FUQAROLAR TINChLIGI – ONA YuRT TINChLIGI
Milliy qonunchiligimizning odam savdosiga qarshi kurashish va uning oldini olishga oid meʼyorlari umumeʼtirof etilgan xalqaro hujjatlarga mos keladi. Bu avvalo, mustaqil mamlakatimizning Bosh Qomusida "demokratiya umuminsoniy printsiplarga asoslanadi, ularga koʻra inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi”, deb qatʼiy mustahkamlanganligida koʻrish mumkin. Konstitutsiyamizga muvofiq: "Hech kim qiynoqqa solinishi, zoʻravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas”.
Eng muhimi, odam savdosiga qarshi kurash borasida hayotga izchil tatbiq etilayotgan qonuniy hujjatlar, bir qator dastur va rejalarga nazar tashlab, hukumatimiz mamlakatimizda istiqomat qilayotgan insonlar bu mudhish jinoyatning qurboniga aylanib qolmasligi uchun juda qatʼiy va jiddiy choralar koʻrayotganligini chuqur anglaymiz.
Bu saʼy-harakatlarga nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, barcha turdagi tashkilot va muassasalar, fuqarolar yigʻinlari hamda keng jamoatchilik jalb etilgan. Shu maqsadda oʻtkazilayotgan tadbirlar jarayonida mavzuga oid videotasmalar, koʻrgazmali vositalardan keng foydalanilmoqda. Muhtaram Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda, bizning eng asosiy boyligimiz – xalqimiz ekanligini nazarda tutsak, bu vazifaning mazmun-mohiyati yanada oydinlashadi. Qolaversa, har bir yurtdoshimizning bunday tahdidlardan xoli yashashi jamiyatimizning asosiy boʻgʻini boʻlgan oilalarda tinchlik-xotirjamlik, bagʻri butunlik hukm surishi bilan bogʻliqligini eʼtibordan chetda qoldirib boʻlmaydi.
Xursand YOʻLDOShEV,
Qipchoq OFY «Mahalla posboni» jamoat tuzilmasi sardori.
(Foto - http://pressnews.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶