MAʼNAVIYaTLI YoShLAR YoT GʻOYaLARGA ERGAShMAYDI
Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida eng avvalo, davlat boshqaruvi organlarining quyi boʻgʻinlari faoliyatini tubdan yaxshilash, ularning xalq bilan muloqot qilishini taʼminlash, shu maqsadda ijtimoiy hamkorlik mexanizmini mustahkamlash ustuvor vazifa qilib belgilangan.
Shuningdek, maʼnaviy-targʻibot ishlarining samaradorligini oshirish, sohada faoliyat olib borayotgan muassasa va tashkilotlar ishini xususan, oila, mahalla va taʼlim muassasalarining yoshlar tarbiyasida hamkorligini kuchaytirish, yoshlarning yot gʻoyalarga bilib-bilmay ergashib ketishining oldini olish, ularni milliy urf-odat, anʼanalar va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashda masʼuliyatini oshirish lozimligi taʼkidlangan. Chunki maʼnaviy-maʼrifiy sohada ishlarning yaxshi olib borilmaganligi ayrim yoshlarning ongida boʻshliqni vujudga keltirayotgani ularning hayotda toʻgʻri yoʻlni topa olmasliklarida namoyon boʻlmoqda. Bu dunyoda globallashuv jarayoni tobora tezlashib, tinchlik va barqarorlikka turli xil koʻrinishdagi tahdidlar kuchayib borayotgan bugungi shiddatkor zamonda bunga barham berib, yoshlarni maʼnaviy barkamol qilib tarbiyalash, ular qalbida Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun daxldorlik hissini oshirish vazifasini oldimizga koʻndalang qoʻymoqda.
Shu yilning 28-iyulida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning "Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga koʻtarish toʻgʻrisida” qabul qilgan Qarori bu boradagi saʼy-harakatlarni yanada jonlantirishga asos boʻladi.
Biz koʻplab iqtidorli va bilimli yoshlarni tarbiyalab kamolga yetkazayotgan 3-sonli Amudaryo akademik litseyi oʻqituvchilari ham mazkur Qarorni diqqat bilan oʻqib, oʻzimiz uchun koʻpgina xulosalar oldik. Hali yoshlar qalbida yot gʻoyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish borasida amalga oshirishimiz lozim boʻlgan vazifalar koʻp ekanligini anglab yetdik.
Chunki maʼnaviyati yuksak yoshlar yot gʻoyalarga ergashmaydi, ona Vataniga xiyonat qilmaydi.
Mahmud SAFARBOYeV,
3-sonli Amudaryo akademik litseyi ijtimoiy-gumanitar fanlar yoʻnalishi boʻlim boshligʻi.
(Foto - http://marifat.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶