Tadbirkor uçun «Yagona darça» tamoyili – munosib davlat xizmatlari majmuasini taqdim etadi
Tadbirkorlik subʼektlariga «Yagona darça» tamoyili böyiça davlat xizmatlari körsatuvçi "Yagona darça” markazlari Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-sentyabrdagi PQ-2412-sonli "Tadbirkorlik subʼektalariga "Yagona darça” tamoyili böyiça davlat xizmatlari körsatiş tartibini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga muvofiq taşkil qilingan.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik subʼektlariga davlat xizmatlarini körsatiş mexanizmlarini takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi 2017-yil 1-fevraldagi PQ-2750-sonli qaroriga muvofiq 2017-yilda faqat «Yagona darça» markazlari orqali körsatiladigan qöşimça davlat xizmatlarini joriy etiş jadvali tasdiqlandi. Davlat xizmatlarini joriy etiş jadvaliga asosan «Yagona darça» markazlari hozirgi kunda tadbirkorlik subʼektlariga 22 turdagi davlat xizmatlari körsatadi.
Tadbirkorlik subʼektlariga «Yagona darça» tamoyili böyiça davlat xizmatlari körsatiş tartibi töğrisida Nizom tasdiqlangan.
«Yagona darça» markazi tomonidan hozir böliş tartibida yoki poçta aloqasi orqali olingan ariza «Yagona darça» markazi xodimi tomonidan skanerlanadi, unga elektron raqamli imzo qöyiladi va ariza olingan kuni idoralararo elektron tarzdagi hamkorlik tizimi orqali tegişli vakolatli organlarga yuboriladi.
Vakolatli organ ariza olingan vaqtdan boşlab uning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda körib çiqilişini taʼminlaydi.
Vakolatli organ davlat xizmati körsatiş natijasini yoki davlat xizmati körsatişning asosli rad etilişini elektron tarzda «Yagona darça» markaziga yoxud arizaçiga (Yagona portal orqali murojaat qilingan taqdirda) yuboradi.
Davlat xizmati körsatganlik uçun davlat boji, yiğim va boşqa tölovlar arizaçining xohişiga köra «Yagona darça» markazi xonasidagi bank kassasi yoxud elektron tölov tizimlari vositasida amalga oşiriladi.
Mansur SODIQOV, markaz direktori.
(Foto - http://www.norma.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶