda hosildorlik örtaça 57-63 tsentnerni taşkil qilganini bu yilgi mavsumning eng muhim natijasi sifatida baholaş örinlidir.

Boşqalarga ibrat va namuna bölgan Uçqörğon, Norin, Uyçi, Sariosiyo, Vobkent, Yakkaboğ, Qarşi, Oltinköl, Iştixon, Paxtaobod, Izboskan, Baliqçi, Oqdaryo, Uçköprik, Koson, Döstlik, Romitan, Toşloq, Furqat, Piskent, Yuqoriçirçiq, Xatirçi tumanlarida hosildorlik 60-75 tsentnerdan oşganini alohida qayd etiş joiz.

Kattaqörğon tumanidagi "Hosil”, "Şakar ota”, Uçköprik tumanidagi "Farovon hayot sari”, Norin tumanidagi "Ahmadjon Alijon ota öğli”, Uçqörğon tumanidagi "Gulxumor”, Buvayda tumanidagi "Yoqubjon ota”, Oltinköl tumanidagi "Namuna serhosil yeri”, Jondor tumanidagi "Baxtiyor Yaraş öğli”, Döstlik tumanidagi "Omonturdi ota”, Xatirçi tumanidagi "Tasmaçi iqboli”, Örtaçirçiq tumanidagi "Ibrohim Abdurahmonov” kabi önlab fermer xöjaliklarida gektaridan 100 tsentner va undan oşirib hosil olingani yurtimiz dehqonlarining haqiqiy omilkorlik fazilatlari va mehnat jasoratining yana bir amaliy ifodasi böldi.

Eng asosiysi, yetiştirilgan jami hosilning qariyb 50 foizi yoki 3 million 524 ming tonnasi fermer xöjaliklari ixtiyorida qoldirilganini dehqonlarning omborlari donga, rözğorlari qut-barakaga tölib borayotgani, ular öz mehnatidan katta manfaat körayotganining yorqin dalili sifatida qabul qilamiz.
Qadrli va muhtaram döstlarim!

Işonçim komil – bugungi quvonçli ayyomda siz, aziz ğallakorlarimiz, dehqon va fermerlarimiz erişgan bu ulkan ğalaba Özbekistonimizda kattayu kiçik barçani, kasbu kori, vazifasidan qatʼi nazar, heç kimni befarq qoldirmaydi.

Bugun el-yurtimizning tilida va dilida sizlarning şaʼningizga bağişlab, "Barakalla, barçamizni qoyil qoldirdingiz, heç qaçon kam bölmang!” deb aytiladigan his-tuyğular, ezgu tilaklar mujassam, desam, öylaymanki, yanglişmagan bölaman.

Mana şunday xursandçilik kunda siz, mirişkor dehqon va fermerlarni, mexanizator va kombaynçilarni, qişloq xöjaligi mutaxassislarini, yuksak xirmonga munosib hissa qöşgan barça-barça yurtdoşlarimizni bağrimga bosib, yana bir bor samimiy tabriklayman.

Fidokorona va halol mehnatingiz uçun öz nomimdan, butun xalqimiz nomidan taʼzim qilaman.

Doimo soğ-omon böling, azizlarim, qadrdonlarim!

Gözal va betakror, muqaddas Vatanimizni, zahmatkaş va olijanob xalqimizni Yaratganimiz doimo öz panohida asrasin!

Islom Karimov,
Özbekiston Respublikasi Prezidenti

Manba: http://uza.uz

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026