12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 19:00
Jamiyat 👁 3,887

TAŞRIFINGDAN AYLANAY, NAVRÖZ!

TAŞRIFINGDAN AYLANAY, NAVRÖZ!

18-mart kuni tongda quyoş Qoratoğ çöqqilari uzra qip-qizil şuʼlalarini soçib, yerdan ohista boş kötardi. Ertalabdanoq tomoşaga oşiqqan bolajonlarni, keksa-yu yoşni iliq  nurlari ila siyladi.

- Eh-he-hey! Hamma Navröz  bayramiga! Bu çorlov na-faqat köhna Manğitda, balki tumanimizning olis-olis qişloqlarida ham aks-sado berdi. Şundandir balki "Manğit” bolalar sport majmuasi ertalabdanoq odamlar bilan gavjum böldi.


Bayramlarga alohida tadorik  köriş xalqimizning qon-qoniga singib ketgan odatlaridan. Kun va tun tengligi, Navrözni ham tumanimiz mehnatkaşlari, butun yoşu qarisi qizğin tayyorgarliklar bilan qarşi olişdi. Öyingoh kiraverişi oldidagi ulkan sahnda  tumanimizda faoliyat yuritayotgan ovul fuqarolar yiğinlari, fermer xöjaliklariga xizmat körsatuvçi muqobil maşina-traktor parklari, Manğit şahridagi umumtaʼlim maktablari jamoalari alohida-alohida çerdak qurişib, bahoriy dasturxon bezaşgan.

 

Ayniqsa, fermerlarning ötgan yilgi yetiştirgan mahsulotlari, mevalar, poliz ekinlari va sabzavotlari körgazmasining tomoşabinlari köp böldi. Dehqonçilik – zahmat, degani. Biroq öz halol mehnating samarasidan elga rizq ulaşsang, oilangni ham, yurtdoşlaringni ham töydirsang, bu mehnat sururlidir.

Ha, dehqonning yil böyi qilgan mehnati çarçoği qöliga  ekinining ilk hosilini olgan çoğlaridayoq unut bölib ketadi. Bugungiday sayllarda, tomoşalarda xalqimizning eʼtibori, eʼtirofi kuçiga kuç  qöşadi.

Tuman hokimi, hokim örinbosarlari, korxona, taşkilotlar rahbarlari, respublika rahbariyatidan  bayram tomoşasiga taşrif buyurgan vakillarning körgazmani tomoşa qilgani, mehnatlariga yuksak baho bergani ularning könglini toğday kötardi. Yanada ezgu işlarga çorladi.

 

Körgazmani qişloq xöjalik mahsulotlarininggina emas, Navröz dasturxonidan taşqari xalqimizning urf-odatlari, anʼanalari namoyişi deb ataş ham mumkin edi. Qöbiz, surnay çalib, özlari yasagan turli buyum, asboblarni köz-köz qilayotgan yurtdoşlarimizning  mehnati ham köpçilikning eʼtiborini tortdi.

Bayramona bezatilgan Manğit bolalar sport majmuasi taşrif buyuruvçilarga bahoriy zavq bağişladi. Köklamga, yaşillikka, gullarga intiq dillar muddosi uşaladi göyo. Oppoq-oppoq örik gullari göyo oq kapalakday, uçib ketmoqqa şaylanganday. Navrözni, köklamni madh etuvçi musiqa, raqslar ijro etilmoqda.

Minbarga kötarilgan tumanimiz hokimi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati, iqtisod fanlari nomzodi Rajabboy Yöldoşev tomoşagohga yiğilganlarni, ular orqali tumanimizning butun xalqini Navröz bayrami bilan qizğin qutladi. Xalqimizning asrlar oşa avloddan-avlodga ötib kelayotgan asl milliy bayrami – Navrözi olam istiqlol yillarida ayniqsa mazmunan boyib, tobora jozibador bölib borayotganini alohida taʼkidladi. Bunyodkor va mehnatkaş xalqimizning "Obod turmuş yili”dagi har bir kuni bayramdek ötişini tiladi.

 

Tomoşagohda tun zulmati çekinib, tong otişini ifodalovçi kuy yangradi. Sahnaga oppoq liboslardagi yoş raqqosalar göyo uçib kelişayapti. Bu manzara xuddi Navröz oqça qori yoğayotganga mengzaydi. Hademay sahnani ramziy qor qopladi. Bir nafaslik sukutdan söng göyo köklam boşlandi: ramziy "qor” içidan bahor çeçaklari unib çiqdi. Bahor valsi yangradi, ariqda jildirab oqayotgan suv sasi quşlar sayroğiga qöşilib ketdi. Jarçilar ovozi hammani tomoşagohga çorlaydi.

Bor-ho, kel-ho,

Navrözim-ho,

Rizq-rözim, ho.

Tezda yetib kel,

Öynagani kel,

Quvnagani kel,

Kuylagani kel,

Rizq-rözimga kel,,

Tezda yetib kel,

Boşlansin zör tomoşa,

Ho-ho-ho!

Sahna uzra saf tortgan bayram tomoşasi iştirokçilari qöllaridagi rang-barang şarlarni osmonga uçirdi. Son-sanoqsiz rangdagi, turli şakldagi şarlar bahor epkinida samolarga parvoz qildi. Yuraklar entikdi. Maydon uzra şöx-şodon qiyqiriqlar avjiga çiqdi.

Sahnada "Uçqun” aşula  va raqs xalq ansambli qatnaşçilarining qöşiği yangradi.

 

Bahorning fayzi bölakça. Yerga ketmon urib, ekin taşvişiga tuşgan Dehqonbobo, buğdoy maysasini kelida tuyib, sumalak qaynatayotgan momolar, biri velosiped haydab, biri varrak uçirib yayrab öynayotgan bolajonlar ham şunçalar köngilga yaqin, şunçalar aziz. Sahnada ijro etilayotgan dorboz öyiniga qöşiq, raqslarga juda-juda hamohang. 83-sonli, 4-sonli, 1-sonli, 5-sonli bolalar boğçalari tarbiyalanuvçilarining ijro etgan qöşiq, raqslari katta-yu kiçikka zavq bağişladi. Umrboqiy qadriyatlarimiz timsoli Navröz bayrami ruhini köngillarga yanada teranroq joyladi. Bolalarga xos xalq öyinlari ijrosi qarsaklar bilan olqişlandi.

Özbekiston çamanzor yurt, bağri keng diyor,

Sayyoralar oşuftadir samolariga.

Har göşasin öz sanʼati, taronasi bor,

Dunyolar ham jör böladi navolariga.

Ha, darhaqiqat şunday. Bayram tomoşasidagi har bir kuy, qöşiq, laparlar, yallalar, aytişuvlar buning yaqqol isboti.

Navröz bayrami tomoşasiga yiğilganlarning "Ofarin” folklor-etnografik jamoasi aʼzolarining askiyalari, qiz-yigitlar aytişuvidan, qöşiq-raqslaridan, Navröz bayramiga boğliq qadimiy odatlarimizning ijrosidan zavqlanmagani qolmadi. Tomoşani qizdirgan "Çögirma raqsi”, "Çağallo” kabi milliy öyinlarimizni ijro etgan yigitlarning har bir harakatini tomoşabinlar qarsaklar bilan olqişlab turdi.

Tuman madaniyat va sport işlari bölimi tomonidan Navröz bayramiga bağişlab tayyorlangan ulkan teatrlaştirilgan bayram tomoşasi namoyişidan keyin davrada tumanimizning iqtidorli polvonlari bel olişdi. Qöçqor, xöroz uruştiriş kabi köngiloçar tomoşalar ançagaça davom etdi.

 

Şarqona yangi yil tantanasi dillarga surur, közlarga nur bağişladi, vujudlar tozardi. Köngillarda yoşariş, yaşnatiş, yaratiş iştiyoqi jöş urdi. Bular bari sen tufayli, Navröz! Elimga xuş kelding, qadimiy bayram! Taşrifingdan örgilay, qadaming elimga qutluğ kelsin, Navröz!

Oygul RAJABOVA,

"Taraqqiyot közgusi" gazetasi   muxbiri.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026