Tibbiy xizmat sifati deputatlar nazoratida (+Video)
Maʼlumki, soğlikni saqlaş sohasida jamoatçilik va deputatlik nazoratini örnatiş maqsadida tuman Kengaşining aholiga tibbiy xizmat körsatişni, dori vositalari taʼminotini yanada yaxşilaş, uşbu sohadagi qonunçilikni amaliyotga samarali tadbiq etişga kömaklaşiş, şuningdek bu sohada nazoratni samarali amalga oşiriş böyiça komissiyasi taşkil qilingan edi. Yaqinda "Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi tuman kengaşi raisi Şirin Yangiboyeva rahbarligidagi komissiya aʼzolari aholiga tibbiy xizmat körsatiş va dori vositalari taʼminotining bugungi holati böyiça, şuningdek, mazkur masalalardagi mavjud muammolarni örganiş hamda tibbiy xizmat sifatini takomillaştiriş çora-tadbirlarini köriş maqsadida tumanda örganişlar ötkazdi.
Aytiş kerakki, Özbekiston Milliy tiklaniş demokratik partiyasi saylovoldi Platformasida onalik va bolalikni muhofaza qilişga kömaklaşiş ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan. Şu bois partiya taşkilotlari har tomonlama soğlom avlodni tarbiyalaş, jamiyatimizda soğlom turmuş tarzini qaror toptiriş, aholining tibbiy madaniyatini yuksaltiriş borasidagi işlar kölamini yanada kengaytirişda öz hissasini qöşişga intilmoqda. Ayniqsa, Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida partiya tuman Kengaşi onalar va bolalar salomatligini muhofaza qiliş borasidagi tarğibot işlarini yanada kengaytirmoqda.
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning 2016-yil
31-oktyabrdagi "Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan
taʼminlaşni yanada yaxşilaşga doir çora-tadbirlar töğrisida"gi qarorida
aholi va davolaş-profilaktika muassasalarini yuqori samaradorlikka ega,
arzon va sifatli dori-darmon hamda tibbiyot buyumlari bilan taʼminlaş
borasida aniq vazifalar belgilab berilgan edi. Uşbu qaror asosida çetdan
olib kelinadigan va mahalliy işlab çiqaruvçilardan sotib olinadigan
dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlarini ulgurji va çakana sotiş
böyiça çeklangan savdo ustamalari joriy etildi. Örganiş davomida tibbiyot
muassasalari va dorixonalarda uşbu qaror talablariga qay darajada rioya
qilinayotgani ham közdan keçirildi. Bu kabi işlar jamoatçilik va
deputatlik nazoratini qöllaş orqali tibbiyot sohasining yanada
rivojlanişiga xizmat qiladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶