Dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari reytingida Oʻzbekiston ikkinchi oʻrinda qayd etildi.
Xalqaro Gallup tadqiqot kompaniyasi dunyoning eng xavfli va xavfsiz mamlakatlarini aniqladi. Roʻyxatdagi davlatlar orasida Oʻzbekiston ham bor. Bu haqda Qalampir.uz nashri maʼlum qilmoqda.
Tahlil davomida 135 ta mamlakat maydoni, xavfsizlik holati, qonun ustuvorligi va tartib kabi bir necha toifalar boʻyicha soʻrovnomalar oʻtkazilib, baholandi.
Mamlakatlar 100 ball tizimida baholandi. Roʻyxatning 1-oʻrnini 97 ball bilan Singapur band etdi. 2-oʻrinni esa 95 ball bilan Oʻzbekiston egalladi. Uchinchi oʻrinni 92 ball jamgʻargan Islandiya band etdi.
Xabar manbasida keltirilishicha, Oʻzbe-kistonda oʻtkazilgan soʻrovnomada ishtirok etganlar soʻnggi 1-yil ichida mamlakatda notinch vaziyat kuzatilmaganligini maʼlum qilishgan.
Roʻyxatdan shuningdek, 87 ball olgan Germaniya, 85 ochko bilan Eron, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Kosova, Myanma, Portugaliya, Shvetsiya va AQSh, 83 ochko bilan Marokash, 82 ball olgan Belgiya, 80 ochko bilan Frantsiya va Turkiya, 77 ball olgan Iroq, 74 ochko bilan Rossiya va 68 ochko jamgʻargan Ukraina ham joy olgan.
Dunyoning eng xavfli va ishonchsiz mamlakati ham aniqlandi. 42 ball toʻplagan Venesuela eng xavfli davlat deb topildi. Ayni vaqtda bu yerda ommaviy tartibsizliklar boʻlib oʻtayotganligidan xabaringiz bor. Oqibatda esa tinch aholi qurbon boʻlmoqda.
Internet materiallari asosida tayyorlandi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶