ISTEʼMOLChILAR HUQUQLARI HIMOYa QILINADI
Tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati aholi bilan tezkor aloqani yoʻlga qoʻyish maqsadida 515-10-91 raqamli «Ishonch telefoni»dan tashqari, facebook ijtimoiy tarmogʻida oʻz sahifasini ishga tushirdi. Quyida ijtimoiy tarmoqdagi ushbu sahifada eʼlon qilingan xabarlardan bir nechtasini eʼtiboringizga havola qilamiz:
Mangʻit shahrida yashovchi I.Bekchanov barcha kommunal toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlab kelgan boʻlishiga qaramay, shu yilning 19-sentyabr kuni MIB xodimlari uning tabiiy gazdan 360 000 soʻm qarzi borligini bildirganini aytib, jamiyatga murojaat qilgan.
Ushbu murojaat oʻrganib chiqilganda tuman gaz taʼminoti idorasi xodimi A.T.ning bu fuqaro tomonidan tabiiy gaz uchun toʻlangan pullarni oʻzlashtirib yuborganligi aniqlandi. Jamiyat talabi bilan gaz idorasi xodimi ushbu pullarni joyiga qoʻydi va isteʼmolchi I.Bekchanovning arizasi qanoatlantirildi.
Shuningdek, Mangʻit shahri N.Kubro koʻchasida yashovchi fuqaro R.Xudoyberganov ham jamiyatga qilgan murojaatida shunday holatga duch kelganini bayon qilgan va amaliy yordam koʻrsatishni soʻragan.
Fuqaro R.Xudoyberganov foydalanilgan tabiiy gaz haqini "Xalq banki”ning tuman filiali orqali oʻz vaqtida toʻlagan boʻlishiga qaramay, bank xodimining xatosi tufayli ushbu mablagʻ uning hisobiga tushirilmagan.
Jamiyat aralashuvi bilan isteʼmolchining buzilgan huquqlari tiklanib, notoʻgʻri qarzdorlik bartaraf qilindi.
Agar Sizning ham isteʼmolchi sifatida huquqingiz buzilsa, «Ishonch telefoni» yoki facebook ijtimoiy tarmogʻidagi «Amudaryo Istemolchilar Jamiyati» sahifasi orqali jamiyatga murojaat qilishingiz mumkin.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶