Jamiyat
👁 9,206
Partiya va yoshlar
O’zLiDeP tuman Kengashi tomonidan yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli
oʻtkazish, kam taʼminlangan, ijtmioy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari
uchun turli koʻngilochar tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda. Xususan, 1-iyun -
Xalkaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Mangʻit shahri
markazidagi istirohat bogʻida oʻtkazilgan ana shunday tadbirlardan biri kam
taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlariga miriqib
dam oldilar. Tadbirda partiya faollari tomonidan bolalarga sovgʻalar
berildi. Kam taʼminlangan oilalarning 12 nafar farzandi istirohat
bogʻidagi har xil attraktsion oʻyinlarda bepul ishtirok qilishib, madaniy
hordiq chiqardilar.


***
Shuningdek, partiyaning tuman Kengashi tomonidan shu yil 7-iyun kuni Mangʻit iqtisodiyot kasb-hunar kollejida yoshlarni, ayniqsa uyushmagan yoshlarni turli tugarak va mashgʻulotlarga jalb qilish boʻyicha tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirni O’zLiDeP tuman Kengashi rahbari M.Kazakov ochdi va olib bordi. Tadbirda O’zLiDeP Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi Kutliboy Beknazarov, O’zLiDeP Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi yoshlar bilan ishlash boʻlimi yetakchi konsultanti Zulxandiyar Kidirniyazov, sportning muay-tay yoʻnalishi boʻyicha ikki karra jahon chempioni Jahongir Yuldashev, karate-do buyicha jaxon chempioni, Zulfiya mukofoti sovrindori Aziza Bayjigitova, karate boʻyicha Respublika chempionlari Javlon Eshimov, Joʻrabek Eshimov, AzamatAminboyevlar "Olmazor”, "Gulzor” mahalla fuqarolar yigʻinidagi uyushmagan yoshlar hamda kollej oʻquvchilari qatnashdilar. Tadbirda soʻzga chiqqanlar Oʻzbekistonning dunyo miqyosida sport orqali qoʻlga kiritgan yutuqlari toʻgʻrisida kengdan toʻxtalib oʻtdilar. Chempionlar chempionlik shoxsupasiga koʻtarilgan onlari koʻngillaridan kechgan Vatanga muhabbat tuygʻulari, qaysi davlatlarga borganliklari toʻgʻrisida toʻlib-toshib gapirib berdilar. Tadbir qatnashchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga toʻliq javob oldilar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶