GIYoHVANDLIK – INSON HAYoTINING KUŞANDASI
Giyohvandlik – inson salomatligi va uning taqdiri hamda jamiyat uçun eng xavfli odat hisoblanadi.
Har bir giyohvand öz xohiş-irodasi bilan yoki öziga boğliq bölmagan xolda, özining kayfiyatini kötariş, emotsional holatini yaxşilaş uçun giyohvand moddaga xaddan taşqari kuçli ehtiyoj sezadi. Giyohvand moddalarni dastlabki paytda isteʼmol qilişdan maqsad, odamlarning özlarini bezovta qilayotgan hislardan – çarçoqlik va hayotdan qoniqmaslik, şuningdek ruhiy qaşşoqlik kabi hissiyotlar iskanjasidan vaqtinçalik bölsa ham qutilişdir.
Umuman olganda, har bir inson öz hayotidan qoniqiş hosil qilib, ijobiy sezgilar oğuşida yaşaşga intilişi tuşunarli va tabiiy holdir. Biroq bunday ijobiy hissiyotlarni sezişga intiliş, qoniqiş hosil qiliş, hayotda osonlikça erişib bölmaydigan, katta hajmdagi, murakkab işlarni bajariş bilan boğliq tinimsiz mehnat qilişni talab etadigan jarayondir. Hayotda hamma ham birdek bunday şarafga muyassar bölolmaydi. Oqibatda öz irodasini boşqara olmaydigan ayrim kişilar hayotdan qoniqiş hosil qiliş, şirin xayollar oğuşida yaşaşning oson yölini axtaradilar. Bu yöl – giyohvandlikka ruju qöyiş yölidir.
Giyohvandlikka olib keluvçi omillar qatorida ayrim odamlarga xos irodasizlik, şuningdek özining nuqsonli tabiati, qobiliyatsizligi tufayli odamlar örtasida muloqot örnata olmaslik kabi salbiy taʼsirlardan qutilişga intiliş singari holatlarni körsatib ötiş mumkin. Ösmirlarda esa giyohvand moddalarni isteʼmol qiluvçi kattalarga taqlid qilişga moyillik, giyohvand moddalarning «möʼjizali taʼsiri»ga işonuvçanlik, köpçilikning irodasiga sözsiz böysuniş kabi xususiyatlar, ularning uşbu oğu tuzoğiga tuşib qolişiga sabab böladi. Giyohvandlar narkotik moddalarga dastlab ruhan, söngra jismonan boğlanib qoladilar. Ruhiy boğlaniş deganda, insonning giyohvand moddalar taʼsirida dastlab his etgan, yoqimli sezgi va keçinmalarini yana qaytadan his etişga intiliş tuşuniladi. Ana şu dastlabki bosqiçdayoq, organizmning talabini u yoki bu sabablarga köra qondira olmaslik, bemor kayfiyatining buzilişi, yaʼni depressiya holatini keltirib çiqaradi va unda narkotik moddaga boğlaniş paydo böla boşlaydi. Bu bosqiçda nevroz alomatlari közga taşlanib, jahlning tez çiqişi, çarçaş, fikrning tarqoqligi, sezuvçanlikning ortişi, vegetativ asab tizimi faoliyati buziliş belgilari paydo böladi.
Giyohvand moddalarni muttasil isteʼmol qiliş inson şaxsini qaşşoqlaştiradi, irodasini böşaştiradi, mehnat qiliş qobiliyatini pasaytiradi. Giyohvand moddalar taʼsirida asab tizimi hujayralari halok böladi, organizmning immun himoya xususiyati pasayadi, xavfli ösmalar (rak) ösişi faollaşadi, inson umri qisqaradi. Bunday odamlar bevaqt ölimga mahkumdirlar.
Giyohvand moddalarni isteʼmol qiliş inson şaxsining yemirilişiga olib keladi, şaxsning jamiyat bilan aloqasi buzilib, turmuşda va jamiyatda axloqiy nopokliklarga yöl qöyadi, jinoyatlarning ösişiga sababçi böladi. Giyohvandlik – öta xavfli kasallik bölgan OITS (SPID) kasalligini tarqatuvçi asosiy manbaadir. Giyohvand moddalarni isteʼmol qiluvçilar jamiyat uçun ham, öz şaxsi uçun ham «men»i yöqotilgan, deb hisoblanadi. Bundaylarning kelajagi yöq.
Giyohvandlikka qarşi kuraş: giyohvand moddalarni isteʼmol qilişni man etiş, tarkibida giyohvand moddalari bölgan ösimlik turlarini östirişni taʼqiqlaş, giyohvandlarni öz vaqtida aniqlaş işiga keng jamoatçilikni jalb qiliş, davlat çegaralari orqali giyohvand moddalarni olib ötişga tösiq yaratiş, giyohvandlarni davolaş kabi çora-tadbirlarni amalga oşiriş yöli bilan olib boriladi.
Eng muhimi, giyohvandlik – umr zavoli ekanini har kim anglab yetişi lozim. Şundagina bu illatning oldi olinadi.
O.HALIMOV, tuman Tibbiyot birlaşmasi boşliği, tibbiyot fanlari nomzodi.
(Foto - http://uchquduq-gazeta.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶