15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 14:57
Jamiyat 👁 1,767

YoShLARIMIZGA IShONAMIZ

YoShLARIMIZGA IShONAMIZ

Tumanimizdagi umumtaʼlim maktablarida bolalar sportini rivojlantirish va sport bazasini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bolalar va oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida sogʻlomlashtirish va sport tadbirlari muntazam ravishda oʻtkazilmoqda.  Umumtaʼlim maktablarida jami 31466 nafar oʻquvchi-yoshlar taʼlim oladi, shundan 15431 nafarini qiz bolalar tashkil qiladi. "Umid nihollari” sport musobaqalarining hududiy va tuman bosqichida sportning 15 turi boʻyicha jami 12269 nafar oʻquvchilar ishtirok etgan boʻlsa, ularning

3991 nafari qiz bolalardir.

Bu yilgi "Umid nihollari – 2017” sport musobaqalari qizgʻin va doʻstona kurashlar ostida oʻtdi. Musobaqalarning Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy va final bosqichida tumanimizdan jami 150 nafar oʻgʻil bolalar, 50 nafar qiz bolalar ishtirok etdilar.

Musobaqalarda oʻquvchi-yoshlarimiz sportning shaxmat turi boʻyicha faxrli birinchi, oʻzbek jang sanʼati, dzyu-do, kurash, stol tennisi boʻyicha ikkinchi va uchinchi, boks sporti, ogʻir atletika, yengil atletika, belbogʻli kurash, futbol va voleybol turlari boʻyicha toʻrtinchi oʻrinlarni egalladilar.

Bolalar qalbida sportga muhabbat hissini uygʻotish, oʻsib kelayotgan yosh avlod ongida sport bilan shugʻullanib, sogʻlom yashash koʻnikmasini qaror toptirish, jismoniy va maʼnaviy komillikka intilish tuygʻusini shakllantirish, ularni salbiy taʼsirlardan himoya qilish va zararli odatlardan xalos etishga doir chora-tadbirlar har bir taʼlim muassasasida amalga oshirilmoqda.

Taʼlim muassasalarida jismoniy tarbiya, sogʻlomlashtirish va sport inshootlaridan maqsadli foydalanish boʻyicha qatʼiy nazorat oʻrnatilgan. Oʻquvchi-yoshlarning sport toʻgaraklariga tizimli ravishda qatnashishini taʼminlash masalasi  doimiy eʼtiborda.

Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari boʻyicha shugʻullanuvchi bolalar va oʻsmirlar soni yildan-yilga oshib bormoqda. Bugungi kunda maktablardagi jismoniy sogʻlomlashtirish guruhlarida sport bilan shugʻullanuvchilarning 80,67 foizini olimpiya oʻyinlari sport turi bilan shugʻullanuvchi bolalar tashkil qiladi. Sport toʻgaraklari faoliyati  esa toʻliq yoʻlga qoʻyilgan. 275 nafar jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari darsdan tashqari vaqtda sportning 11 ta turi boʻyicha 742 ta guruhda oʻquvchilarga sport toʻgaraklari mashgʻulotlarini olib borishmoqda.

Xulosa qilib aytganda, tumanimiz umumtaʼlim maktablari oʻquvchi-yoshlari orasida tumanimiz va mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir sportchi-yoshlar yetishib chiqadi, deya faxrlanishga toʻla haqlimiz. Chunki, oʻquvchi-yoshlarimiz tuman, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va mamlakatimiz miqyosidagi nufuzli bellashuvlarda sovrindorlar safidan joy olmoqdalar. Ular kamolot pillapoyalaridan yuksalib, albatta, jahonning eng nomdor sportchilari bilan bellashishga qodir jismonan yetuk va maʼnaviyatli yoshlar sifatida kamol topadilar.

 

Gʻulomjon Qurbonboyev, tuman XTMFMTTE boʻlimi uslubchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019