29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 15:42
Siyosat 👁 4,360

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining oʻttiz toʻrtinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOROT

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining oʻttiz toʻrtinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOROT

2017-yil 25-iyul kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining oʻttiz toʻrtinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiyani tuman Kengashi raisi, tuman hokimi S.Yoʻldoshev ochdi va olib bordi.

Sessiya kun tartibiga "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 12-iyulda boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishidagi "Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi boʻlishi kerak” deb nomlangan maʼruzasidan kelib chiqadigan ustuvor vazifalarni amalga oshirish toʻgʻrisida”gi, shuningdek, tuman ichki ishlar boʻlimi va tibbiyot birlashmasi boshliqlari, tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarining hisobotlari haqidagi masalalar havola qilindi.

Sessiya avvalida 2017 yil 12-iyulda boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishidan tayyorlangan lavha namoyish qilindi. Soʻngra tuman Kengashidagi har bir siyosiy partiyaning deputatlik guruhlari aʼzolari soʻzga chiqib, Prezidentimiz maʼruzasidan kelib chiqadigan vazifalarni samarali amalga oshirish boʻyicha xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining chora-tadbirlar rejasini amalga oshirishda faollik koʻrsatishini aytib oʻtdilar.

Kun tartibidagi ikkinchi masala, yaʼni huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida tuman ichki ishlar boʻlimi tomonidan olib borilayotgan ishlar boʻyicha tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Q.Ismailov hisobot berdi.

Hisobotda taʼkidlanganidek, 2017-yilning birinchi yarmida tuman boʻyicha umumiy jinoyatchilik 92 tadan 90 taga kamaydi. 17 ta ovul va mahallalarda birorta ham jinoyat sodir etilmadi. Ammo, tumanda ayrim jinoyatlarning, jumladan, qasddan badanga ogʻir tan jarohati yetkazish, talonchilik, bezorilik, ogʻir oqibatli yoʻl-transport xodicasi, firibgarlik, qurol, oʻq-dori, portlovchi moddalar yoki portlash qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish kabi jinoyatlar oʻsishiga yoʻl qoʻyilgan. Hisobotda bu kabi kamchiliklarning oldini olish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Kun tartibidagi navbatdagi masala – aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish borasida tumanda olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻining oʻrinbosari X.Tajimov hisobot berdi.

Hisobotda qayd qilinganidek, Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan tibbiyot sohasini isloh qilishning ustuvor vazifalarini samarali amalga oshirish maqsadida tumanda mavjud 19 ta qishloq vrachlik  punktlari keng jamoatchilik fakrini  inobatga olgan holda maqbullashtirilishi natijasida 7  ta qishloq oilaviy poliklinikasi tashkil etildi hamda 2 ta qishloq vrachlik punkti saqlanib qolindi.  Faoliyati tugatilgan 10 ta qishloq vrachlik punktlarining binolari xizmat uy-joyi sifatida vaqtinchallik shifokorlarga foydalanish uchun topshirildi. 7 ta qishloq oilaviy poliklinikalarida va 2 ta QVPda ijtimoiy dorixonalar tashkil qilindi. Ushbu dorixonalarda 116 nomdagi mahalliy va 227 turdagi chet elda ishlab chiqarilgan dori vositalarining cheklangan narxlarda sotilishi yoʻlga qoʻyilgan. 2017-2019-yillarda tumandagi qishloq oilaviy poliklinikalari binolarida jami 3 mlrd. 685 mln. soʻmlik taʼmirlash ishlarini amalga oshirish boʻyicha takliflar berildi.

Maʼruzada sohada amalga oshirilgan ijobiy ishlar bilan birga, yechimini kutayotgan masalalar ham borligi qayd etildi va ularni samarali hal qilish yoʻllari xususida soʻz yuritildi.

Kun tartibidagi toʻrtinchi masala – yoshlar bilan ishlash sohasida tumanda olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari A.Yuldashev hisobot berdi.

Hisobotda bugungi kunda tumanimiz aholisining 55 613 nafari 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar boʻlib, hozirda ularning 28 600 nafari yoshlar ittifoqiga aʼzo ekani qayd etib oʻtildi. Yangi tashkil qilingan Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqiga barcha yoshlarni, ayniqsa uyushmagan yoshlarni aʼzo qilish, ularni davlat va jamiyat ishlarida faol ishtirok etishga jalb etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida ham axborot berildi.

Sessiyada Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari B.Kenjayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bosh mutaxassisi D.Bekbayevalar ishtirok etdi va nutq soʻzladi.

Kun tartibidagi barcha masalalar boʻyicha faol munozaralar, savol-javoblar boʻlib oʻtdi. Deputatlar tomonidan bildirilgan taklif, fikr va mulohazalarni inobatga olgan holda tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.

Tuman hokimligining axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026