OZODLIK, TINChLIK, TOTUVLIK VA BAXTIYoRLIK TANTANASI
Erkinlik, ozodlik! Har bir inson oʻz hayotini oʻzi orzu qilganiday yashamogʻi, nimalarga qodir ekanligini namoyish qilmogʻi va muvaffaqiyatlarga erishmogʻi uchun zarur omillardir.
Qafasdan ozod boʻlgan qush birdaniga yuksak parvozga shaylanar ekan. Xuddi shu singari sobiq ittifoqqa mute boʻlib, jamiki sitamlariga chidab, mustaqillikka intilib kelgan xalqimiz oʻz erki oʻziga tekkan kundan boshlab hech kimlardan kam emasligini dunyoga koʻz-koʻz qildi, qisqa fursatlar ichida obod va fayzli turmush tarzini bunyod etdi. Shuning uchun ham yigirma olti yildirki, xalqimiz yurtimiz uzra istiqlol quyoshi porloq nur sochgan kun – 1-sentyabrni eng ulugʻ, eng aziz milliy bayrami sifatida qizgʻin nishonlaydi.
Shu yilning 29-avgustida tumanimizdagi Vaxum aholi punktida joylashgan sport kompeksida mamlakatimiz mustaqilligining 26 yilligiga bagʻishlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Bayram kuni mamlakatimizda inson omiliga koʻrsatilayotgan ulkan eʼtibor, tinch-totuv hayot, millatlararo hamdoʻstlik, oʻsib kelayotgan yosh avlodga gʻamxoʻrlik, keksalarga hurmat, bugungiday dorilomon turmush tarzimizga shukronalikni ifoda etib turgan bezaklar, gullar maydonga oʻzgacha shukuh bagʻishladi.
Bayram tomoshasiga toʻplanganlarning yuzida tabassum. Maydon uzra mustaqillikni, ozodlikni, baxtiyor zamonamizni madh etuvchi qoʻshiqlar yangrayotir, jamoaviy raqslar ijro qilinayapti.
Avgustning saxiy quyoshi tafti har doimgidan ham oʻtkir boʻlishiga qaramay, barchaning yuzida bayram ruhi aks etadi.
Tomoshagohga tumanimiz rahbarlari, respublika rahbariyati vakillari tashrif buyurdi. Ular dastlab tumanimiz qishloq xoʻjaligi xodimlarining joriy yilda ekin maydonlarida yetishtirgan eng sara mahsulotlari va turli kasb-hunar egalarining mehnatlari mahsuli namoyishi bilan tanishdilar, dehqonlarimiz yetishtirgan mahsulotlar totli hidi ona zaminimiz saxovatidan darak berib turganligini taʼkidladilar, mirishkor dehqonlar yaratajak ulkan paxta xirmoniga baraka tilab, duoga qoʻl ochdilar.
Bayram tomoshasiga yigʻilganlarni, butun xalqimizni tumanimiz hokimi Sultanboy Yoʻldashev qizgʻin tabrikladi.
Shundan soʻng tuman Madaniyat ishlari boʻlimi tomonidan tayyorlangan "Fidoying boʻlgaymiz seni, Oʻzbekiston!” degan gʻoyani oʻzida mujassam etgan ulkan teatrlashtirilgan bayram tomoshasi boshlandi. Mustaqillikni, betakror yurtimizni, undagi barqaror baxtiyor davronamizni ulugʻlovchi qoʻshiqlar qoʻshiqlarga ulandi, raqslar, adabiy kompozitsiyalar ijro etildi.
Bayram tomoshasi tugagach, navbat milliy sport oʻyinlariga berildi. Koʻngilochar tomoshalar uzoq davom etdi.
Mamlakatimiz mustaqilligining 26 yilligiga bagʻishlangan bayram tadbiri chin maʼnoda tinchlik, ozodlik, totuvlik va baxtiyorlik tantanasi boʻldi, istiqlol qadrini qalblarimizga yanada teranroq joyladi.
Oygul RAJABOVA.
Suratlarda bayram tantanasidan lavhalar.
M.ShOMURODOV olgan suratlar.
Manba: amunews.uz
Fotolagereya:
Tumanda mustaqilligimizning 26 yillik bayrami keng nishonlandi
Tumanda mustaqilligimizning 26 yillik bayrami keng nishonlandi (2-qism)
Tumanda mustaqilligimizning 26 yillik bayrami keng nishonlandi (3-qism)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶