MANFIT ShAHRI KATTA AYLANMA YOʻLI HADEMAY YaNGIChA QIYoFA KASB ETADI
Yoʻllar. Hududlarni hududlar bilan bogʻlab, koʻngillarida bir-biriga mehr-oqibat, doʻstlik rishtalari mustahkam boʻlgan yurtdoshlarimizga hech qiynalmay bir-birlari bilan diydorlashib turishlariga, davlat ahamiyatidagi yuklarning oʻz vaqtida manziliga yetkazilishiga xizmat qiluvchi yoʻllarning turmushimizdagi ahamiyati juda ulkan.
Chiroyli, tekis, ravon yoʻllar, ularning chetlariga oʻrnatilgan mazkur hududlarning nomi, yoʻl harakati qoidalariga amal qilishga daʼvat etuvchi shiorlar, tun zulmatini ham yoritib turuvchi chiroqlar yurtimizning fayzi, farovonligimizning koʻzgusi.
Shu boisdan ham tumanimizda tuman yoʻllaridan foydalanish korxonasi muntazam ravishda yoʻllar atrofida obodonlashtirish, yoʻllarni yaroqli holda saqlash, zarur hollarda taʼmirlash ishlarini olib boradi.
Ayni kunlarda korxonada amalga oshirilayotgan ishlar xususida korxona direktori Anvar Kamolov batafsil maʼlumot beradi.
– Korxonamiz tuman boʻyicha umumfoydalanuvdagi 340 kilometrlik avtomobil yoʻllarini toʻla, joriy taʼmirlash va saqlash ishlarini amalga oshiradi. Shuning 71 kilometri davlat ahamiyatidagi yoʻllar, 269 kilometri mahalliy ahamiyatdagi yoʻllardir. Mazkur yoʻllarning 16 kilometri II toifa, 30 kilometri III toifa, 261 kilometri IV toifa va 34 kilometri V toifa yoʻllar boʻlib, 122 kilometri asfalt-beton, 185 kilometri qora qoplamali, 25 kilometri tosh yoʻl va 9 kilometri tuproq yoʻllardan iborat.
2017-2021-yillar mobaynida korxonamiz ish rejasi boʻyicha130 kilometrumumfoydalanishdagi avtomobil yoʻllarni taʼmirlash koʻzda tutilgan. Shu jumladan 71 kilometr davlat ahamiyatidagi yoʻllarning 21,5 kilometri, yaʼni 30 foizi, mahalliy ahamiyatdagi yoʻllarning 40 foizi – 108 kilometri, jami yoʻllarning esa 38 foizi taʼmir talab ahvolda. Bir kilometr yoʻlni toʻla taʼmirlashga 1 mlrd. soʻm, joriy taʼmirlashga 350-400 mln. soʻm mablagʻ sarflanishini inobatga olsak, oldimizda naqadar masʼuliyatli vazifalar turganligi ayon boʻladi.
Ayni kunlarda 4 k 6 raqamli mahalliy ahamiyatdagi Mangʻit shahri katta aylanma yoʻlini toʻla taʼmirlash ishlari qizgʻin ketayapti.
Mazkur yoʻlda toʻla taʼmirlash ishlari 2016-yilda boshlanib, 450 mln. soʻmlik ish hajmi oʻtgan yilda bajarilgan edi.
Joriy yilda buyurtmachi tashkilot Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi yoʻl jamgʻarmasi direktsiyasi bilan korxonamiz shu yoʻldagi toʻla taʼmirlash ishlarini bajarish uchun yangidan shartnoma imzoladi va 2 mlrd. soʻmlik toʻla taʼmirlash ishlarini boshlab yubordi.
Ayni kungacha mazkur yoʻlda korxonamiz tomonidan 600 mln. soʻmlik taʼmirlash ishlari bajarildi, 1,5 km. qismiga 1-qatlam asfaltobeton yotqizildi, 23 ta yoritish ustunlari oʻrnatildi, yoʻlning ikki joyidagi suv oʻtkazgich trubalari yangilandi, 750 metr uzunlikda piyodalar yoʻlaklari barpo etildi.
Yoʻlni toʻla taʼmirlash uchun kelgusida 57000 m. kvadrat maydonga asfalt yotqizish, 874 tonna bitum, 16578 tonna asfaltobeton sarflanishi koʻzda tutilgan. Shuningdek, 7450 metr kub tuproq toʻkiladi, 1,5 km. masofaga yoritkichlar oʻrnatiladi va yangidan 1,4 km. masofadagi piyodalar yoʻlakchasi quriladi.
Xullas, 4 k 6 raqamli mahalliy ahamiyatdagi Mangʻit shahri katta aylanma yoʻli 2018-yilda toʻla taʼmirlash ishlari tugallangan vaqtda koʻrgan koʻzni quvontiradigan, chiroyli, ravon yoʻlga aylanadi, avtomobil qatnovi va piyodalar uchun ham qulay sharoitlarga ega boʻladi.
Korxonamiz ishchi-xizmatchilari ana shunday ezgu maqsad yoʻlida mehnat qilishmoqda.
Suhbatdosh Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶