OGOHLIK – MUSTAHKAM HIMOYa
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan fuqarolarning xuquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish, qabul qilinayotgan Qonunlar, Prezident Farmonlari va qarorlari hamda boshqa xuquqiy hujjatlar, ularning mazmun-mohiyatini keng ommaga yetkazish va tushuntirish ishlarini toʻgʻri va samarali tashkil etish maqsadida har haftaning payshanba kuni huquqiy bilimlar kuni deb eʼlon qilingan.
Shu munosabat bilan Shimoli-Gʻarbiy harbiy okrug harbiy prokuraturasi nazorati ostidagi barcha harbiy qism va muassasalarda harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar xizmatchilari bilan qonunlarni oʻrganish, sodir etilishi mumkin boʻlgan xuquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazish yoʻlga qoʻyilib, targʻibot tadbirlari amalga oshirilib kelinmoqda.
Huquqiy bilimlar kuni doirasida chegaraoldi hududlarda yashovchi aholi oʻrtasi-da fuqarolar ongidagi mafkuraviy immunitetni yanada mustahkamlash, ulardagi Vatan taqdiriga daxldorlik hissini, ogohlik va hushyorlikni oshirishga qaratilgan qonunchilik targʻiboti tadbirlari tizimli ravishda davom etmoqda.
Bu borada amalga oshirilayotgan ishlarning mantiqiy davomi sifatida yaqinda tumandagi chegaraoldi hududlarda joylashgan mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari va faollari hamda fuqarolar ishtirokida "Ogohlik – davr talabi” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Shimoli-Gʻarbiy harbiy okrug harbiy prokurori vazifasini vaqtincha bajaruvchi adliya kapitani J.M.Sobirov va Milliy xavfsizlik xizmati va MXX Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi masʼul xodimlari, Chegara qoʻshinlari tizimidagi harbiy qismlar ofitserlari, Jasliq shaharchasi va Xoʻjayli tumani hokimligi, prokuraturalari, Xalq taʼlimi boʻlimlari, "Mahalla” xayriya jamoat fondi va "Nuroniy” jamgʻarmasi, "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, ichki ishlar organlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirda maʼruzachilar tomonidan mafkuraviy xurujlar, dunyoda va mintaqamizdagi siyosiy vaziyat, ayrim xorijiy mamlakatlarda yuz berayotgan qurolli toʻqnashuvlar va terrorchilik harakatlari, diniy ekstremizm va terrorizm, unga qarshi kurash masalalarida soʻz yuritilib, doimo ogoh va hushyor boʻlish, shuningdek chegaralarimiz daxlsizligini taʼminlashda fuqarolarning burchlari va oʻzini oʻzi boshqarish organlari, boshqa tashkilot va muassasalarning vakolat va majburiyatlari haqida, "Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Qonuni mazmun-mohiyati va uning talablarini buzganlik uchun qonunchiligimizda belgilangan javobgarlik masalalari toʻgʻrisida atroflicha soʻz yuritildi. Shuningdek, Respublikamizda yangi qabul qilingan qonunlar haqida maʼlumotlar berildi.
Bu kabi tadbirlar chegaraoldi hududlarida yashovchi aholini ogohlik va hushyorlikka chorlab, tinchligimizni koʻz qorachigʻidek himoya qilishga hissa qoʻshishga undaydi.
A.Qurbonov, Shimoli-Gʻarbiy harbiy okrug harbiy prokurorining katta yordamchisi, adliya mayori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶