Kunlardan bir kun Örozali Reyimov...
Dilkaş, hazilkaş va quvnoq inson, ustozimiz Örozali Reyimov har doim davralarga fayz kiritib, atrofidagilarga kulgu, tabassum «yuqtirib» yuradi. Özi quvnoq bölganidanmi, hayotda u bilan boğliq juda köp kulguli voqealar sodir bölib turadi. Quyida ulardan baʼzilarini Sizning eʼtiboringizga havola qilmoqçimiz.
Örozali Reyimov «Amudaryo haqiqati» gazetasi tahririyatiga işga yangi kirgan kunlarning birida navbatçilik ham uning «çekiga» tuşdi. Boz ustiga, qandaydir mavzuda tanqidiy maqolani boşlab qöygan edi, şoşa-pişa tugatib, terişga berdi.
Ertasiga ertalab hamkasblaridan biri boşini quyi solib ötirgan Örozali oğaga:
– Ha, Örozali oğa, navbatçilik qiyin ekanmi? – dedi hazillaşib.
– Yöq, nega unday deysan?
– Şunda nega «mulgib» ötiribsiz, içgan odamday?
– «Bang»ning («Naşa», demoqçi. Tahr.) kuçi, – dedi Örozali oğa jiddiy ohangda va hamkasbining qöliga yangi çop qilingan gazetani tutqazdi.
Hayron bölgan hamkasbi, Örozali oğaning maqolasi ustidagi sarlavhani öqib, gap nimadaligini tuşundi va kulib yubordi.
Tanqidiy maqolaning «Muxbirimiz bong uradi» degan rukni xatolik tufayli «Muxbirimiz bang uradi» bölib ketgan ekan...
* * *
Örozali Reyimov Qoraqalpoğiston televideniyesida işlab yurgan kezlari qişloq xöjaligi korxonalarida şör yuviş işlarining borişi haqida lavha tayyorlab, «Xabar» dasturiga jönatdi.
Lavha efirga ketgaç, zum ötmay, rahbardan qönğiroq böldi:
– «Amudaryo tumani dehqonlari yerlarni suv bilan suğormoqda» degan jumlani qanday tuşunsak böladi? – dedi rahbar salomalikdan keyin.
– Töğri-ku, tumanda suğoriş işlari allaqaçon boşlab yuborildi, yakunlanay deb qoldi, – dedi yoş muxbir boşliqning maqsadiga tuşunmay.
– Şunda ne, Amudaryodan boşqa tumanlarda yerni suv bilan emas, kerosin bilan suğorişadimi?..
Yoş muxbir yana bir marta şu kabi «qovun tuşirdi».
– «Falon maktabda uzunlikka yuguriş böyiça musobaqa ötkazildi, debsiz? – «Yuqoridan» qönğiroq qilgan kişi kulib, uşbu jumladan hayronligini bildirdi: – Nima, odatda kesasiga yugurişarmidi?
* * *
Bir kuni Qoraqalpoğiston telekanali xodimlarini Toşkentdan kelgan mutaxassislar attestatsiyadan ötkazadigan bölişdi.
– 3 ta savol beradi. Savollari qiyin, lekin heç bölmasa bittasiga javob bersangiz, öz vazifangizda qolasiz, – dedi attestatsiyaga masʼul xodim.
Navbat yetib, Örozali oğa içkariga kirdi.
– Familiyangiz?
– Reyimov, – dedi Örozali oğa kulib.
– Nimaga kulasiz, kulguli iş böldimi? – dedi qovoği soliq hayʼat raisi.
– Uç savoldan bittasini bilgan ham attestatsiyadan ötadi, deyişgandi. Ötganimga xursand bölib kulyapman...
Xonadagilarning hammasi, şu jumladan, körinişidan ança jiddiy, bir neça odamni «qulatgan» hayʼat raisi ham kulib yubordi.
– Bu bolaga gap yöq, uni imtihon qilişning ham keragi yöq, attestatsiyadan ötding, – dedi kulgidan özini töxtata olmayotgan rais.
* * *
Bir kuni Örozali Reyimov tumanda ötkazilgan «Navröz» bayramidan lavha tayyorlab, Nukusga yöl oldi. Şoşib borsa, «Xabar» tahririyati xonasida 7-8 nafar hamkasblari navbat kutib ötirgan ekan.
– Bilaman, hamma muxbir tumanidagi bayramni bugun, birinçi bölib efirga uzatgisi keladi. Lekin vaqt ölçangan. Bor-yöği 3 ta tumanning reportajini bugun efirga uzata olamiz. Qolganlari ham navbat bilan şu hafta içida çiqadi, – dedi tahririyatda işlovçi masʼul muharrir.
Muxbirlar şu «uçtalik»ka kiriş uçun gap talaşib ketişdi. Kimdir tumanidagi bayramga Respublika rahbariyati vakillari qatnaşganini aytsa, yana kimdir navbatga birinçi bölib turganini peş qildi.
– Örtoqlar, dedi Örozali Reyimov. Kap-katta odamlar, bunça tortişasizlar? Menda bir taklif bor, hammaga tenglik bölsin. Keling, bayram qaysi tumanda bölgan bölsa, alifbo tartibida öşa tumanning bayrami efirga ketsin. Avval Amudaryo, söng Beruniy... Nima dedingiz?..

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶