14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 17:51
Siyosat 👁 4,784

Amudaryo tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi O.Xalimovning “Aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish borasida tumanda olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi hisoboti haqida

Amudaryo tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi O.Xalimovning “Aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish borasida tumanda olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi hisoboti haqida

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi

_____________________________________________________________

QARORI

  2017-yil 25-iyul                                              № 126/34-05

 

Amudaryo tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi O.Xalimovning "Aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish borasida tumanda olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi hisoboti haqida

 

Amudaryo tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi O.Xalimovning "Aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish borasida tumanda olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi hisobotini muhokama qilib, xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi taʼkidlaydiki, mamlakatimizda aholining sogʻligʻini saqlash, ularga malakali tibbiy xizmat koʻrsatish tizimini shakllantirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish kabi yoʻnalishlarda keng koʻlamli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.

Davlatimiz Rahbari Sh.M.Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 5 yanvar, 7 fevral, 30 mart va 6 iyul kunlari sogʻliqni saqlash tizimini yanada isloh qilish masalalariga bagʻishlab oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishlarida belgilab berilgan vazifalar mamlakatimizda sogʻliqni saqlash sohasida olib borilayotgan ishlarni mutlaqo yangi sifat bosqichiga olib chiqdi.

Mazkur vazifalarni samarali bajarish maqsadida tumanda ham muayyan ishlar olib borilgan. Xususan, tumanda mavjud boʻlgan 19 ta qishloq vrachlik punktini keng jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda maqbullashtirish natijasida 7 ta qishloq oilaviy poliklinikasi tashkil etilgan hamda 2 ta qishloq vrachlik punkti saqlanib qolingan, shundan 10 tasida xizmat uy-joyi qilib, shifokorlarga foydalanish uchun topshirilgan.

Tumanda faoliyat koʻrsatayotgan barcha birlamchi tibbiyot muassasalarining ish vaqti soat 8-00 dan 20-00 gacha qilib oʻzgartirilgan, buning natijasida aholiga muayyan qulayliklar yaratib berilganligi ular tomonidan eʼtirof etilmoqda.

Shuningdek tuman tez tibbiy yordam boʻlimining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda tuman aholisining koʻrsatilayotgan tez tibbiy yordami xizmati sifatini oshirish maqsadida tez tibbiy yordam boʻlimi yangi 1 ta "Nissan” rusumli reanimatsion sanitar avtotransporti 1 ta "Damas” rusumli sanitar avtomashina, tez tibbiy yordam brigadalari esa 47 turdagi dori vositalari va tibbiyot uskunalari bilan taʼminlangan.

Bundan tashqari, tez tibbiy yordam chaqiruvlarining tezroq bajarilishini taʼminlash maqsadida barcha 6 ta tez tibbiy yordam avtomashinasi GPS navigatorlari bilan jihozlangan. Natijada tez yordam xizmatida chaqiriqlarga           15 daqiqadan ortiq kechikish holatlari qariyb 85 foizga kamayishiga erishilgan.

Patronaj hamshiralari tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish borasida ularning bir kunda kamida 6 tadan xonadonga borishi tizimli yoʻlga qoʻyilgan va nazoratga olingan. Shuningdek tumandagi barcha xonadonlarga patronaj hamshirasi va hududiy shifokor, ular bilan bogʻlanish uchun telefon raqamlari, qabul vaqti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan tashrif qogʻozlari yetkazib berilgan.

Tumanda sogʻliqni saqlash sohasida olib borilayotgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda, oʻz yechimini hanuzgacha topmagan bir qator muammolar mavjudligi kuzatilmoqda.

Xususan, tumandagi aksariyat tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasi talab darajasida emas. Masalan, 1 ta qishloq vrachlik punkti binosi bugungi kunda joriy taʼmirga muhtoj, 4 ta qishloq oilaviy poliklinikasi binolari haligacha taʼmirlanmagan.

Sohada bir qator muayyan ishlar amalga oshirilishi bilan birga oʻz yechimini topishi zarur boʻlgan muammoli masalalar ham uchramoqda.

Tumanda yangidan tashkil etilgan 7 ta oilaviy poliklinikalarini zamonaviy UZI apparatlari bilan taʼminlash zarur. Shuningdek, bugungi kunda tibbiyot sohasida eng dolzarb muammolardan biri boʻlgan kadrlar masalasi ham tumanda sogʻliqni saqlash tizimini yaxshilashga toʻsiq boʻlib kelmoqda. Yangidan tashkil qilingan oilaviy poliklinikalarida vrachlar yetishmovchiligi mavjud, bular 16 umumiy amaliyot shifokorlari, 2 vrach-rentgenologlar, 2 vrach-laborantlar, 5 tez-tibbiy yordam koʻrsatish shifokorlari, 5 reanimatolog shifokorlari. Eng koʻp vakant lavozimlar 2-sonli, 3-sonli qishloq oilaviy poliklinikalari hamda Berdax qishloq vrachlik punktlariga toʻgʻri keladi.

Amudaryo tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi O.Xalimovning "Aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish borasida tumanda olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi hisobotini muhokama qilib, "Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq, xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi

 

QAROR QILADI:

 

1. Amudaryo tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi O.Xalimovning "Aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish borasida tumanda olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. Amudaryo tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi O.Xalimov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida belgilangan tadbirlarning ijrosini taʼminlashda ijobiy natijalarga erishganligi hamda mavjud muammolarni hal qilishda tashkiliy chora-tadlbirlarni amalga oshirgani uchun uning faoliyati qoniqarli deb xisoblansin.

3. Tuman tibbiyot birlashmasi (O.Xalimov):

oʻn besh kunlik muddatdatuman tez tibbiy yordam shohobchalarining moddiy-texnika holatini qayta oʻrganib chiqib, ularning faoliyatini samarali tashkil etish uchun zarur jihozlar hamda orgtexnika vositalari bilan taʼminlash yuzasidan tuman moliya boʻlimi (B.Kamalov) bilan kelishgan holda asoslantirilgan takliflar ishlab chiqsin hamda tegishli tartibda tuman xokimligiga kiritilishini taʼminlasin;

tumanda tibbiyot muassasalaridagi boʻsh shtat birliklarini sohaning tajribali mutaxassislari bilan toʻldirish maqsadida nafaqadagi va har xil sabablarga koʻra sohada faoliyat koʻrsatmayotgan yuqori malakali shifokorlarni vrach bilan taʼminlanmagan qishloq oilaviy poliklinikalariga va qishloq vrachlik punktlariga ishga jalb qilish choralari koʻrsin;

oʻn kunlik muddatdatuman tibbiyot birlashmasida tibbiyot uskunalariga boʻlgan haqiqiy ehtiyojni aniqlab, yetishmaydigan uskunalar roʻyxatini shakllantirsin hamda amaliy yordam koʻrsatish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga kiritsin;

yigirma kunlik muddatdatumanda ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatga muhtoj boʻlgan fuqarolar roʻyxatini shakllantirib, Nukus shaxridagi respublika tibbiyot muassasalaridan yetakchi mutaxassislarni tumanga taklif etish yuzasidan takliflarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga taqdim etsin;

aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat holati, kasalliklarning oldini olish, ayollar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, birlamchi va tez tibbiy yordamni koʻrsatish sifatini yaxshilash borasida samarali tadbirlarni oʻtkazib borsin xamda tuman kengashi sessiyalarida xar oyda bir marta, mahalla fuqarolar yigʻinlarida tegishli oilaviy poliklinika va qishloq vrachlik poliklinika rahbarlarining har 15 kunda hisobot berib borishini taʼminlasin;

aholining tibbiy madaniyatini oshirish maqsadida joylarda muntazam ravishda reproduktiv salomatlik, kasalliklar profilaktikasi, nikohdan oldingi tibbiy koʻrikning ahamiyati kabi masalalar yuzasidan targʻibot-tashviqot ishlarini kuchaytirsin.

4. Tuman moliya boʻlimi (B.Kamalov) tuman tibbiyot birlashmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda tuman tez tibbiy yordam shohobchalari uchun zarur jihozlar, mebellar, aloqa vositalarini xarid qilish, shuningdek qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlarini joriy taʼmirlash uchun zarur mablagʻlar tuman maxalliy byudjetining rejadan ortiq bajarilgan qismi hisobidan ajratilishi va xarid qilinishi choralarini koʻrsin.

5. Amudaryo tuman xokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari U.Polvanov tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi O.Xalimov bilan birgalikda bir oy muddatda tumandagi barcha oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarini taʼmirlash, maqbullashtirilgan 10 ta qishloq vrachlik punkti bazasida Qoraqlpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi yoʻllanmasi bilan tumanga yuborilgan 5 nafar shifokorlar, shundan uy-joyga zarurati boʻlgan xodimlarni uy-joy bilan taʼminlash ilojlarini koʻrsinlar.

6. Ushbuqaror "Taraqqiyot koʻzgusi”gazetasida, xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinsin.

7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining ijtimoiy-madaniy rivojlanish hamda yoshlar siyosati va sogʻlom avlodni tarbiyalash masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (Sh.Yangibayeva) zimmasiga yuklansin.

8. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

 

Xalq deputatlari Amudaryo

tuman Kengashi raisi:                                                   S.Yoʻldashev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019