29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 15:31
Siyosat 👁 6,600

Amudaryo tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari A.Yuldashevning “Yoshlar bilan ishlash sohasida tumanda olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi hisoboti haqida

Amudaryo tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari A.Yuldashevning “Yoshlar bilan ishlash sohasida tumanda olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi hisoboti haqida

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi

_____________________________________________________________

QARORI

 

  2017-yil 25-iyul                                    № 127/34-05

 

Amudaryo tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari A.Yuldashevning "Yoshlar bilan ishlash sohasida tumanda olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi hisoboti haqida

 

Amudaryo tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari A.Yuldashevning "Yoshlar bilan ishlash sohasida tumanda olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi hisobotini muhokama qilib, xalq deputatlari tuman Kengashi taʼkidlaydiki, mamlakatimizda yoshlar tarbiyasi borasida, xususan, yoshlarni har tomonlama barkamol, yetuk inson etib tarbiyalash maqsadida zaruriy choralar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda tuman aholisi soni 189 800 nafarni tashkil etib, shundan  55 613 nafari 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar boʻlib, shundan 10-14 yoshdagi bolalar, yani "Kamalak” yoshdagi bolalar soni 13 867 nafarni tashkil etadi.

Hozirgi kunda 28 600 nafar, shundan qiz bolalar soni 15 730 nafar yoshlar ittifoqqa aʼzo boʻlib, 30 nafar yoshlar yetakchisi sanoat, qurilish, madaniyat idoralarida, 9 nafar yoshlar yetakchisi oʻrta-maxsus oʻquv taʼlim muassasalarida, 77 nafar yoshlar yetakchisi umumiy oʻrta taʼlim maktablarida, jami 116 nafar yoshlar yetakchisi oʻz faoliyatini olib bormoqda.

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyeyov tashabbusi bilan yoshlar va voyaga yetmaganlarning talim-tarbiya olishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda.

Yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish maqsadida davlat va jamoat tashkilotlari mahalliy hokimiyat organlari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillarining takliflari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan "Oʻzbekiston Respublikasida 2017-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar Dasturi” tasdiqlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bayoni bilan tasdiqlangan dastur ijrosini taʼminlash maqsadida 2017-yil 22-may kuni tuman hokimligining bayoni bilan "Amudaryo tumanida 2017-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar Dasturi” tasdiqlangan.

Ushbu dastur doirasida yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtishini tashkil etish, bandligini taʼminlash hamda foydali mehnat bilan shugʻullanishlari uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish, voyaga yetmagan shaxslarning gʻayri ijtimoiy hatti-harakati va maʼmuriy huqukbuzarlik sodir etilishlarini hamda ularning koʻngil ochar (dam olish) joylarda tungi vaqtda boʻlishlarining oldini olish, mustaqil fikrlaydigan, qatʼiy hayotiy pozitsiyaga ega boʻlgan yoshlarni tarbiyalash, mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan ishlash, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish kabi ustuvor vazifalar belgilab qoʻyilgan boʻlib, bu boʻyicha bir qator amaliy ishlar qilingan.

Jumladan, 2017-yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” munosabati bilan "Vatan kelajagi sening qoʻlingda!" shiori ostida "Hokim va yoshlar" uchrashuvlarini tashkil etish boʻyicha tuman hokimligining ish rejasi ishlab chiqilgan. Joriy yilning 27-mart, 11-aprel hamda 10-iyun kunlari "Hokim va yoshlar” uchrashuvlari tashkil etilgan.

Amudaryo tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari A.Yuldashevning "Yoshlar bilan ishlash sohasida tumanda olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini muhokama qilib, "Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq, xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi

 

QAROR QILADI:

 

1. Tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari A.Yuldashevning "Yoshlar bilan ishlash sohasida tumanda olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. Tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari A.Yuldashevga:

oʻn kunlik muddatda tumanda uyushmagan yoshlarning statistik maʼlumotlar bazasini yaratish, uni shakllantirishda tegishli davlat organlari va muassasalarning tizimli hamkorligini yoʻlga qoʻyish hamda yoshlarning, ayniqsa, uyushmagan yoshlarning bandligini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, uning amalga oshirilishini tashkil etish;

taʼlim muassasalari Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqining boshlangʻich tashkilotlarini qaytadan tashkil etish, ularga alohida xonalar ajratish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasidagi ishlarni samarali tashkil etish;

bir oylik muddatda taʼlim muassasalari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari binolarida "Yoshlar ittifoqi burchagi” tashkil etilishini taʼminlash;

tumanda jinoyatchilik, huquqbuzarlik, diniy ekstremistik oqimlarga moyil boʻlgan, shuningdek notinch oilalardagi yoshlar roʻyxatini shakllantirish, ular bilan individual ishlash hamda ularga psixologik yordam koʻrsatishni mahallalar kesimida tizimli yoʻlga quyish;

har chorakda tumanda yoshlar bilan ishlash sohasida olib borilayotgan ishlarning holati toʻgʻrisida xalq deputatlari tuman Kengashiga axborot berib borish vazifalari yuklatilsin.

3. Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqining Amudaryo tuman Kengashi:

oʻn kunlik muddatda taʼlim muassasalari, mahallalar hamda korxona va tashkilotlarda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari va maqsadini targʻib etishga qaratilgan manzilli tadbirlarni tashkil etish boʻyicha reja-jadval ishlab chiqsin va uning samarali amalga oshirilishini taʼminlasin;

bir oylik muddatda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqining tuman Kengashi apparati hamda boshlangʻich tashkilotlari uchun istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirsin;

har oyda "Hokim va yoshlar” uchrashuvini oʻtkazishni tuman hokimi bilan kelishgan holda yuqori saviyada tashkil etib borsin.

4. Ushbu qaror "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasida, xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinsin.

5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy-madaniy rivojlanish hamda yoshlar siyosati va sogʻlom avlodni tarbiyalash masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (Sh.Yangibayeva) zimmasiga yuklansin.

6. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

 

 Xalq deputatlari Amudaryo

tuman Kengashi raisi:                                                   S.Yoʻldashev

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026