EGRI YOʻL JINOIY JAVOBGARLIKKA OLIB BORADI
Oʻzbekiston Respublikasiga kirish, chiqish va davlat chegaralaridan oʻtish bilan bogʻliq munosabatlarni qonunlar bilan tartibga solinishining asosiy maqsadi davlat va jamoat xavfsizligini taʼminlash, fuqarolarning koʻchib yurish erkinligi bilan bogʻliq konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishlarini tartibga solish va yetarli sharoitlar yaratishdan iborat.
Lekin ayrim fuqarolar belgilangan tartibni buzib, chet elga chiqish yoki Oʻzbekiston Respublikasiga kirishda chegaradan qonunga xilof ravishda oʻtib, noqonuniy harakatlarni sodir qilmoqda.
Masalan N.Qoraboyeva Birlashgan Arab Amirliklariga borishni rejalashtirib, oʻziga tegishli boʻlgan fuqarolik pasportida chet elga chiqish huquqini beruvchi "chet elga chiqish huquqini beruvchi maxsus stiker” boʻlmasada, Qirgʻiziston Respublikasi orqali, belgilangan tartibni buzib, qonunga xilof ravishda, Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahriga borib, ushbu mamlakat hududida 5 oy davomida yashab kelgan. Shuningdek, N.Qoraboyeva bundan keyin ham oʻz jinoiy harakatlarini takroriy ravishda davom ettirib, Birlashgan Arab Amirliklari hududidan Eron Islom Respublikasiga oʻtib, ushbu mamlakatda 2 kun davomida boʻlgan. Soʻng oʻz jinoiy harakatlarini takroriy ravishda qasddan davom ettirib, Eron Islom Respublikasidan Birlashgan Arab Amirliklariga oʻtib, yashab kelgan.
Xorijga chiqish, kirish va davlat chegarasini buzish bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir qilgan N.Qoraboyevaga nisbatan sud tomonidan jazo muqarrarligi taʼminlandi.
A.Seitov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi boʻlim boshligʻi.
N.Saparniyazov, tuman prokurorining oʻrinbosari, ikkinchi darajali yurist.
(Foto - http://kun.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶